Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm: Italiya va Germaniya ta’lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizmi VENN


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

2-rasm: Italiya va Germaniya ta’lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizmi VENN 
diagrammasidagi tahlili 
 
Tadqiqot davomida mamlakatimizda inklyuziv ta’limni 
rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga 
ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha 
quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdik: 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan 
ta’lim muassasalariga moddiy-texnik va metodik yordam 
ko‘rsatish; 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim 
muassasalarini zarur adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar, turli 
kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga 
amaliy yordam berish; 
16
7
Ushbu hisobot va qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi manzilda 
mavjud: 
www.unicef.org/english/sowc
2013. “Nuqtai nazar” va 
“Yaqindan” bo‘limlaridagi insholar ularning mualliflariga tegishli bo‘lib, 
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun 
inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish ishlari samarali yo‘lga 
qo‘yish. 
 
TADQIQOT MUHOKAMASI 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, bugungi 
kunda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan 
ishlash amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolar 
mavjud: 
1)
moddiy mablag‘ muammolari;
2)
ta’lim muassasalarini inkyuziv ta’limga moslashtirish; 
3)
sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi;
4)
kambag‘allik;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi nuqtai nazarini 
aks ettirishi shart emas. 
1. Davlat tizimi tarkibiga 
kiradi. 
2. Bog‘chaga borish 
majburiy emas. 
3. Bolalarni 3 oylikdan 
qabul qiladigan bog‘cha 
tizimlari ham mavjud. 
4. Bolalarning badal to‘lov 
hajmini shahargacha 
ta'lim muassasalarining 
kommunal byurosi 
tuzadi va ular har xil pul 
to‘lashadi. 
1.
16 ta federal hududning har 
birida alohida ta’lim 
to‘g‘risida qonunlari bor. 
2. Davlat tizimi tarkibiga 
kirmaydi. 
3. 3-6 yoshli bolalarning 80 % 
bog‘chaga boradi. 
4. Bog‘chalar asosan kunning 
birinchi yarmigacha 
ishlaydi, lekin to‘liq 
kechgacha ishlaydigan 
bog‘chalar ham bor. 
1. Tarixi uzoq yillarga 
borib taqaladi. 
2. Ta’limning 
boshlang‘ich bo‘g‘ini 
sanaladi. 
3. Maktabgacha 
ta’limda inklyuziv 
guruhlari mavjud. 


 
www.herald.uz
 
10
5)
imkoniyati 
cheklangan 
bolalarning 
boshqalarga 
qaramligi; 
6)
kadrlar masalasidagi muammolar.
Haqli ravishda savol tug‘iladi. Nima uchun imkoniyati 
cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? 
Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib, inklyuziv ta’lim tizimiga 
o‘tishga qanday zaruriyat bor ?
Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish 
oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim tizimining afzallik jihati juda 
ko‘p bo‘lib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: 

inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga 
imkon beradi; 

inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi;

kamsitishlarning oldini oladi; 

inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi. 
Masalan, Italiya ta’lim tizimida o‘qituvchining vakolatlari va 
rollari maxsus qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. 
Italiyadagi ta’lim dargohlarida har bitta maxsus sinf uchun 2 ta 
o‘qituvchi biriktiriladi. Ulardan biri asosiy o‘qituvchi, biri esa 
yordamchi o‘qituvchi. Asosiy o‘qituvchi barchaga birdek dars 
beradi, yordamchi o‘qituvchi esa maxsus bolalarga yordam 
beradi. Ularning tushunmagan narsalarini tushuntiradi, 
qiynalgan holatida yordam beradi. Lekin har ikki o‘qituvchi sinf 
va undagi bolalar uchun birdek javobgar hisoblanadi. 2017-
2018-yillar hisobiga ko‘ra Italiyada 156 000 nafar yordamchi 
o‘qituvchilar mavjud, bu davlat hududidagi jami o‘qituvchilarning 
17.9 foizini tashkil qiladi.
17
1
Italiya ta’lim tizimi nafaqat oldin, balki hozir ham jahonga 
namuna hisoblanadi. Aynan hozirgi holatni tahlil qiladigan 
bo‘lsak ham, bu fikrimizga dalil bo‘la oladi. Maxsus ehtiyojga ega 
bo‘lgan bola tengdoshlariga yetib olishi uchun uning o‘ziga 
alohida e’tibor kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi esa unga alohida e’tibor qaratsa, boshqa 
bolalarni nazorat qila olmay qoladi. Bolalarga teng e’tibor 
qaratish uchun yana bir o‘qituvchining yordami zarur bo‘ladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yordamchi tarbiyachini ham 
mashg‘ulot paytida maxsus bolalarga yordam berish uchun jalb 
qilish zarur deb o‘ylayman. Chunki guruhda eng kamida 20 ta 
bola bo‘ladi, shuncha bolaning hammasi sog‘lom bo‘lganda ham 
ularga alohida e’tibor kerak bo‘ladi. Maxsus ehtiyojli bolalar esa 
undan ham ko‘proq e’tibor talab qiladi. Yordamchi tarbiyachi 
maxsus bolalarga yordam berishi uchun uning ham inklyuziya va 
maxsus ta’lim haqida qarashlari va bilimlari bo‘lishi lozim. 
Bolalarning ehtiyojiga qarab yordam berish uchun yordamchi 
tarbiyachini qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish lozim, chunki 
hozirda yordamchi tarbiyachilarning aksariyat qismi o‘z 
sohasining mutaxassislari emas.
Hozirgi vaqtda Rossiyada 2 milliondan ortiq nogiron bolalar 
yashaydi va bu barcha bolalarning 8 foizini tashkil qiladi. 
Bularning 700 ming nafari imkoniyati cheklangan bolalardir. 
Alohida ehtiyojli bolalar guruhi tarkibi jihatidan heterojendir. 
Maxsus ta’lim standarti loyihasida unga aniq ta’rif berilgan. Bu 
bolalarni tarbiyalash va o‘qitish uchun maxsus shart-sharoitlar 
yaratmasdan ta’lim dasturini o‘zlashtira olmaydigan bolalardir. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yilda Rossiya 
Federatsiyasida 35 mingga yaqin bola umuman ta’lim olmagan, 
17 ming bola sog‘lig‘i yomonligi sababli maktabga bormagan. 29 
ming 
bola 
maktab-internatlarda, 
haqiqatda 
ijtimoiy 
izolyatsiyada, yana 44 ming bola uyda tarbiyalanmoqda. 
Bu muammolarni inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali hal 
etish mumkin. Inklyuzivlikning asosiy g‘oyasi "inklyuziv jamiyat" 
nazariyasiga asoslanadi. Jamiyat va uning institutlari boshqa 
odamlarni (nogiron, boshqa irq, din, madaniyat) qo‘shilishiga 
yordam beradigan tarzda o‘zgarishi kerak. 
Tadqiqotchi Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy 
inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal 
etilishi talab qilinishi haqida fikr yuritgan: 
17
1
Italiyada inklyuziv ta'lim: tarixiy qadamlar, ijobiy o'zgarishlar va 
muammolar. Dario Ianes,Heidrun demo va Silvia Dell'Anna 

ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va 
o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, 
korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga 
yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni 
amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni 
amalga oshirish;

o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; 

jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va 
sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta 
moslashtirish; 

imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalaridan 
ajratmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;

jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga 
nisbatan 
do‘stona 
va 
mehr-muhabbatli 
munosabatni 
shakllantirish
18
.
2
Endi tadqiqotchi magistrantimizning fikrlarini birma-bir 
tahlil qilsak:

ta’lim olish uchun zarur pedagogik va psixologik yordam 
va korreksion sharoit zarurligi. Bu aynan bizning maktabgacha 
ta’lim tizimimiz uchun juda zarur hisoblanadi. Chunki ta’lim 
tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini – bu maktabgacha ta’lim. Agar 
bola shu tizimda ta’lim haqida yaxshi taassurotlarga ega bo‘lsa, 
keyin maktabga bo‘lgan qiziqish hosil bo‘ladi. Ayniqsa, alohida 
ehtiyojli bolalar tizimdan qoniqsalar bilim olishga qiziqishlari ham 
ortadi.

Korreksion sharoit ham albatta, maktabgacha ta’lim 
tizimidan boshlab yaxshi yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bolalarning 
kamchiliklari kichik yoshdaliklarida hal qilinsa, kelajakda sog‘lom 
bolalar kabi rivojlanishlari mumkin. Bolalar bilan maktabgacha 
ta’limda 1 tagina logoped, psixolog va defektolog faoliyat 
yuritadi. Vaholanki, bog‘chada 100 ga yaqin bola tarbiyalanadi.
Bolalarga bu kasb egalari xohlagan taqdirlarida ham to‘liq e’tibor 
qarata olishmaydi. Bolaning kamchiliklari uning tashqi 
ko‘rinishidan bilinibgina qolmaydi. Bolaning kamchiligini bilish 
uchun u bilan mashg‘ulotda ham birga bo‘lish va uni kuzatish 
zarur. Shundagina korreksion yordam ko‘rsatish qoniqarli 
darajada bo‘ladi: 

ta’limdagi tenglik huquqi. Bolalar o‘zlari bilan boshqalarni 
solishtirishga juda ham usta bo‘lishadi. Ular sog‘lom bola bilan 
o‘zlarini muntazam solishtirib kelishadi. Agar ularga ta’limda 
tenglik yaratilmasa, alohida ehtiyojli bola sog‘lom boladan ortda 
qolishi tabiiy. Bu esa ularning ruhan cho‘kishi va ta’limdan 
sovishiga olib keladi. Bu holat maktabgacha ta’limda ham 
boshlang‘ich ta’limda ham birdek kuzatilishi mumkin;

bolani ta’limga jalb qilishda jamoat va oilaning o‘rni. Bu 
o‘rinni hech bir narsa bilan to‘ldirib bo‘lmasa kerak menimcha. 
Chunki ta’limga jalb qilinmagan bolaning imkoniyatlari va 
kamchiliklarini uning oila a’zolaridan bo‘lak hech kim yaxshi 
bilmasa kerak. Ta’lim jarayoniga bolalarni o‘zidan-o‘zi jalb qilib 
bo‘lmaydi. Ularning ehtiyojiga mos ravishda kerakli jihozlar 
ta’minlanadi va unga sharoit yaratiladi. Bolaning oila a’zolari bilan 
birga o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritilsagina bu holat ijobiy 
natija berishi mumkin; 

alohida ehtiyojli bolalarni oilalaridan ajratmagan holda 
ta’limga jalb qilish. Bu holat ham yuqoridagilari kabi juda muhim 
hisoblanadi. Bolalar oilalaridan ajralsalar, tabiiyki, maktabgacha 
yoshda ham, maktab yoshida ham qiyinchiliklarga duch 
kelishadi va tushkunlikka tushishadi. Bolalar uchun eng yaqin 
inson bu ularning ota-onalaridir. Ularning o‘rnini hech kim bosa 
olmaydi. 

Va nihoyat eng so‘nggi xulosamiz, alohida ehtiyojli 
bolalarga jamiyatda do‘stona muhitni yaratish, ular haqida 
atrofdagilar qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish. Buning 
uchun jamiyat a’zolari ham alohida ehtiyojli bolalar va ularning 
hayotlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur. Ularga to‘g‘ri 
tushuncha berish esa ta’lim dargohlaridagi ustozlariga va 
ularning ota-onalariga bog‘liq. Qanchalik to‘g‘ri va to‘liq 
ma’lumot berilsa, dunyoqarash shunchalik yaxshi shakllanadi va 
18
2
Inklyuziv ta’limda nogiron bolalarni o’qitish va tarbiyalash 
muammolari. Panjizoda Hurriyatxon Ziyod qizi Zoxiriy. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling