Qo’qon xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda aks etishi
Download 12.66 Kb.
|
Qo’qon xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda aks etishi^
Qo’qon xonligining tashkil topishi jarayonlarining manbalarda aks etishi. Buxoro xonligiga tobe hisoblangan Farg‘ona vodiysida 18-asr boshlarida yangi davlatga – Qo‘qon xonligia asos solindi. 18-asrda faqat Farg‘ona vodiysini o‘z ichiga olgan bu davlat 19-asr boshlarida Toshkent voxasi, xozirgi Qirg‘iziston Respublikasi, Janubiy Qozog‘iston va Shimoliy Tojikiston hududlarini o‘z ichiga olgan yirik davlatga aylandi. Ashtarxoniy Subxonqulixon vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Ubaydullaxon hukmdorligi (1702-1712) davrida xonlikdagi siyosiy vaziyat chigallashib markaziy hokimiyat yana zaiflashdi. Bundan foydalangan Chodak xo‘jalari 1709 yilda Farg‘onada qo‘zg‘olon ko‘tarib, vodiyning bir qismini egallaydilar. Natijada mustaqil davlat tuzilganligi e’lon qilindi va 1710 yilda o‘zbeklarning ming qabilasi boshlig‘i Shohruhbiy hokimiyat tepasiga keladi (1710-1721). Dastlab Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ular atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olgan bu davlat hududi Shohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abduraximbiy (1721-1733) taxtga o‘tirganidan keyin ancha kengayadi. U Andijon va Xo‘jandda o‘z hukmronligini o‘rnatib ma’lum muddat Buxoroga tegishli Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarini egallab, Shahrisakbzga ham tahdid soladi. Abdurahimbiy Qo‘qon qishlog‘i yaqinida yangi shahar qurdira boshlaydi. U 33 yoshida kasallanib vafot etadi va taxtga ukasi Abdukarimbiy o‘tiradi. U yangi shahar qurilishini tugallab, poytaxtni Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qonga ko‘chiradi. Shu tariqa yangi shahar – Qo‘qon shahri davlatning poytaxti bo‘lib qoldi va keyinchalik bu davlat shahar nomi bilan Qo‘qon xonligi deb atala boshladi. Abdukarimbiyning hukmronligi davrida davlat ancha mustahkamlandi, hududlari kengaydi. 1745 yilda Farg‘ona vodiysiga hujum qilgan qalmoqlar quvib chiqarilib ular bosib olgan O‘sh, Andijon, Marg‘ilon shaharlari qaytarib olindi. Abdukarimbiy vafotidan keyin bir qancha vaqt davlat tepasida xonlar tez-tez almashib turdilar. Nihoyat uning nabirasi Erdonabiy ikkinchi bor hokimiyatni qo‘lga kirtiadi. 1755-1769 yillarda taxtni boshqargan Erdonabiydan so‘ng taxtga Shohruhbiyning uchinchi o‘g‘li Shodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. U 6 oy hukmronlik qilganidan keyin suiqasd natijasida o‘ldiriladi va taxtni 1770 yilda Norbo‘tabek (1770-1801) egallaydi. U markaziy hokitmiyatni mustahkamlashda ancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Chust va Namanganda ko‘tarilgan g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng bu shaharlarga o‘ziga sodiq kishilarni hokim etib tayinladi. U Xo‘jand shahrini ham o‘z hokimiyati ostiga olishga erishadi. 1799 yilda Toshkent shahrini egallashga ham urinib ko‘radi, lekin uning qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Norbo‘tabek 1801 yilda vafot etganidan so‘ng taxtga katta o‘g‘li Olimbek o‘tiradi. Garchi u qisqa vaqt taxtga o‘tirgan bo‘lsada, uning davrida (1801-1810) Qo‘qonning siyosiy mavqei ancha oshdi. Dastlab u harbiy islohotlar o‘tkazib, qo‘shinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar qilib Angren voxasini, Chitmkent va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Natijada u Rossiya imperiyasi bilan bevosita savdo-sotiq olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Qo‘qon davlati kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham o‘zgardi. Agar Qo‘qonning dastlabki hukmdorlari “biy”, “bek” unvonlari bilan davlatni boshqargan bo‘lsalar 1805 yildan bu davlat rasman Qo‘qon xonligi deb e’lon qilindi va Olimxon “xon” unvoni bilan hokimiyatni boshqara boshladi. Markaziy hokimiyatning kuchayib borishi, davlatni boshqarishda xonning cheklanmagan huquqqa egaligi Olimxonga qarshi fitnalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun ukasi Rustambekni va bir qancha sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuborgan edi. Yuzaga kelgan fitnaga uning ukasi Umarbek boshchilik qildi. Nihoyat 1810 yilda Olimxon Qo‘qonga kelayotganda o‘g‘li Shohruhxon bilan birga fitnachilar tomonidan otib o‘ldirildi va taxtni ukasi Umarxon egalladi. Uning hukmronligi davrida (1810-1822) xonlikda siyosiy vaziyat ancha murakkabligicha qoldi. Chimkent va Turkistonda g‘alayonlar ko‘tarildi, o‘ratepa hokimi xonga itoat etishdan bosh tortdi. Ammo davlatni boshqarishda din peshvolari va sarkardalar bilan ittifoq bo‘lib ish tutgan Umarxon bu g‘alayonlarni bostirib, xonlik hududini bo‘linib ketishdan saqlab qoldi. Umarxon 1818 yili Qo‘qon shahrida katta jome masjidi qurish haqida farmon berib, din homiysi sifatida ham o‘z mavqeini oshirdi. Natijada “amir al-muslimin” unvonini va diniy hokimiyatni ham o‘z qo‘liga olishga erishdi. Umarxon davrida Qo‘qonda adabiyot va she’riyat ancha yuksaldi. Xonning o‘zi ham yaxshi she’rlar yozardi. 1822 yilda Umarxon kasallanib, vafot etadi va taxtga o‘g‘li Muhammad Alixon o‘tiradi. Tarixda Madalixon nomi bilan qolgan bu hukmdor davrida (1822-1842) Qo‘qon xonligi siyosiy jihatdan ancha yuksaldi. Qorategin, Ko‘lob, Darvoz viloyatlari va boshqa bir qancha yerlar bosib olinib, xonlik hududi ancha kekngaytirildi. 1826-1831 yillar davomida bir necha marta Qashqarga hujum qilib, xitoyliklar bilan urush olib bordi. Qashqarda olib borilgan urushlar paytida 70 ming uyg‘ur musulmonlari Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirildi. Bu davrda Buxoro amirligi bilan ham chegara shaharlar uchun harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib turdi. Bu esa mehnatkash aholi turmushining qashshoqlashuviga sabab bo‘ldi. Natijada bir necha bor qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Qolaversa, hukmdorligining so‘nggi yillarida Madalixon ham aysh-ishratga berilib ketgan edi. Shu sababli ham unga qarshi fitna yuzaga keladi. Qo‘qonda Madalixon o‘z o‘gay onasiga uylandi va bu bilan musulmonchilikdan chiqdi, degan gaplar tarqatildi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan va xonning yaqin maslahatchisi Xaqquli mingboshi tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilgani fitnachilarga yanada qo‘l keldi. Fitnaga bosh qo‘shgan Qozikalon, Isoxo‘ja lashkarboshi, Toshkent hokimi va boshqalar Madalixonni taxtdan ag‘darib, Olimxonning o‘g‘li Sheralini yoki Murodbiyning o‘g‘li Xo‘jabiyni xon qilib ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, madalixonni taxtdan ag‘darishda yordam so‘raydilar. Qo‘qon xonligini zabt etib Buxoroga qo‘shib olishni rejalashtirib yurgan amir Nasrullo 1842 yil aprelda katta qo‘shin bilan Qo‘qonga yurish qiladi. Uning asl maqsadini tushungan Madalixon yashinicha saroy xazinasini, oilasini olib, o‘ziga sodiq bo‘lgan 1000 kishi bilan Qo‘qondan Namangan tomonga qochadi. Jangsiz Qo‘qonni egallagan Nasrullo xonning xazinani olib ketganini bilgach, shaharni talash haqida buyruq beradi. Ertasi kuni esa aholidan tortib olingan narsalar majburan yana qo‘qonliklarga sotiladi. Faqat kumush, oltin buyuimlar olib qolinadi. Namangan yaqinidagi bir qishloqda tunab qolgan Madalixon ertalab o‘zib bilan kelgan ming kishidan faqat 3 kishi qolganini ko‘rib sarosimaga tushadi va Qo‘qonga qaytib, amir Nasrullodan shafqat so‘rashga jazm etadi. U Qo‘qonga qaytib kelgach, xibsga olinadi. Turli joylardan uning oila a’zolari: onasi Nodirabegim, ukasi, o‘g‘illari va xotinlari tutib keltiriladi. Madalixon, onasi, ukasi va katta o‘g‘li qatl etiladi. Qo‘qonda 12 kun turgan amir Nasrullo Qo‘qon xonligini Buxoroga qo‘shib olinganligini e’lon qilib, Qo‘qonda o‘z noibi etib Ibroxim Dodhoh mang‘itni qoldiradi. Unga bir necha amaldorlar va 600 kishilik qo‘shin berib o‘zi esa sobiq xon xizmatidagi 250 ta amaldorni garov tariqasida Buxoroga olib ketadi. Lekin osonlik bilan qo‘lga kiritilgan Qo‘qon xonligi yana osonlik bilan qo‘ldan chiqariladi. Ibrohim Dodhohning qo‘qonliklarga qilgan jabru-zulmi tufayli 1842 yilning yozida qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar qipchoqlar yordami bilan buxoroliklar qo‘shinini yengib, taxtga Sheralixonni ko‘taradilar. Sheralixon qipchoqlarning katta qo‘shini bilan Qo‘qonga kirib keladi. Ibrohim Dodhoh va uning ukasi Isoq mang‘it Buxoroga qochib qolishga ulguradi. Amir Nasrullo 1842 yil kuzida 20 ming qo‘shin bilan yana Qo‘qonga yurish qiladi. Qo‘shin safida garovga olingan 250 ta qo‘qonlik amaldorlar ham bor edi. Qo‘qon ahli taslim bo‘lish haqidagi taklifni rad etadi. Shunda garovga olingan amaldorlardan biri, Madalixon davrida yuzboshi bo‘lgan Musulmonqul qipchoq qo‘qonliklarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish uchun amirdan ruhsat olib qo‘qonliklar huzuriga keladi. Lekin u qo‘qonliklarni amir qo‘shinlariga taslim bo‘lmaslikka undab, shahar mudofaasini yekuchaytiriga boshchilik qiladi. Amir Nasrullo hujumga o‘tadi, lekin qo‘qonliklar kattiq qarshilik ko‘rsatadilar. Qamal cho‘zilib ketadi va bu orada Xiva qo‘shinlari Buxoro chegaralariga bostirib kiradilar. Bu habarni olgan amir Nasrullo gaprovga olingan amaldorlarni ozod qilib Buxoroga qaytishga majbur bo‘ladi. Bu vaziyatda Qo‘qonni Buxoroga tobelikdan saqlab qolgan Musulmonqul qipchoq mingboshi lavozimini oladi. Xonlikdagi boshqa lavozimlar ham qipchoq beklariga beriladi. Download 12.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling