www.herald.uz
14
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv ma’lum
xususiyatlarga
ega shaxsni shakllantirishni emas, balki ta’lim jarayoni
sub’yektlarining shaxsiy funksiyalarini to‘liq
namoyon qilish va
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.
Pedagogning faoliyat yo‘nalishi sifatidagi shaxsiy yondashuvi
uning asosiy qadriyat yo‘nalishi bo‘lib, jamoada har bir bola bilan
o‘zaro munosabatlarda o‘z pozitsiyasini belgilashga yordam
beradi.
Shaxsiy yondashuv o‘z-o‘zini
aniqlash va tasdiqlashning
shaxsiy va ijtimoiy jihatdan maqbul usullarini amalga oshirishda
o‘z-o‘zini namoyon qilish, anglash qobiliyatini aniqlash, tarbiyachi
va bolaga yordam berishni o‘z ichiga oladi.
2
Barcha
pedagogik
ko‘rsatmalar
ikki
tamoyilga
asoslanadi: bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va
individual yondashuv asosida ta’limni amalga oshirish.
Tarbiyalashda shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuv pedagog
tomonidan bolalarning yoshi, jinsi, ta’lim darajasi bilan bog’liq
ta’lim vazifalarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Faoliyat
shaxsning
fazilatlari, uning manfaatlari, moyilligini o‘rganishga
qaratilgan. Shuni hech qachon unutmaslik kerakki,
bolaning
shaxsiyati har doim individualdir, faqat muayyan shaxsga xos
bo‘lgan va uni boshqa odamlardan ajratib
turadigan jismoniy va
psixologik xususiyatlarning noyob kombinatsiyasi mavjuddir.
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim – bu bolalar bog’chasining
yangi falsafasi emas. Bu g’oya aslida XIX asrga borib taqaladi, u
yerda bolalar bog’chasi "bolalar uchun bog’" ya’ni, har bir bolaning
o‘ziga xos qiziqishlarini o‘rganib, o‘z tezligida o‘sishi mumkin
bo‘lgan joy deb hisoblangan. Bu g’oya
yillar davomida rivojlanib,
bolasini ijtimoiy, hissiy va kognitiv jihatdan an’anaviy bolalar
bog’chasiga tayyorlanmagan deb hisoblaydigan ko‘plab ota-
onalar uchun juda mashhur variantga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: