Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash 
amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari borasida olib borilgan 
tadqiqot ishining asosiy xulosa va natijalari quyidagilardan 
iborat: 
1.
Inklyuziv ta’lim bolalarga yo‘naltirilgan metodologiyani 
ishlab chiqishga intiladi, u barcha alohida ehtiyojli bolalar turli xil 
ta’lim ehtiyojlariga ega ekanligini tan oladi va ularni o‘qitishda 
moslashuvchan yondashuvni ishlab chiqishga intiladi. 
2.
Inklyuziv ta’lim joriy etayotgan o‘zgarishlar natijasida 
o‘qitish yanada samaraliroq bo‘ladi, unda barcha bolalar (nafaqat 
alohida ehtiyojli bolalar) foyda ko‘radi. 
3.
Oddiy yoki iqtidorli bolalar bilan alohida ehtiyojli bolalar 
bir sinfda bo‘lishi boshqa bolalarning muvaffaqiyatli o‘rganishiga 
tahdid soladigan yoki xavf tug‘diradigan fakt hisoblanmaydi, 
aksincha, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga zamin 
yaratib beradi. 
4.
Alohida ehtiyojli bolalarning sinfda o‘quv jarayonini 
buzishi haqidagi tushuncha asossiz hisoblanadi. Agar ularga 
inklyuziv muhit yaratib berilsa, bolalar hech qanday 
qiyinchiliklarsiz va qarshiliklarsiz dars mashg‘ulotlarida 
qatnashishadi. 
5.
Oddiy va iqtidorli bolalar ta’lim sifatini oshirish va sinfda 
ishlashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish orqali 
ta’limga inklyuziv yondashuvdan foydalanishlari mumkin. Bu 
bolalarning ta’lim sifatini oshirib beradi.
6.
Inklyuziv sinfda oddiy yoki iqtidorli bolalar nogiron 
sinfdoshlarini hurmat qilish va qadrlashni, nogironlik yoki iqtidor 
chegarasidan tashqarida nima borligini ko‘rish va ijtimoiy 
stigmalarni farqlashni o‘rganadilar. 
Shu maqsadda qo‘yidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik: 
1.
Alohida ehtiyojli bo‘lgan ba’zi bolalar yangi ta’lim 
texnologiyalariga muhtoj. Ehtiyojli bo‘lgan ba’zi bolalar uchun 
ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘qituvchilarni metodik 
ta’minot bilan ta’minlash. 
2.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish alohida ehtiyojli 
ba’zi bolalarga qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli ular uchun 
maxsus yozma yoki audio yo‘riqnomalar tayyorlash. 
3.
Maxsus taʼlim oʻqitishning maxsus va alternativ 
dasturlari orqali inklyuziv taʼlim bolaga yoʻnaltirilgan va 
moslashtirilgan, yoʻriqnomali, barchaga moʻljallangan oʻquv 
dasturi asosida oʻqitishni tashkil etish. 
4.
Bolalar va oʻqituvchilar oʻrtasida bir-birlaridan oʻrganish 
va muammolarni birgalikda hal etish uchun shart-sharoitlar 
yaratish. 
Shuni ham aytish kerakki, inklyuziv maktablarning 
mavjudligi nafaqat nogiron o‘quvchilarga, balki odatda 
rivojlanayotgan bolalarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nogiron 
tengdoshlariga ta’lim olishda faol ishtirok etishiga yordam 
berish ijtimoiy faoliyat hisoblanib, bu holatda oddiy bolalar o‘zlari 
sezmagan tarzda eng muhim hayotiy saboqlarni olishadi. Bu 
ijobiy tajriba ijtimoiy ongning o‘sishidan, odamlar o‘rtasida 
farqlar yo‘qligini anglashdan, o‘z-o‘zini anglash va o‘zini-o‘zi 
qadrlashni rivojlantirishdan, o‘z tamoyillarini shakllantirishdan 
iborat bo‘lib, eng muhimi, u samimiy g‘amxo‘rlik va do‘stlik 
hisoblanadi.
19
3
YUNESKOning 
fikriga 
ko‘ra, 
"inklyuziya 
barcha 
o‘quvchilarning ehtiyojlarini xilma-xilligini aniqlash va ularga 
javob berish, ta’lim, madaniyat va jamoalarda ko‘proq ishtirok 
etish va ta’limdagi chetlab qo‘yishni kamaytirish orqali ko‘riladi". 
Boshqacha qilib aytganda, bu farq va xilma-xillikka asoslangan 
holda ta’lim berish usulidir. 
O‘zbekistonning oltita mintaqasida - Buxoro, Jizzax, 
Qashqadaryo, 
Samarqand, 
Farg‘ona 
viloyatlari 
va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – tegishli o‘quv dasturlari 
doirasida 
sifatli 
maktabgacha 
ta’limga 
ega 
bo‘lish 
imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga 
oshirilmoqda. Mintaqaviy murabbiylar 2159 nafar maktabgacha 
pedagoglarga 
shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim 
uslublarini 
o‘zlashtirishga yordam berdilar. Ushbu uslubiyot o‘rgatilgan 53 
maktabgacha ta’lim resurs muassasalarida qamrov bir yil 
davomida 2841 kishiga ortdi. Bundan tashqari, maqsadli 
tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar 106 ta qo‘shni bolalar 
bog‘chalarida ustozlik qilib kelmoqdalar.
20
4
Ta’lim tizimi yuqorida aytib o‘tilgan farqlarni hisobga olgan 
holda ishlab chiqilishi kerak. Har bir jamoaning xilma-xilligini 
hisobga olgan holda barcha turdagi o‘g‘il va qiz bolalar uchun 
mos dasturlar bilan ta’lim berish zarur. 
Bu taʼlim bir tomonlama boʻlmasligi kerak. Imkoniyati 
cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, koʻnikma 
va 
qobiliyatini 
rivojlantirish, 
yoshligidan 
oʻrganishni 
ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim. 
Zamonaviy umumiy ta’lim dasturi inklyuziv ta’limni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar 
va shartlarni, ya’ni har bir o‘quvchining individualligini qabul 
qilishni va har bir bolaning alohida ehtiyojlarini qondirishni o‘z 
ichiga olishi kerak, degan xulosaga kelishimiz mumkin. 
Tajribalardan 
shuni 
xulosa 
qilishimiz 
mumkinki, 
O‘zbekistonning inklyuziv ta’limi hozirgi holatda yuqori darajada 
emas, lekin shu yo‘nalishda borilsa, albatta, yuqori darajada 
bo‘ladi. Buning uchun bolalarni ijtimoiy va ma’naviy qo‘llab- 
quvvatlash susaytirilmaslik lozim.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling