Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
-maqsadida belgilangan “Nogironligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
66-maqsadida belgilangan “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish” uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Imkoniyati cheklangan fuqarolarning statistikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda imkoniyati 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4860-son qarori. https://lex.uz/docs/-5044711. cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish mavzusi naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor ko‘rish mumkin. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin imkoniyati cheklangan shaxslar ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar tashkil qiladi 3 . Ushbu bolalarga munosib turmush sharoitini yaratish, inklyuziv ta’limga jalb qilish hamda qamrov darajasi va hayotdagi faolligini oshirishda qator muammolarga duch kelinmoqda. Ta’lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolgan, imkoniyati cheklangan bolalar soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Maktablarda inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish uchun shart-sharoitlar yetarli emas. 101 ming imkoniyati cheklangan bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida tuzilgan sillabus va darsliklar to‘liq mavjud emas. Ularning tuzilishi interaktiv va sodda ko‘rinishda bo‘lsa, ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshgan bo‘lar edi. Shu bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash jarayonida ba’zi bir muammolar ham mavjud, masalan: - ko‘zi ojiz bolalarga ta’lim berish uchun Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay oladigan o‘qituvchilarning yetishmasligi; - ko‘zi ojizlar uchun darsliklar yetarli emas; - darsliklarni tayyorlashda professional mutaxassislarni jalb qilish dolzarb hisoblanadi. Ma’lumki, ko‘p hollarda imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Chunki ularda eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, bundan tashqari, kuylashga ham iste’dodi kuchli bo‘ladi. Imkoniyati cheklangan bolalar, umuman, imkoniyatlar tanlovidan mahrum bo‘lgan shaxslarda ichki va tashqi qobiliyatlarni kashf qilishda xorij tajribasi, tadqiqotlar va izlanishlar yaqindan yordam beradi. Ta’lim olish huquqi barchaga birdek tegishli, xoh u yosh bo‘lsin, xoh yoshi katta, xoh sog‘lom bo‘lsin, xoh nogiron. Bu huquq ko‘plab qonunlar bilan ham mustahkamlab qo‘yilgan. Bularga: • “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (1989-yil); • “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (2008- yil); • Butunjahon ta’lim hamma uchun Deklaratsiyasi (1990- yil); • YUNESKOning Salamanka bayonoti va harakatlar doirasi (1994-yil); 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar oyidagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-5841063. 3 O’zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. https://stat.uz/uz/ Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling