Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
-rasm: Italiya va Germaniya ta’lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizmi VENN
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
2-rasm: Italiya va Germaniya ta’lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizmi VENN
diagrammasidagi tahlili Tadqiqot davomida mamlakatimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdik: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalariga moddiy-texnik va metodik yordam ko‘rsatish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga amaliy yordam berish; 16 7 Ushbu hisobot va qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi manzilda mavjud: www.unicef.org/english/sowc 2013. “Nuqtai nazar” va “Yaqindan” bo‘limlaridagi insholar ularning mualliflariga tegishli bo‘lib, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish ishlari samarali yo‘lga qo‘yish. TADQIQOT MUHOKAMASI Yuqoridagi fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolar mavjud: 1) moddiy mablag‘ muammolari; 2) ta’lim muassasalarini inkyuziv ta’limga moslashtirish; 3) sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; 4) kambag‘allik; Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi nuqtai nazarini aks ettirishi shart emas. 1. Davlat tizimi tarkibiga kiradi. 2. Bog‘chaga borish majburiy emas. 3. Bolalarni 3 oylikdan qabul qiladigan bog‘cha tizimlari ham mavjud. 4. Bolalarning badal to‘lov hajmini shahargacha ta'lim muassasalarining kommunal byurosi tuzadi va ular har xil pul to‘lashadi. 1. 16 ta federal hududning har birida alohida ta’lim to‘g‘risida qonunlari bor. 2. Davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. 3. 3-6 yoshli bolalarning 80 % bog‘chaga boradi. 4. Bog‘chalar asosan kunning birinchi yarmigacha ishlaydi, lekin to‘liq kechgacha ishlaydigan bog‘chalar ham bor. 1. Tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. 2. Ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini sanaladi. 3. Maktabgacha ta’limda inklyuziv guruhlari mavjud. www.herald.uz 10 5) imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; 6) kadrlar masalasidagi muammolar. Haqli ravishda savol tug‘iladi. Nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib, inklyuziv ta’lim tizimiga o‘tishga qanday zaruriyat bor ? Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim tizimining afzallik jihati juda ko‘p bo‘lib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: • inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi; • inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi; • kamsitishlarning oldini oladi; • inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi. Masalan, Italiya ta’lim tizimida o‘qituvchining vakolatlari va rollari maxsus qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Italiyadagi ta’lim dargohlarida har bitta maxsus sinf uchun 2 ta o‘qituvchi biriktiriladi. Ulardan biri asosiy o‘qituvchi, biri esa yordamchi o‘qituvchi. Asosiy o‘qituvchi barchaga birdek dars beradi, yordamchi o‘qituvchi esa maxsus bolalarga yordam beradi. Ularning tushunmagan narsalarini tushuntiradi, qiynalgan holatida yordam beradi. Lekin har ikki o‘qituvchi sinf va undagi bolalar uchun birdek javobgar hisoblanadi. 2017- 2018-yillar hisobiga ko‘ra Italiyada 156 000 nafar yordamchi o‘qituvchilar mavjud, bu davlat hududidagi jami o‘qituvchilarning 17.9 foizini tashkil qiladi. 17 1 Italiya ta’lim tizimi nafaqat oldin, balki hozir ham jahonga namuna hisoblanadi. Aynan hozirgi holatni tahlil qiladigan bo‘lsak ham, bu fikrimizga dalil bo‘la oladi. Maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bola tengdoshlariga yetib olishi uchun uning o‘ziga alohida e’tibor kerak bo‘ladi. O‘qituvchi esa unga alohida e’tibor qaratsa, boshqa bolalarni nazorat qila olmay qoladi. Bolalarga teng e’tibor qaratish uchun yana bir o‘qituvchining yordami zarur bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yordamchi tarbiyachini ham mashg‘ulot paytida maxsus bolalarga yordam berish uchun jalb qilish zarur deb o‘ylayman. Chunki guruhda eng kamida 20 ta bola bo‘ladi, shuncha bolaning hammasi sog‘lom bo‘lganda ham ularga alohida e’tibor kerak bo‘ladi. Maxsus ehtiyojli bolalar esa undan ham ko‘proq e’tibor talab qiladi. Yordamchi tarbiyachi maxsus bolalarga yordam berishi uchun uning ham inklyuziya va maxsus ta’lim haqida qarashlari va bilimlari bo‘lishi lozim. Bolalarning ehtiyojiga qarab yordam berish uchun yordamchi tarbiyachini qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish lozim, chunki hozirda yordamchi tarbiyachilarning aksariyat qismi o‘z sohasining mutaxassislari emas. Hozirgi vaqtda Rossiyada 2 milliondan ortiq nogiron bolalar yashaydi va bu barcha bolalarning 8 foizini tashkil qiladi. Bularning 700 ming nafari imkoniyati cheklangan bolalardir. Alohida ehtiyojli bolalar guruhi tarkibi jihatidan heterojendir. Maxsus ta’lim standarti loyihasida unga aniq ta’rif berilgan. Bu bolalarni tarbiyalash va o‘qitish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratmasdan ta’lim dasturini o‘zlashtira olmaydigan bolalardir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yilda Rossiya Federatsiyasida 35 mingga yaqin bola umuman ta’lim olmagan, 17 ming bola sog‘lig‘i yomonligi sababli maktabga bormagan. 29 ming bola maktab-internatlarda, haqiqatda ijtimoiy izolyatsiyada, yana 44 ming bola uyda tarbiyalanmoqda. Bu muammolarni inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali hal etish mumkin. Inklyuzivlikning asosiy g‘oyasi "inklyuziv jamiyat" nazariyasiga asoslanadi. Jamiyat va uning institutlari boshqa odamlarni (nogiron, boshqa irq, din, madaniyat) qo‘shilishiga yordam beradigan tarzda o‘zgarishi kerak. Tadqiqotchi Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab qilinishi haqida fikr yuritgan: 17 1 Italiyada inklyuziv ta'lim: tarixiy qadamlar, ijobiy o'zgarishlar va muammolar. Dario Ianes,Heidrun demo va Silvia Dell'Anna • ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; • o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; • jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; • imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalaridan ajratmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; • jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish 18 . 2 Endi tadqiqotchi magistrantimizning fikrlarini birma-bir tahlil qilsak: • ta’lim olish uchun zarur pedagogik va psixologik yordam va korreksion sharoit zarurligi. Bu aynan bizning maktabgacha ta’lim tizimimiz uchun juda zarur hisoblanadi. Chunki ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini – bu maktabgacha ta’lim. Agar bola shu tizimda ta’lim haqida yaxshi taassurotlarga ega bo‘lsa, keyin maktabga bo‘lgan qiziqish hosil bo‘ladi. Ayniqsa, alohida ehtiyojli bolalar tizimdan qoniqsalar bilim olishga qiziqishlari ham ortadi. • Korreksion sharoit ham albatta, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab yaxshi yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bolalarning kamchiliklari kichik yoshdaliklarida hal qilinsa, kelajakda sog‘lom bolalar kabi rivojlanishlari mumkin. Bolalar bilan maktabgacha ta’limda 1 tagina logoped, psixolog va defektolog faoliyat yuritadi. Vaholanki, bog‘chada 100 ga yaqin bola tarbiyalanadi. Bolalarga bu kasb egalari xohlagan taqdirlarida ham to‘liq e’tibor qarata olishmaydi. Bolaning kamchiliklari uning tashqi ko‘rinishidan bilinibgina qolmaydi. Bolaning kamchiligini bilish uchun u bilan mashg‘ulotda ham birga bo‘lish va uni kuzatish zarur. Shundagina korreksion yordam ko‘rsatish qoniqarli darajada bo‘ladi: • ta’limdagi tenglik huquqi. Bolalar o‘zlari bilan boshqalarni solishtirishga juda ham usta bo‘lishadi. Ular sog‘lom bola bilan o‘zlarini muntazam solishtirib kelishadi. Agar ularga ta’limda tenglik yaratilmasa, alohida ehtiyojli bola sog‘lom boladan ortda qolishi tabiiy. Bu esa ularning ruhan cho‘kishi va ta’limdan sovishiga olib keladi. Bu holat maktabgacha ta’limda ham boshlang‘ich ta’limda ham birdek kuzatilishi mumkin; • bolani ta’limga jalb qilishda jamoat va oilaning o‘rni. Bu o‘rinni hech bir narsa bilan to‘ldirib bo‘lmasa kerak menimcha. Chunki ta’limga jalb qilinmagan bolaning imkoniyatlari va kamchiliklarini uning oila a’zolaridan bo‘lak hech kim yaxshi bilmasa kerak. Ta’lim jarayoniga bolalarni o‘zidan-o‘zi jalb qilib bo‘lmaydi. Ularning ehtiyojiga mos ravishda kerakli jihozlar ta’minlanadi va unga sharoit yaratiladi. Bolaning oila a’zolari bilan birga o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritilsagina bu holat ijobiy natija berishi mumkin; • alohida ehtiyojli bolalarni oilalaridan ajratmagan holda ta’limga jalb qilish. Bu holat ham yuqoridagilari kabi juda muhim hisoblanadi. Bolalar oilalaridan ajralsalar, tabiiyki, maktabgacha yoshda ham, maktab yoshida ham qiyinchiliklarga duch kelishadi va tushkunlikka tushishadi. Bolalar uchun eng yaqin inson bu ularning ota-onalaridir. Ularning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. • Va nihoyat eng so‘nggi xulosamiz, alohida ehtiyojli bolalarga jamiyatda do‘stona muhitni yaratish, ular haqida atrofdagilar qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish. Buning uchun jamiyat a’zolari ham alohida ehtiyojli bolalar va ularning hayotlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Ularga to‘g‘ri tushuncha berish esa ta’lim dargohlaridagi ustozlariga va ularning ota-onalariga bog‘liq. Qanchalik to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berilsa, dunyoqarash shunchalik yaxshi shakllanadi va 18 2 Inklyuziv ta’limda nogiron bolalarni o’qitish va tarbiyalash muammolari. Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling