Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


“Zamonaviy  maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

“Zamonaviy 
maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga 
yetkazishda muhim o‘rin tutadi”, deb bejiz ta’kidlamagan. 
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF 60-sonli Farmonining 
IV “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”  
bo‘limida maktabgacha ta’limda qamrov darajasini oshirish, 
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, 
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib 
chiqish va interfaol ta’lim texnologiyalarini kiritish belgilandi. 
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) pedagog 
xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib 
borishning takomillashtirilgan tizimi qayta ishlab chiqildi
1

2022-yil fevral oyida Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan, 
Maktabgacha ta’lim vazirligi va Jahon banki hamkorligida 
“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” 
loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Treningda 
“O‘zbekiston maktabgacha taʼlim tizimida bola shaxsiga 
yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” masalalari 
atroflicha o‘rganilib, davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu trening 
bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga oluvchi 
bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlar, pedagog-
xodimlarning kasbiy mahorati va taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga 
qaratildi. 
Bolalarga xos ta'lim tarixi XX asrda Jon Dyui, Jan Piaget, Lev 
Vygotskiy va Mariya Montessori g'oyalari bilan boshlangan. 
Olimlar olib borgan izlanishlarning mohiyati ham bola shaxsiga 
yo‘naltirilgan an'anaviy tushuntirishdan qochish va buning o‘rniga 
bolalarni o‘quv jarayonining markaziga qo‘yishdir, ya’ni, bu 
jarayonda bolaning intellektual, kognitiv, aqliy, hissiy va ijtimoiy 
qobiliyatlari bilan birga jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish o‘z 
aksini topadi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvda 
tarbiyachilar bolaga barcha sohalarda zarur bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish uchun "faol ta'lim" 
jarayoni bilan shug'ullanadilar. 
“Interfaol” tushunchasi inglizcha “interact” (“inter” – 
birgalikda, “faol” harakat qilish) so‘zidan olingan bo‘lib, u ikkita 
muhim kategoriyaga bo‘linadi: 
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. Toshkent shahri, 
2022 yil 28 yanvar, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi. https://lex.uz/uz/docs/-5841063 
1.
Ta’lim olishda bolaning faol o‘rnini belgilash;
2.
Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o‘rnatishi 
uchun zamin yaratishdir.
Interfaol strategiyalarga esa quyidagilarni misol qilib 
keltirish mumkin: 

Turli mashg’ulotlar uyushtirganda bolalarni kichik 
guruhlarga bo‘lish; 

Bolalar 
o‘rtasida 
hamkorlikni 
talab 
qiladigan 
mashg’ulotlardan foydalanish; 

Doira shaklida o‘tirib faktlar, xodisalar bilan bo‘lishish; 

Biror masalada fikr almashishlaridan oldin vaqt va 
imkoniyat berish; 

Bir-biridan o‘rganish; 

Muammoli vaziyatlarga birgalikda yechim izlash; 

Bolalar bilan mavzuga doir loyihalar ishlab chiqish kabilar 
misol bo‘la oladi. 
Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogika va ta’limning turli xil 
texnologiyalari, tizimlari va modellari mavjud. Maktabgacha 
ta’limda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim modeli zamonaviy ta’lim 
tizimlarining tendensiyasi (yo‘nalishi) bo‘lib, uning asosiy nazariy 
xulosalari o‘quv amaliyotida keng sinovdan o‘tgan.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim odatdagi, an’anaviy, har doim 
bo‘lib kelgan ta’limdan qanday farq qiladi? Bu jarayonda 
maktabgacha ta’lim tizimi yangi jarayonni amalga oshiradi, ya’ni 
avtoritar jarayondan pedagogik jarayonni qurishning shaxsga 
yo‘naltirilgan modeliga o‘tish. Uning vazifasi ham avvalgi 
yondashuvdan tubdan farq qiladi.
Ma’lumki, bola shaxsining kelajak poydevori uning dastlabki 
7 yoshgacha bo‘lgan davriga qo‘yiladi. Maktabgacha yoshdagi 
shaxs 
tarkibiga 
kiritilmagan 
komponentlar 
keyinchalik 
assimilyatsiya qilinmaydi (modifikatsiya qilinadi) yoki katta 
qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi va past ishonchlilik koeffitsiyenti 
bilan qayta ishlab chiqariladi (ko‘paytiriladi). Agar bu yondashuv 
usuli qiziqarli shaklda taqdim etilsa va o‘rganilayotgan hodisalarga 
nisbatan bolaning qiziqishlari va kognitiv qobiliyatlari hisobga 
olinsa bilimlar qiyinchiliksiz egallanadi. 
Bu jarayonda tarbyachi-padagoglar har bir bolaning 
rivojlanishi va o‘z-o‘zini namoyon qila olishi uchun shart-
sharoitlarni ta’minlashi kerak, bu faqat shaxsning individual 
xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga asoslangan o‘qitish 
yondashuvini strategik rejalashtirish bilan amalga oshadi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning asosiy maqsadi, birinchi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling