TADQIQOT METODOLOGIYASI
Har bir soha rivojida ilm-fanning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Ya’ni,
ta’lim
sohasining
samaradorligi
davlat
taraqqiyotining ishonchli kafolati sanaladi. Shu ma’noda, davlat
har bir shaxsning chuqur va puxta bilim olishi uchun keng
qamrovli imkoniyatlar yaratib beradi.
Xususan, nogironligi bo‘lgan insonlarning ta’lim olishi
bo‘yicha ham hukumat zarur davlat dasturlarini ishlab chiqadi va
ularni bosqichma-bosqich amaliyotga kiritadi. Bu kabi davlat
dasturlarining amaliyotga tatbiq etilishi jismoniy imkoniyati
cheklangan o‘quvchilarning ta’lim olish sifati oshishiga xizmat
qiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, alohida ehtiyojli insonlar
uchun ta’lim sohasi ular hayotining muhim sharti sifatida qabul
qilinadi.
Biz o‘z tadqiqot ishimizda kuzatish, taqqoslash hamda
tahlil qilish metodlari va VENN diagrammasidan keng
foydalandik. Tadqiqotlarimiz natijasida O‘zbekistonda inklyuziv
ta’lim metodologiyasi bir qator o‘ziga xos xususiyatlar va
yondashuvlarga ega ekanligi aniqlandi (1-rasm).
1-rasm: O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etish xususiyatlari
Ijtimoiy muhitga moslashuv – bunda, nogironlarning ta’lim
va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda atrof-muhit hal qiluvchi o‘rin
egallaydi.
Tartibga solish – ushbu yondashuvda ta’lim sohasining
tartibga solinishi va boshqarilishi tushuniladi.
Ijtimoiy yondashuv nogiron o‘quvchilarning jamiyatga
integratsiyalashuvini nazarda tutadi.
Assotsiatsiyaviy yondashuv inklyuziv ta’limning yakuniy
maqsadi nogiron o‘quvchi shaxsining moslashuvchan
salohiyatini oshirish ekanligini tushunishga asoslanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv nogiron o‘quvchining
shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olishga
qaratilgan. Bu yerda dinamika shaxsiy yo‘nalishlarning
shakllanishini hisobga olishi muhimdir. Ya’ni, nogiron o‘quvchi
ham odatdagi shaxs kabi o‘quv jarayonida rivojlanishi, uning
shaxsiy yo‘nalishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlari o‘zgarishini
hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |