Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-maqsadida belgilangan “Nogironligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

66-maqsadida belgilangan “Nogironligi 
bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini 
shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish” 
uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv 
ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish 
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. 
Imkoniyati cheklangan fuqarolarning statistikasiga 
murojaat 
qiladigan 
bo‘lsak, 
O‘zbekistonda 
imkoniyati 
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi 
«Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4860-son 
qarori. https://lex.uz/docs/-5044711. 
cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish 
mavzusi naqadar dolzarb ekanligini yana bir bor ko‘rish mumkin. 
2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha rasmiy 
tarzda 710 mingga yaqin imkoniyati cheklangan shaxslar 
ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafarini 16 yoshgacha 
bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar tashkil qiladi
3
.
Ushbu bolalarga munosib turmush sharoitini yaratish, 
inklyuziv ta’limga jalb qilish hamda qamrov darajasi va hayotdagi 
faolligini oshirishda qator muammolarga duch kelinmoqda. 
Ta’lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolgan, imkoniyati 
cheklangan bolalar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Maktablarda inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish uchun 
shart-sharoitlar yetarli emas. 101 ming imkoniyati cheklangan 
bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida tuzilgan 
sillabus va darsliklar to‘liq mavjud emas. Ularning tuzilishi 
interaktiv va sodda ko‘rinishda bo‘lsa, ta’lim sifati va 
samaradorligi yanada oshgan bo‘lar edi. 
Shu bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar bilan 
ishlash jarayonida ba’zi bir muammolar ham mavjud, masalan: 
-
ko‘zi ojiz bolalarga ta’lim berish uchun Brayl yozuvidagi 
notalar bilan ishlay oladigan o‘qituvchilarning yetishmasligi; 
-
ko‘zi ojizlar uchun darsliklar yetarli emas; 
-
darsliklarni tayyorlashda professional mutaxassislarni 
jalb qilish dolzarb hisoblanadi. 
Ma’lumki, ko‘p hollarda imkoniyati cheklangan bolalarning 
musiqa va san’at maktablarida o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. 
Chunki ularda eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, bundan 
tashqari, kuylashga ham iste’dodi kuchli bo‘ladi. 
Imkoniyati cheklangan bolalar, umuman, imkoniyatlar 
tanlovidan mahrum bo‘lgan shaxslarda ichki va tashqi 
qobiliyatlarni kashf qilishda xorij tajribasi, tadqiqotlar va 
izlanishlar yaqindan yordam beradi. 
Ta’lim olish huquqi barchaga birdek tegishli, xoh u yosh 
bo‘lsin, xoh yoshi katta, xoh sog‘lom bo‘lsin, xoh nogiron. Bu 
huquq ko‘plab qonunlar bilan ham mustahkamlab qo‘yilgan. 
Bularga: 

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (1989-yil);

“Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya (2008-
yil);

Butunjahon ta’lim hamma uchun Deklaratsiyasi (1990-
yil);

YUNESKOning Salamanka bayonoti va harakatlar 
doirasi (1994-yil); 
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar
oyidagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi 
to‘g‘risida”gi 
PF-60-son 
Farmoni. 
https://lex.uz/uz/docs/-5841063. 
3 O’zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. 
https://stat.uz/uz/

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling