Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
6

Dakar harakatlar doirasi (2000-yil) va yana boshqa 
ko‘plab qonun hujjatlari va normativlar.
Bu kabi qonun hujjatlarining aksariyatiga O‘zbekiston ham 
a’zo.
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima 
beradi? 
- o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish; 
- mustaqil harakatlanish; 
- hamkorlikda ishlash imkoniyati; 
- dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi; 
- o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi; 
- o‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; 
- ilgari o‘ziga sezilmagan imkoniyatlarini seza boshlaydi; 
- yotsirash, yakkalanish kabi holatlar yo‘qoladi. 
Inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 
- O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari borligini va ularning 
alohida ehtiyojlarini his qiladilar. 
- Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik qilish hissi uyg‘onadi. 
- Alohida ehtiyojga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash, 
yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi. 

O‘quvchilarda 
atrofdagi 
insonlarga, 
imkoniyati 
cheklanganlarga 
yaxshi 
munosabat, 
o‘zaro 
hurmat 
tarbiyalanadi. 
- Yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaslikka 
o‘rganishadi. 
Inklyuziv taʼlim jarayonida ota-onalar bilan ishlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarga ularning farzandlari 
jamiyatning bir boʻlagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, 
bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak.
Shuningdek, 2021-2022-oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan 
taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual 
rivojlanishida nuqsonli bolalar uchun (yordamchi) maktablar
maktab internatlarda 9 yillik muddatlarda amalga oshiriladi. 
Shuningdek, ularni kasbga oʻqitish kurslari tashkil etilib, 
bitiruvchilarga sertifikat beriladi. 
Mamlakatimizda 
nogironligi 
boʻlgan 
shaxslarning 
huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishga har 
tomonlama sharoit yaratilmoqda. Inklyuziv taʼlimni butun 
mamlakat boʻylab rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bunga 
amaliy misol boʻladi
4

Hech kimga sir emaski, imkoniyati cheklangan bolalar va 
balog‘at yoshiga yetganlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy holati, etnik va jismoniy kelib chiqishi oddiy 
odamlarga solishtirganda ma’lum bir to‘siqlarga ega. 
Imkoniyati cheklangan bolalar bu kabi holatlardan 
psixologik va hayotiy travmalar olishadi. Tadqiqotlar natijasi 
shuni 
ko‘rsatadiki, 
mamlakat 
aholisining kambag‘allik 
to‘g‘risidagi ko‘rsatkichining qariyb 62 % i imkoniyati 
cheklangan aholi hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Ushbu vaziyatni 
yanada chuqurroq o‘rganish uchun Lisa Jordan, Victor Santiago 
Pineda, Helen Meekosha, David Mugawe, Natasha Graham va 
Natalia Raileanu
5
kabi tadqiqotchilar imkoniyati cheklangan 
insonlarning tarixiga nazar soldilar. Olib borilgan so‘rovnomalar 
va izlanishlar natijasida ular bir nechta muammolarni kelib 
chiqishining asl sababini topdilar.
Kishilik jamiyatida imkoniyati cheklangan insonlar moddiy 
va ma’naviy holatining qoniqarli darajada emasligi sababi 
ularning yoshlik chog‘idagi intensivligi, ta’lim olishga bo‘lgan 
imkoniyatsizligi va moddiy texnikaviy ta’minotning mavjud 
emasligida deb topilgan. Shu sababdan imkoniyati cheklangan 
insonlarning o‘z salohiyatidan unumli foydalanishida, ularning 
kasbiy va moddiy holatini yaxshilash borasida mamlakatimiz
ta’bir joiz bo‘lsa, butun jahon miqyosida tinimsiz izlanishlar olib 
borilmoqda.
UNICEF (United Nations Children’s Fund – Birlashgan 
millatlar tashkilotining bolalar fondi) tashkilotining bosh 
4 Xalq so’zi gazetasi. 25 Fevral 2021 Oybarchin Abdullayeva, Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi. 
5 “The state of the world’s children”. Sruthi Atmakur. 
6 O‘sha yerda. 
mutaxassislaridan biri Sruthi Atmakur o‘zining “The state of the 
world’s children” deb nomlanadigan kitobida shunday fikrlarni 
ilgari suradi: “Nogiron bolalar va o‘smirlar duch keladigan 
mahrumlik hissi ularning huquqlari va tenglik tamoyilining 
buzilishi bo‘lib, uning zamirida barcha bolalarning, shu jumladan, 
jamiyatning eng zaif va yordamga muhtoj bolalarning qadr-
qimmati va huquqlariga g‘amxo‘rlik yotadi. Boshqalar kabi 
gullab-yashnash imkoniyati berilganda, nogiron bolalar 
to‘laqonli hayot kechirish va o‘z jamoalarining ijtimoiy, madaniy 
va iqtisodiy hayotiyligiga hissa qo‘shish potensialiga ega”
6

Ta’lim olish imkoniyatlarining barcha uchun teng huquqli 
tarzda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi inklyuziv ta’lim 
tushunchasi keyingi davrlarda jahon davlatlarida bosqichma-
bosqich ravishda rivojlanib bormoqda. Bu o‘quv ta’lim shakli 
nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan o‘zaro 
hamkorlikda maxsus sharoitlar asosida bilim olishini ko‘zda 
tutadi. Shu ma’noda, inklyuziv ta’limga nisbatan yondashuvlar 
xilma-xillik kasb etadi
7

Inklyuziv 
ta’limga 
nisbatan 
bo‘lgan 
pedagogik 
yondashuvlarda bu ta’lim shakli jismoniy nuqsoni mavjud 
o‘quvchilarning bilim olishini, sog‘lom fikrli bo‘lishini nazarda 
tutadi. Psixologlarning fikricha esa, inklyuziv ta’lim qo‘shimcha 
ehtiyojli bolalarni ruhan tetik bo‘lishga undaydi. Sotsiologlar 
inklyuziv ta’lim orqali nogironligi bor o‘quvchilar sog‘lom jamiyat 
muhitiga moslashadilar, degan fikrni ilgari surishadi. 
Huquqshunoslar inklyuziv ta’lim borasida so‘z yuritishar ekan, 
uning sub’yektiv huquq ekanligini ta’kidlashadi. Darhaqiqat, 
bilim va ta’lim olishning formal shaklini tanlash huquqi har bir 
shaxsning, shuningdek, nogironligi bor o‘quvchi yoshlarning 
ham konstitutsion huquqi sanaladi. O‘z navbatida, inklyuziv 
ta’limning 
sotsiologik 
takomillashuvi 
hamda 
yuridik 
mustahkamlanib borishi sohada tizimli faoliyat yo‘lga qo‘yilishini 
taqozo etadi. Shu bilan birga, bir qator soha vakillari bu borada 
quyidagi fikrlarni bildirishadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling