ISSN: 2181-1695
OAK: 01-08/1819/6
www.herald.uz
BOLA SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM DASTURINI
QO‘LLASHDA INTERFAOL USLUBLAR
Abdusattorova Sarvinozbonu
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
MAQOLA HAQIDA
ANNOTATSIYA
Qabul qilindi: 24-may 2022-yil
Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil
Jurnal soni: 3
Maqola raqami: 2
DOI: https://doi.org/10.54613/001202
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturini
amalga oshirish, tarbiyachi-pedagoglar tomonidan qo‘llaniladigan interfaol va noan’anaviy
uslublar, bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichlarini
kuzatib borish, shuningdek, bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga olish,
shaxsga yo‘naltirilgan turli yondashuvlar, pedagoglarning kasbiy mahorati va ta’lim sifatini
oshirishga imkon berish tadqiq etildi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ta’lim-
tarbiya va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ulardagi ijodkorlik, ziyraklik, mustaqillik va
ijtimoiy faollik kabi sifatlarni tarbiyalash masalalari atroflicha o‘rganildi.
KALIT SO‘ZLAR
Bola shaxsi, rivojlanish indikatori,
interfaol usullar, muammoli ta’lim,
bilimlar daraxti, fikrlar sintezi, auksion
texnikasi, tarbiyachi mahorati.
KIRISH
Bugungi kunda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim
tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirish sur’atiga qarab bilim berish
kerak, degan fikrga asoslanadi, ya’ni bu jarayon ularning o‘quv
mashg’ulotlariga ehtiyojlari va qiziqishlariga moslashtirilgan
bo‘lishi kerak. An’anaviy o‘qitish usullari ko‘pincha kerakli
natijalarni bermaydi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim o‘rganish,
bilim olishni qiziqarli va mazmunli qiladi.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
Do'stlaringiz bilan baham: |