Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
www.herald.uz 11 kamsitilish, ajratish shunchalik kamayadi. Bolalarga atrofdagilardan keladigan reaksiya alohida ta’sir o‘tkazadi. Ko‘p odamlar nogironlikni jismoniy nogironlik, masalan, nogironlar aravachasidan foydalanadigan odam deb bilishadi. Ammo hamma nogironlar ham faqatgina jismoniy holat orqali ko‘rinmaydi va siz nogiron kimligini har doim ham aniq ayta olmaysiz. Nogironlik jismoniy cheklashlar va aqliy salomatlik, kognitiv yoki intellektual rivojlanish, o‘rganish, eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini buzishni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular, shuningdek, epilepsiya, moddalarga qaramlik, atrof-muhit sezuvchanligi va ish joyidagi shikastlanishlarni o‘z ichiga olishi ham mumkin. Nogironlik ba’zan faqat jismoniy holatda namoyon bo‘ladi, ba’zan esa aqliy. Buni ajratish ba’zan juda katta qiyinchilik tug‘dirishi ham mumkin. Chunki ko‘rinishida insonni farqlash doimo ham yaxshi natija ko‘rsatmasligi mumkin. Shu sababdan nogironlikni aniqlash uchun O‘zbekistonda maxsus TPPK (Tibbiy Pedagogik Psixologik Komissiya) komissiyasi tuzilgan va u har 6 oyda yangi tekshiruvlarni amalga oshiradi. Bu komissiya tarkibiga turli xil toifadagi va mutaxassislikdagi vrachlar kiradi. Ularning barchasi oliy toifadagi shifokorlar sanaladi. Ular bolalarni ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘ligi haqida ma’lumot berishadi. Agar kasallik aniqlansa, ularga maxsus ko‘rsatmalar va hujjatlar taqdim qilinadi. Inklyuziv ta’lim bolalarga nisbatan har qanday kamsitishni istisno qiluvchi, barcha odamlarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan, lekin alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun alohida sharoitlar yaratuvchi mafkuraga asoslanadi. Inklyuziv ta’lim - bu umumiy ta’limni rivojlantirish jarayoni bo‘lib, u barcha bolalarning turli ehtiyojlariga moslashish nuqtai nazaridan hamma uchun ta’lim mavjudligini nazarda tutadi, bu alohida ehtiyojli bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling