Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
KALIT SO‘ZLAR
Maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, erta bolalik, nuqsonli bolalar, maxsus bog‘chalar KIRISH Bugungi globallashuv sharoitida nogironligi bo‘lgan yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va bu orqali ularni sog‘lom jamiyat muhitiga ortiqcha ijtimoiy to‘siqlarsiz adaptiv moslashishini kafolatlash bu boradagi davlat islohotlarining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda, jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchi-yoshlarni inklyuziv shart-sharoitlar asosida bosqichma-bosqich umumta’lim muassasalariga jalb etish, ularning huquqiy-ma’naviy madaniyatini yuksaltirish, alohida e’tiborga muhtojlarni davlat va jamiyat uchun sifatli kadr qilib voyaga yetkazish bu boradagi davlat siyosatining mohiyatini tashkil etadi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosati darajasida ko‘tarilmoqda. 2020-yil 13-oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarorida 1 2020- 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Ushbu qarorda ham alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Unga koʻra, tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch sinflar ochiladi. Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan guruhlar tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvar oyida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60- son Farmonining 2 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling