Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Tizimli yondashuv sotsiologik yondashuv bilan bog‘liq. 
Ushbu yondashuv jamiyatni turli tizimlar va tuzilmalarning o‘zaro 
ta’sir tizimida ko‘rib chiqiladi. 
Korreksion yondashuv nogiron o‘quvchining mavjud 
kamchiliklarini minimallashtirish yoki tuzatishga, shuningdek, 
uning ijtimoiy foydaliligi va ijtimoiy samaradorligini oshirishga 
qaratilgan. 
Funksional-faollik yondashuvi pedagogik, kommunikativ, 
interfaol va hokazo faoliyat natijasida har bir fan guruhining 
(faqat atipik talaba emas) ma’lum funksiyalarini qanday samarali 
bajarishini aniqlaydi. 
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim nafaqat tipik odamning o‘zini 
anglashiga, balki uning atrofidagilarga ham ta'sir qiladi. Inklyuziv 
ta’lim ijtimoiy harakatchanlikning asosiy vositasi ekanligini 
unutmasligimiz kerak. Nogironligi bo‘lgan shaxs uchun ta’lim ikki 
9 Ismailov B. Inklyuziv taʼlim oʼquv jarayonlarining ijtimoiy-huquqiy 
modellari va ularning Oʼzbekiston sharoitida qoʼllanilish imkoniyatlari. 
Jamiyat va innovatsiyalar – Общество и инновации – Society and 
innovations
tomonlama rol o‘ynaydi - bu nafaqat uning funksional 
imkoniyatlarini, kasbiy o‘sish istiqbollarini oshirish, balki yangi 
ijtimoiy doiraga kirish imkonini beradigan vositalarni taqdim 
etadi. 
Ushbu metodologik taqqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bugungi 
kunda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan 
ishlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlarida talaygina 
muammolarning mavjudligi hamda ushbu muammo doirasida 
inklyuziv ta’lim modelini ishlab chiqish, uning faoliyatini baholash 
shartlari, mezonlari, ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. 
 
TADQIQOT NATIJALARI 
Nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi 
navbatda inson huquqlari masalasi, deya qonuniy e’tirof etildi. 
Shuni ta’kidlash joizki, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 
to‘siqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratish orqali ularning 
to‘liq va sifatli ta’lim olishini ta’minlash – bola huquqlarini amalga 
oshirishning samarali yo‘llaridan biridir.
Aynan, biz o‘z tadqiqotimizda “Working with desabilities”
10
maqolasida keltirilgan ikki nafar Indoneziyalik bolalarning 
faoliyatini tahlil qilib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdik. 
Tadqiqotimiz qahramoni kasallik tufayli 5 yoshida ko‘r 
bo‘lib qoldi. 9 yoshida esa uni ota-onasi ko‘rlar uchun maxsus 
maktabga jo‘natdi. Maktab uydan 80 km uzoqlikdagi Bandung 
shahrida joylashgan edi. Dastlab u ota-onasi va yaqinlaridan 
uzoqdaligi uchun biroz qiynaldi. Keyinchalik esa u bu holatga 
o‘rgandi. Darslarni o‘zlashtirish uchun barcha sharoitlar yetarli 
edi. Adabiyotlar jamlanmasi, yaxshi ustozlar va ahil-inoq jamoa. 
Sinf xonasining kichikligi va bola soni kamligi uchun o‘qituvchilar 
bolalarga individual tarzda yondashib, dars berar edi. 
Maktab jamiyati ko‘zi ojizlar va ularga bilim beruvchi 
ustozlardan tashkil topganligi uchun o‘zaro aloqalari yaxshi
10
Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings 
2015.
Ijtimoiy 
muhitga 
moslashuv 
Tartibga 
solish 
Ijtimoiy 
yondashuv 
Assotsiat-
siyaviy 
yondashuv 
Shaxsga 
yo‘natirilgan 
yondashuv 
Tizimli 
yondashuv 
Korreksion 
yondashuv 
Funksional
faollik 
yondshuvi 


 
www.herald.uz
 
8
muhit ular xohlagandek edi. Bolalar aniq va gumanitar fanlardan 
tashqari jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishar edi. Buning 
uchun ularga maxsus oriyentatsiya va harakatchanlik mahorat 
mashqlari o‘tilar edi. 
Hammasi judayam yaxshi edi, lekin qahramonimizning 
ko‘zi ojizlar jamiyatini tark etish vaqti yetib kelgan edi. U haqiqiy 
hayotdagi muammolarni yengishga tayyor emas, jamiyatda ko‘zi 
ojizlar haqida to‘laqonli to‘g‘ri tushunchaga ega emas edi.
U ikki yo‘lning birini tanlashi lozim edi. Birinchisi, shu 
qiyinchiliklarga chidab ta’lim olishi, ikkinchisi esa, yana o‘sha 
ko‘rlar jamiyatiga qaytish va hayotini faqat ular bilan bog‘lash.
Uning bir tanishining ham ko‘zi ojiz edi, lekin u 1980-yildan 
integratsiyalashgan maktabga bordi. Uni atrofdagilar yaxshi 
kutib olishdi, yordam berishdi, ammo uning ta’lim olishi uchun 
zarur adabiyotlar yo‘q edi. U darslarga muntazam qatnashardi
lekin ustozlar unga darslarni qanday tushuntirishni bilishmas, na 
metodika, na kitoblar bor edi. So‘ngra ota-onasi uni ko‘zi ojizlar 
maktabiga o‘tkazishga majbur bo‘lishdi
11
2

Bu ikki holatni taqqoslaydigan bo‘lsak, integratsiyalashgan 
hamda maxsus maktab muammoga yetarlicha yechim bo‘la 
olmaydi. Bu holatda barcha sharoitlarni o‘zida jamlagan inklyuziv 
maktab imkoniyati cheklangan bolalar va ularning kelajagi 
uchun juda zarur.
Yuqorida keltirilgan holat bizning yurtimizda ham minglab 
topiladi. Bu bitta davlat uchun emas, balki butun jahon uchun hal 
qilinishi zarur bo‘lgan muammo hisoblanadi. Hozirda rivojlangan 
mamlakatlarda inklyuziv ta’lim to‘laqonli yo‘lga qo‘yilgan. Biz esa 
bunga bosqichma-bosqich o‘tmoqdamiz. Bu holatda jahon 
tajribasini o‘rganish va ulardan o‘zimizga mos bo‘lganlarini 
tanlab, korreksiyalab amaliyotga joriy qilishimiz zarur. 
Keling endi samarqandlik Maryamning hayotini ham ko‘rib 
chiqaylik.
12
3
Samarqandlik o‘n olti yashar qiz – Maryamning 
kollejda o‘qishni boshlaganiga bir necha oy bo‘lgan edi. 
Pandemiya muammosiga duch kelgan har bir o‘quvchi singari 
uning yangi o‘quv yili ham onlayn darslar va xuddi shu 
saboqlarga daxldor muammolar bilan boshlandi. U maktabda 
o‘qiydigan singlisi bilan bir noutbuk orqali dars vaqtini baham 
ko‘rishi kerak. Boz ustiga oilaviy qiyinchiliklar tufayli uyda unga 
doimiy qarovchi, yaʼni darslarini nazorat qilishga vaqt ajrata 
oladigan kishining o‘zi yo‘q. Bu muammo nogiron farzand 
tarbiyalayotgan va ustiga-ustak kam taʼminlangan ko‘plab 
oilalarga tanish holatdir. 
Maryamning eshitish qobiliyati zaif. Uning o‘quv 
materiallari video va yozma topshiriqlar shaklida tayyorlangan. 
Maryam uchun singlisi videodarslarni yozib olsa-da, faqat ovozli 
maʼlumotlar shaklidagi darslarni tushunish va tahlil qilish 
imkonsiz. Tabiiyki, bu uning taʼlim olish jarayonidagi ulkan 
muammo hisoblanadi. 
Maryam tahsil olayotgan iqtisodchilar guruhida barcha 
mavzular yangi. O‘qituvchi sinfda mavzularni tushuntirishi bilan 
izohlanmagan shaklda platformaga tushirilgan yozuvlar 
yuborishi o‘rtasida juda katta farq bor. Demak, mavzuni mustaqil 
tushunish juda mushkul. Maryamning ukasi va singlisi ham 
yordam berishga qodir emas, chunki, ular hali yosh, bu borada 
biror tushunchaga ega emas. 
Buning ustiga onlayn darslarning ko‘payishi natijasida, 
shundoq ham immuniteti pastligidan aziyat chekadigan Maryam 
ko‘rish qobiliyati susayishi muammosiga ham duch keldi. 
– Qizimning ko‘rish qobiliyatidagi muammolar tufayli 
internet orqali yuboriladigan yozma ishlar vaziyatni yanada 
qiyinlashtiradi, – deydi Maryamning onasi. – Qizim nogironligi 
uchun va hissiy ehtiyojlari cheklangani sababli, onlayn taʼlim 
uning uchun umuman maʼnosiz. Tashqi dunyo bilan bog‘lanish 
imkoniyati pasaygani, har kuni maktabga borish imkoni yo‘qligi 
va terapiya mashg‘ulotlari keskin to‘xtatilishi mening bolam 
11
2
Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings 2015. 
12
3
Davr24 – O’zbekiston, Markaziy Osiyo va Dunyo yangiliklari. 
13
4
Davr24 – O’zbekiston, Markiy Osiyo va Dunyo yangiliklari.
14
5
O’zbekistin Respublikasi Ststistika qo’mitasi 
15
6
Ushbu hisobot va qo’shimcha ma’lumotlar quyidagi manzilda 
mavjud: www.unicef.org/english/sowc2013. “Nuqtai nazar” va “Yaqindan” 
singari ko‘plab nogiron bolalar taʼlimida muammo bo‘lyapti. 
Kunning aksariyat qismida onlayn darslar qarshisida harakatsiz 
o‘tirish bunday bolalar uchun yana boshqa qo‘shimcha 
muammolar vujudga kelishiga ham sabab bo‘ladi
13
4

Holatni kuzatib quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin. 
Maryam o‘zi offline tartibda dars mashg‘ulotlariga qatnagan 
paytda ham darslarni hamma kabi o‘zlashtirolmaydi, ya’ni 
qiyinchiliklarga duch keladi. Karantin paytida esa u yanada 
ko‘proq qiyinchiliklarga duch keldi. Maryam bilan bir qatorda 
uning oila a’zolari ham qiynalmoqda. Maryamga vaqt 
ajratolmagani, ta’lim olishda qiynalayotgani ota-onani bir 
qiynasa, oiladagi moddiy ahvol va qizining ko‘rish qobiliyatining 
ham pasayishi ularni battar qiynamoqda. Bunga yechim topish 
esa mushkul holat. Bu kabi yordamga muhtoj kishilarni minglab 
topish mumkin.
2019-yil holatiga ko‘ra, 710 mingga yaqin nogiron 
fuqarolarning 609 ming nafari 16 yoshdan kattalar va ularning 
bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib 
turganidek, oliy ma’lumotli nogiron fuqarolar juda kam. Biroq 
kambag‘allikni qisqartirishning asosiy shartlaridan biri – oliy 
ta’lim berish. Bundan tashqari, nogironlar uchun ta’lim yashash 
quroli sanaladi. Ularda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish 
imkoni kam bo‘ladi, shuning uchun sifatli ta’lim olish va oliy 
ma’lumotli bo‘lish orqali daromad topish imkoniga ega 
bo‘lishadi. Oliy ma’lumoti bo‘lmagan nogironlar ko‘p hollarda 
uyda o‘tirib qolishadi.
14
5
Aholi bandligini ta’minlash hozirda ularni kambag‘allikdan 
chiqarishning eng maqbul yo‘lidir. Ularning bandligini ta’minlash 
uchun esa ulardan qaysidir kasb mutaxassisligi uchun diplom 
yoki hunar egallaganlik to‘g‘risidagi sertifikat zarur bo‘ladi. 
Ularsiz hech bir ish beruvchi xodimni ishga olmaydi. Bu mehnat 
kodeksida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Lekin yuqoridagi foizlar 
buni amalga oshirishga umuman yo‘l bermaydi. Nogiron 
shaxslarning atigi 10 foizigina oliy ma’lumotli, qolgan 90 foizi esa 
hech qanday diplom va sertifikatga ega emas. Ularning nafaqat 
oliy, balki o‘rta maxsus darajadagi diplomlari ham yo‘q. Ularga oz 
bo‘lsada e’tibor va sharoit yaratilsa, sog‘lom shaxslardan ko‘ra 
ko‘proq natijaga ertishishadi.
Inson tanasida qaysidir organ yoki a’zoning faoliyati 
bajarilmasa, ya’ni ishlamasa uning kuchi boshqa organ yoki 
a’zoga beriladi. Masalan, ko‘zlari ko‘rmaydigan insonlarning 
sezgi organlari juda kuchli darajada ishlaydi, ya’ni 
sog‘lomlarnikiga qaraganda bir necha barobar kuchli ishlaydi. 
Ular ta’lim jarayonida ham bizdan ko‘p yutuqlarga erishishlari 
mumkin. 
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, nogiron 
bolalarning ota-onalaridan 70 foizi o‘z jamiyatlarida nogironlikni 
tushunish va qabul qilish past yoki yetarli emas deb o‘ylashgan. 
Ularning deyarli yarmi bolalarni parvarish qilishda ko‘plab 
qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanishda to‘siqlarga duch 
kelgan. 
2007-yilda Buyuk Britaniyada alohida ta’limga muhtoj 
imkoniyati cheklangan bolalarga qaratilgan yana bir tadqiqotda 
55 foiz insonlarga nogironligi tufayli ularga adolatli 
munosabatda bo‘lmaganligi aniqlangan.
Madagaskarda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ota-
onalar orasida ham imkoniyati cheklangan bolalarga 
ko‘maklashish va ularni tarbiyalashdagi usullar haqida bilmaslik 
keng tarqalgan va ota-onalar uyushmalari prezidentlarining 48 
foizi imkoniyati cheklanganlik yuqumli, deb noto‘g‘ri o‘ylashgan.
Vetnamda, 2009-yilda Da Nang shahrida o‘tkazilgan 
tadqiqot jamiyatning nogiron bolalar va ularning oilalariga 
nisbatan umumiy bag‘rikeng xatti-harakatlariga qaramay, 
stigmatizatsiya va kamsitish holatlari davom etayotganini 
ko‘rsatdi.
15
6
bo‘limlaridagi insholar ularning mualliflariga tegishli bo‘lib, Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi nuqtai nazarini aks ettirishi 
shart emas. © Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi 
(UNICEF) 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling