Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Dan tayyorlanadigan maxsulot tayyorlash texnologiyasi
Download 13.96 Kb.
|
Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar-kompy.info
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho’yan va Po’lat ishlab chiqarishda dastlabki xom-ashyolar.
Qora metallar po’lat va cho’yan ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Dan tayyorlanadigan maxsulot tayyorlash texnologiyasi 3-MAVZU: QORA METALLAR PO’LAT VA CHO’YAN ULARDAN TAYYORLANADIGAN BUYUMLAR.DAN TAYYORLANADIGAN Maxsulot tayyorlash texnologiyasi Reja 1. Qora metal turlari. 2. Temir turlari va uning xossalari. 3. Po’lat turlari va xossalari. 4. Cho’yan turlari va xossalari. 5. Cho’yan va Po’lat ishlab chiqarishda dastlabki xom-ashyolar. Po’lat va cho’yandan tayyorlanadigan buyumlar. 6.noan'anaviy ishlov berish usullari. 7.mashinasozlikda titaniumni ishlatish.Qora metallar (qora metallar) — temir va uning asosidagi qotishmalar (poʻlatlar, ferroqotishmalar, choʻyan). Qora metallarga koʻpincha marganets (92 % metallurgiyada ishlatiladi) va baʼzan xrom (65 % metallurgiyada ishlatiladi) va vanadiy (90 % poʻlat va choʻyanni legirlash uchun ishlatiladi) kabi metallar kiradi. Bu metallar asosan choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Qora metallar xalq xoʻjaligida ishlatiladigan metallarning umumiy hajmining 90 % dan ortigʻini tashkil qiladi, ularning asosiy qismini esa turli poʻlatlar tashkil etadi. Temir qotishmalariga turli xil xususiyatlarni beruvchi asosiy element ugleroddir. Temir (lot. Ferrum), Fe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat. Mil. av. 2000-yillarda Osiyoning garbiy qismida Temirni rudalardan olish usuli topilgan; shundan keyin Temir Misr, Yunonistonda ham ishlatiladigan boʻldi; jez davrini temir davri egallay boshladi. Temir tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstida massa jihatidan 4,65% Temir bor. Temirning 300 dan ortiq minerallari maʼlum boʻlib, ular Temir rudalarining asosini tashkil etadi. Temir (Fe) bo'lgan moddalar, shuningdek ularning qotishmalariga ma'lum foydali xususiyatlarni berish uchun qo'shiladigan oz miqdordagi boshqa metallar mavjud. Temir turli xil oksidlanish darajalarida mavjud bo'lishiga qaramay, +2 (temir) va +3 (temir) eng keng tarqalgan. Shu bilan birga, "temir" atamasi temirning materialdagi oksidlanish darajasidan qat'iy nazar mavjudligini anglatadi. Temir yer qobig'ida eng ko'p uchraydigan to'rtinchi element, ammo dunyo miqyosida u asosiy yer elementidir. Sof Temir oq tusli yaltiroq metall. Zichligi 7,874 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1535°, qaynash temperaturasi 2750°. 4 shakl oʻzgarishga ega (a, r, u va 5T.). Bulardan a Temir hajmiy markazlashgan kub shaklida kristallanadi, zichligi 7,87 g/sm³, 769° ga qadar barqaror, ferromagnit xossaga ega. Temirning zichligi 7,024 g/sm³ (1538° da), 6,962 g/sm³ (1600°), 6,76 g/sm³ (1800°). Temir elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Temir odatdagi temperaturada passiv, lekin nam havoda tez zanglaydi. Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% Temir buladi. U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Oʻzida koʻpgina miqdorda Temir toʻplaydigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20% gacha Temir toʻplaydi). Hayvon va oʻsimliklar organizmidagi Temir oqsillar bilan bogʻlangan buladi. Download 13.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling