Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
O.Akimovning ta’kidlashicha, inklyuziv ta’lim nogironligi 
bo‘lgan 
o‘quvchi-yoshlarning 
shaxsiyati 
va 
jismoniy 
imkoniyatidan qat’i nazar, ularga maxsus sharoitlar asosidagi 
o‘quv jarayonlarini yaratib berishi shart. Umumta’lim maktablari 
inklyuziv muhit yaratish orqali ta’lim oluvchilarga sifatli ta’lim 
olish imko niyatini yaratib berishi maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
S.A.Rubinshteyn, 
B.G.Ananev 
birinchilar 
qatorida 
o‘quvchilarning umumiy aqliy rivojlanishini, umumiy intellektini 
tadqiq qilish bilan shug‘ullanishdi. B.G.Ananev o‘quvchining 
o‘qish va mehnatdagi erishadigan yutuqlarini tahlil qildi. 
N.S.Leytes, avvalo aql sifatlarini o‘z ichiga oluvchi umumiy aql 
qobiliyatlarini, o‘quvchilarning nazariy va amaliy faoliyatini 
xarakterlab berdi
8

N.M.Nazarova inklyuziv ta’limning maqsadi nogironligi 
mavjud ta’lim oluvchilarni inklyuziv shart-sharoitlar asosida 
ijtimoiy 
hayot 
va 
fuqarolik 
jamiyati 
qonunlariga 
moslashtirishdan iboratdir, degan qarashni ilgari suradi. 
Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirishda huquqshunoslar, 
sotsiologlar, 
psixologlar, 
malakali 
pedagoglar 
o‘zaro 
hamkorlikda tizimli faoliyat yuritishlari lozim.
A.I.Jiviskayaning fikr bildirishicha, inklyuziv ta’lim, 
professional tuzilmalar negizida tashkil etilib, muntazam 
yangilanib borishi talab etiladi. Inklyuziv ta’limga jalb 
qilinayotgan alohida e’tiborga muhtoj 
o‘quvchilarning 
qobiliyatlarini his etish, ularning iste’dodlarini o‘quv jarayonlari 
mobaynida namoyon qilish defektologlar va boshqa inklyuziv 
ta’lim bo‘yicha maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lgan 
o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi zarur. 
N.N.Mixaylovaning inklyuziv ta’lim borasidagi fikriga ko‘ra, 
bu ta’lim shakli turli darajadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning 
7 Jamiyat va innovasiyalar – Obщyestvo i innovasii – Society and 
innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415.57 
8 “Pedagogik 
diagnostika 
va 
korreksiya”. 
Abdullayeva 
Sh.A.,Ro‘ziyeva D.I. Toshkent 2019. 105 bet. 


 
www.herald.uz
 
7
teng huquqlilik tamoyiliga asosan bilim olishini huquqiy jihatdan 
ta’minlaydi.
Sh.A. Dusmanovning fikricha, inklyuziv ta’lim – bu 
nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus ta’limga muhtoj 
bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan va individuallashgan 
yordam tizimidir. U umumiy ta’lim tuzilishining muhim qismini 
tashkil qiladi va hamma uchun birdek ta’lim beruvchi oddiy ta’lim 
muassasalarida olib boriladi
9

D.S. Qaharova inklyuziv ta’limni davlat siyosati darajasidagi 
masalalardan biri deb ataydi. 
Bugungi kunda inklyuziv ta’limni rivojlantirish muammolari 
respublika hamda xorijiy olimlar tomonidan atroflicha tahlil 
qilingan bo‘lsada, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar 
bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari mavzusi 
doirasida tadqiqotlarni kengaytirish dolzarb masala ekanligini 
ko‘rsatmoqda.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling