Adaptiv jismoniy tarbiyada mustaqil ta’lim turlari. Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy turlari
Download 443.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adaptiv jismoniy reabilitatsiya
Adaptiv harakat rekreatsiyasi –adaptiv jismoniy tarbiya komponent (turi) bo‘lib,
imkoniyati cheklangan kishining dam olish, ko‘ngilochish, bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish, faoliyat turini almashtirish, hayotdan bahra olish, muloqotga ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Adaptiv harakat rekreatsiyasining mazmuni imkoniyati cheklangan kishining biror-bir faoliyat turi (mehnat, o‘qish, sport va hokazo) bilan shug‘ullanish vaqtida sarflangan jismoniy kuchini tiklash yoki saqlab turish, faollashtirish, charchoqni profilaktika qilish, ko‘ngilochish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va umuman, sog‘lomlashtirish, konditsiyani yaxshilash, qoniqish orqali yoki chin dildan yashovchanlik darajasini oshirishga qaratilgan. Adaptiv harakat rekreatsiyasidan ko‘proq samara, uning asgosiy g‘oyasi mashg‘ulot vositalari, shakl va usullarini erkin tanlash hisobiga shug‘ullanuvchilarning manfaatdorligi va ruhiy xotirjamligini ta’minlashdan iborat, zarur bo‘lsa, uni profilaktik tibbiyotning sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalari bilan to‘ldirishni kutish lozim. Adaptiv harakat rekreatsiyasining asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan shaxsni tarixiy amaliyotda tekshirilgan gedonizm falsafasi (prinsipi)ni targ‘ib etgan Epikurning dunyoqarashni singdirish, uning rekreatsiyaning asosiy usul va yo‘llarini o‘zlashtirishidan iborat. Unga xos xususiyatlar vosita va hamkorlarni erkin tanlash, boshqa faoliyat turlariga o‘tish, aloqalar kengligi, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘yin faoliyati, harakatdan bahra olish hisoblanadi. Imkoniyati cheklangan kishilar uchun adaptiv harakat rekreatsiyasi – nafaqat o‘zini biologik jihatdan oqlagan o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi harakat faolligi, quvvat beruvchi hissiy holat, salomatlik va ish qobiliyati, balki yopiq muhitni engish, ruhiy himoya, muloqot imkoniyati,mashg‘ulotlar shakli va turini tanlashda istaklar, ta’b va shaxsiy manfaatlarni qondirishdan iborat. Orttirilgan nogironlik va og‘ir kasallik holatida adaptiv harakat rekreatsiyasiadaptiv jismoniy madaniyat(adaptiv jismoniy tarbiya, adaptiv sport)ga oshno qilish va stressni engishda dastlabki qadam, birinchi bosqich bo‘lishi mumkin va bo‘lishi shartdir. Atama nuqtai nazaridan tushunmovchiliklarning oldini olish uchun ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya institutlari uchun o‘quv qo‘llanmada L.P.Matveev jismoniy madaniyatning ushbu turini (kundalik turmush tartibi doirasida) gigienik jismoniy madaniyatga kiritgan holda fonli jismoniy tarbiya deb nomlaydi. Adaptiv jismoniy reabilitatsiya– adaptivjismoniy madaniyat komponenti (turi) bo‘lib, imkoniyati cheklangan kishida davolanish, vaqtincha yo‘qotilgan (asosiy kasallik sababli uzoq muddatga yo‘qotilgan yoki buzilgan yoki umuman yo‘qotilgan funksiyalardan tashqari) funksiyalarinitiklashga ehtiyojini qondiradi. Adaptiv jismoniy reabilitatsiyaning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan kishilarning biror-bir kasallikkka nisbatan ruhiy ta’sirini shakllantirish, organizmni tezroq tiklashga rag‘batlantiruvchi tabiiy, ekologik jihatdan o‘zini oqlagan vositalardan foydalanish, ularni jismoniy mashqlarning tegishli komplekslari, gidrovibrouqalov va o‘zini-o‘zi uqalash, chiniqtiruvchi va termik muolajalar va boshqa vositalar (Su-Djok akupunktura va hokazo)dan foydalana olishni o‘rgatishdan iborat. Imkoniyati cheklangan kishilarning alohida nozologik guruhlarida, asosan, tayanch-harakat a’zolari shikastlanganda harakat orqali davolash tibbiyot statsionarida yakunlanmay, umr davomida o‘zini-o‘zi reabilitatsiyalash asosida davom etadi. SHu munosabat bilan, tibbiyotda “jimoniy reabilitatsiya” atamasidan vaqtincha o‘z funksiyalarini yo‘qotgan imkoniyati cheklangan kishilar bilan ishni belgilash uchun foydalaniladi. Keyingi o‘rinlarda muallif “jismoniy reabilitatsiya” atamasidan foydalanadi. Download 443.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling