Qo'qon xonligi tarixshunosligini yoritishda tarixnavislik maktabi
Download 23.58 Kb.
|
Behruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
QO'QON XONLIGI TARIXSHUNOSLIGINI YORITISHDA TARIXNAVISLIK MAKTABI Turdaliyev Behruz Baxtiyor o’g’li CHDPU Tarix yo’nalishi 3-bosqich talabasi Shamsiyev Shahzod Kamol o’g’li CHDPU Tarix yo’nalishi 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Sa’dullayeva Mahfuza Xusenovna ANNOTATSIYA Maqolada Qo’qon xonligi tarixini yoritishda tarixiy manbalarning ahamiyati va Qo’qon tarixnavisligidagi asarlar mohiyati bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Qo’qon xonligi tarixnavisligi namunalarining turli tillarda bayon etilganligi, mualliflarning asarda keltirilgan haqqoniy ma’lumotlari bo’yicha fikr-mulohazalar keltirilib o’tilgan. Kalit so'zlar: manbalar, badiiy-tarixiy janr, adabiy-tarixiy janr, tarixnavislik, ob’ektivlik, og’zaki ijod. HISTORICAL SCHOOL OF HISTORICAL STUDIES OF KOKAND KHANATE ABSTRACT The article provides information on the importance of historical sources in the coverage of the history of the Kokand Khanate and the importance of works in the history of Kokand. Samples of the historiography of the Kokand Khanate are told in different languages, and the authors comment on the factual information provided in the work. Keywords: sources, fiction-historical genre, literary-historical genre, historiography, objectivity, folklore. KIRISH O’zbekiston mustaqillikga erishishgandan so’ng Vatan tarixining barcha davrlari, xususan o’zbek davlatchiligi an’analarini chuqur idrok etish, bu yerda mavjud bo’lgan qadimgi va o’rta asr davlatlari tarixini o’rganish muhim ilmiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi. Shunday ekan mana shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Qoʻqon tarixnavisligini yoritishga tarixiy asarlarni qaysi tilda yozilganiga qarab arab, fors-tojik va turkiy guruhlarga bo’lish mumkin. Ularning har biri o’z navbatida umumiy tarixga bag’ishlangan yoki alohida mamlakatlar tarixiga taalluqli asarlarga bo’linadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Qo’qon tarixnavislari asarlari asosan arab, fors va turkiy tillarda bitilgan manbalarga tayanadi. Qo’qon tarixshunoslik maktabining vujudga kelishida oldingi zamon tarixchilarining asarlari, shuningdek, Sharq mutaffakirlarining tarixnavislik an’analari muhim rol o’ynaydi. Qo’qon tarixchilari uchun manba bo’lib xizmat qilgan yana bir manba – bu folklor, xalq og’zaki ijodidir. Bu rivoyatlar, ertaklar, dostonlar, asotirlar, matallar va maqollar hind-eron va turkiy xalqlar, sulolalar va ayrim tarixiy shaxslarning kelib chiqishi, shajarasi to’g’risidagi fantastik syujetlardir. Misol tariqasida, ming sulolasini afsonaviy asoschisi Oltin beshik haqidagi, O’g’izxon haqidagi hikoyalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Ma’lumki, musulmon Sharqida tarixiy asar faqat sof xronikal mavzudagi asar bo’lmasdan, balki ayni vaqtda badiiy-tarixiy janrga mansub adabiy asar ham edi. An’anaga ko’ra, Sharq tarixchisi, ma’lum bir dunyoqarash, estetik did va qadriyatlar sohibi sifatida tarixiy voqealarni badiiy tasvirning boy vositalarini qo’llagan holda bayon etadi. Aks holda o’quvchi uning asarini qabul qilmas edi. Sharq kitobxonining estetik didi va ma’naviy ehtiyojlari yevropalik kitobxondan keskin farq qilar edi. Sharqda Hofiz she’riyati “Ikkinchi Qur’on” deb baholangan. Download 23.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling