Adaptiv jismoniy tarbiyada mustaqil ta’lim turlari. Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy turlari
Download 443.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adaptiv jismoniy tarbiya
- Adaptiv harakat reaksiyasi
- Adaptiv sport
6-AMALIY MAVZU. ADAPTIV JISMONIY TARBIYADA MUSTAQIL TA’LIM TURLARI. Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy turlari –imkoniyat cheklangan kishining ushbu ijtimoiy-tarixiy sharoitlar uchun me’yoriy turmush tarzini amalga oshishga tayyorlikni ta’minlovchi tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlarini farqlashdan iborat. Imkoniyati cheklangan shaxslar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda adaptiv jismoniy tarbiyaning quyidagi komponentlari(turlari)ni farqlash mumkin. Adaptiv jismoniy tarbiya –adaptiv jismoniy tarbiyaning turi sifatida imkoniyati cheklangan kishilarda maxsus bilim, hayotiy va kasbiy jihatdan zarur harakatli uquv va malakalarni shakllantirish; asosiy jismoniy va maxsus sifatlarning keng doirasini rivojlantirish, turli organ va tizimlarning funksional imkoniyatlarini oshirish; ularning mavjud tana-harakat sifatlaridan foydalanish va saqlash hisobiga mehnat maishiy faoliyatni amalga oshirishda shaxs ehtiyojlarini qondira oladi. Adaptiv harakat reaksiyasi adaptiv jismoniy tarbiyaning turi sifatida imkoniyati cheklangan kishilarda dunyoqarash, gedonizmning falsafiy qarashlarini shakllantirish, ularning rekreatsiya tizimidagi asosiy usul, vosita va yo‘llarni o‘zlashtirish hisobiga shaxsning dam olish, ko‘ngilochish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, faoliyat turini o‘zgartirishga ehtiyojini qondira oladi. Adaptiv sport adaptiv jismoniy madaniyatning turi sifatida imkoniyati cheklangan kishilarni sport madaniyati bilan tanishtirish, ularning muayyan sport turining texnikasi, taktikasi va boshqa komponentlarini o‘zlashtirishi hisobiga shaxsning musobaqa va kommunikatsiya faoliyati, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, ularni boshqa kishilar qobiliyatlari bilan qiyoslashga ehtiyojini qondira oladi. Download 443.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling