Qora tuynuklar


Download 420.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi420.68 Kb.
#1415705
  1   2   3   4
Bog'liq
Qora tuynuk 2



Qora tuynuklar 
Neytron yulduzlar qancha massani muvozanatda ushlay olishini biz yuqorida ko’rib chiqdik. Bunday 
chegarani aniq hisoblash imkoni yo’q, chunki muhitni yadro materiyasi zichligidan katta zichlikda bo’lgandagi 
xususiyatlarini tushintiruvchi nazariya yo’q. Aynigan neytronlar tufayli stabilizatsiyalanuvchi yulduz massasini 
taxminiy bahosi ~3M

qiymatini ko’rsatadi. Butun dunyo ilm-fani bugun olamga koinotning qora rangdagi siri 
haqida jar solmoqda. Falakkiyot ilmi bilan mashg‘ul olimlar, fan arboblari, akademiklar, fiziklar, astranomlar 
koinotdagi yulduzlarning «lahadi» haqida minglab isbotlar, dalillar, eng so‘nggi kompyuter texnologiyalari bilan 
hisob-kitob qilingan raqamlarni keltirishmoqda. 
«Qora tuynuk» nomi singari qora falakkiyotning ajali haqida siz nimalar bilasiz, nimalar eshitgansiz bilmadimu, 
XX – XXI asr olimlari «kashf» qilayotgan «Qora tuynuklar» haqida islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni 
Karimda to‘xtalib o‘tilgan desak, ishonmasligingiz mumkin. «Qora tuynuklar» haqida islom dinining muqaddas 
kitobida nimalar bitilganki, hali hamon dunyo olimlarining tavba – tazarru qilishiga, Yaratganning Yagona zot 
ekanligiga imon keltirishlariga sabab bo‘lmoqda. Islom va inson. Qay biri haqlikdan darak beradi. Dunyo 
olimlari qay darajada haq? Qur’onda zikr qilingan «yulduzlarning botish joyi» va «Qora tuynuklar» ning qay 
darajada aloqasi bor. 
Maqolani 
oxirigacha 
o‘qing. 
Biz 
fandan 
qay 
darajada 
xabardormiz? 
Dindanchi?.. 
Avvalo, koinotdagi «Qora tuynuk»lar nima? Ular qanday hosil bo‘ladi? Shu haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak. 
Shunday qilib o’ta portlash natijasida yulduzning > 3M

massasi saqlanib qolsa, u holda u ustuvor neytron 
yulduzi ko’rinishida bo’la olmaydi. Yadro kuchlari keyingi gravitatsion kollapsni ushlay olmaydi. Keyingi 
gravitatsion siqilish natijasida “qora tuynuk” deb ataluvchi obyekt hosil bo’ladi. Qora tuynuklarni asosiy 
xususiyati shundan iborat bo’ladiki, undan hech qanday signal, nurlanishlar ham chiqib keta olmaydi. M massali 
yulduz kollapslanib qora tuynukka aylanib, Shvartsshild sferasi radiusiga erishadi.
2
2
c
GM
r
g

bunda, G – gravitatsion doimiylik, M – massa, c – yorug’lik tezligi.
Obyektning Shvartsshild sferasi radiusiga erishilgandan keyin uning gravitatsion maydoni shu darajada 
kuchayadiki, endi undan hatto elektromagnit nurlanishlari ham chiqib keta olmaydi. Shvartsshild qora tuynugi 


aylanmaydigan obyekt bo’lib, u aylanmaydigan massiv yulduzni kollapsi natijasida hosil bo’ladi. Aylanuvchi 
katta massali yulduzlar aylanuvchi massiv qora tuynuklarga (Kerr qora tuynugiga) aylanadi. 
Qora tuynuklarni teskari yo’l bilan, agar ular ko’rinuvchi yulduz bilan qo’shaloq sistemaga kirsa, kuzatish 
mumkin. Bu holda qora tuynuk ko’rinuvchi yulduzni gazini so’radi. So’rilayotgan gaz temperaturasi ko’tarilib, 
intensiv rentgen nurlanishi manbaiga aylanadi. Bunday rentgen nurlanishini qayd etilishi qora tuynuklarni qayd 
etadi. 
Yulduzlarni kollapsi natijasida hosil bo’lgan yulduzlar bilan birgalikda katta portlashni bir jinsli 
bo’lmaganligi sababli koinot evolyutsiyasining boshlang’ich davrlarida, hali yulduzlar paydo bo’lmasdan 
tug’ilgan qora tuynuklar bo’lishi mumkin. Bunday qora tuynuklarga relikt qora tuynuklari deyiladi. Faraz 
etiladiki bunday qora tuynuklarning ba’zilarini o’lchami proton o’lchamidan ham kichik bo’lishi mumkin. 
1974 yili Xoking ko’rsatishicha, qora tuynuklar zarralar chiqaradi. Bunday zarralarning manbai bo’lib 
vakuumda zarra – antizarra juftini hosil bo’lishi xizmat qiladi. Odatdagi maydonlarda bunday juftlar shunday tez 
annigilyatsiyalanadiki, ularni kuzatish mumkin emas. Qora tuynuk chegarasida kuchli tortilish maydoni ta’sir 
etganligi sababli zarralar juftini biri qora tuynuk tomonidan tortilib yutilsa, ikkinchisi uzoqqa ketadi va Xoking 
nurlanishi vujudga keladi va bunda qora tuynuk massasi kamayadi.
Dunyoning eng kuchli astronomlari tomonidan taxmin qilingan, nazariy bilimlar bilan asoslab berilgan ob’ektlar 
orasida eng vahimalisi, eng g‘ayritabiiysi va qo‘rqinchlisi «Qora tuynuk»lar bo‘lsa kerak. Buni uning nomidan 
ham bilsa bo‘ladi. «Qora tuynuklar» fanga kirib kelganiga unchalik ko‘p bo‘lmadi. O‘tgan asrning o‘rtalarida 
hatto uning borligi haqidagi farazlarga ishonadigan odamlar anqoning urug‘idek edi. Xo‘sh, «Qora tuynuklar» 
o‘zi nima? Ular qanday paydo bo‘ladi? 
Butun olam tortishish qonuniga binoan, Koinotdagi istalgan ikkita ulkan massali jismlar orasida o‘zaro tortishish 
kuchi mavjud bo‘ladi. Ushbu gravitatsion tortishish sababidan Yer Quyosh atrofida aylanadi. Umumiy nisbiylik 
nazariyasi esa bizni ushbu ko‘rinishdagi Quyosh-Yer sistemasiga boshqacharoq yondoshishga majbur qiladi. 
Ushbu nazariya uqtirish berishicha, Quyosh singari favqulodda ulkan massali jismning yaqin atrofida zamon-


makon uyg‘unligi, ya’ni, fazo-vaqt strukturasi egrilanadi (qiyshayadi) va o‘zining ravonligini yo‘qotadi. Bu 
holatni, yupqa mato, aytaylik, oddiy ayollar ro‘molini to‘rt tomonidan tarang qilib tortib bog‘langan va o‘rtasiga 
og‘ir shar, masalan, bouling shari qo‘yib qo‘yilgan vaziyat bilan o‘xshatish mumkin. Sharning og‘irligi 
sababidan ro‘mol matosi shar yaqinida g‘ijimlanib, bukilib, pastga (ichkariga) botib turadi. Quyosh ham xuddi 
shu tarzda, o‘z yaqin-atrofidagi fazoni egrilantiradi. Endi tasavvur qiling, yuqorida taklif etilgan misoldagi og‘ir 
sharning massasini borgan sari orttirib boraveramiz. Bunda faqat va faqat massa ortadi, lekin sharning geometrik 
o‘lchamlari o‘zgarmay qoladi. Massa ortib boravergach, ro‘mol matosi ham borgan sari cho‘kib, chuqurroq botib 
boradi. Oxiri vaziyat nima bilan tugaydi? 
Albatta, og‘irligi keskin kattalashib ketgan bouling shari o‘zi turgan ro‘molning tarangligini yumshatib-
yumshatib boraveradi va oqibatda ro‘mol uni o‘rab, atrofiga yopishib boradi. Eng oxirida, sharning hamma 


tomonidan ro‘mol to‘liq o‘rab oladi va sharning o‘zi jismonan ko‘rinmay qoladi. Chunki, u o‘zi botib turgan 
matoga butunlar o‘ralib qoldi. Real olamda ham materiyaning massasi favqulodda ulkanlashib ketishi natijasida 
shunga o‘xshash jarayon yuz beradi. Materiya yetarlicha massa va zichlik yig‘ib olgani hamonoq, o‘z atrofidagi 
zamon-makon matosini o‘rab oladi va boyagi ob’ekt Koinotning qolgan qismi bilan aloqani yo‘qotadi. Ya’ni, u 
ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Qora tuynuklar shu tarzda vujudga keladi. 
Endi dinga to‘xtalamiz… 
Qur’oni karim inson fikrini, zikrini, sa’iharakatini yagona va to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan, insonga 
qiyomatgacha dasturi amal bo‘lgan kitob – Olloh taoloning hikmatidir. 
«Voqea» surasi: Falo uhsimu bi mavohiʼ un—nujum,- deb boshlanadi. 
Ya’ni: Botgan yulduzlarning joylariga qasamki… 
So‘ng oyat juda qiziq jumla bilan davom ettiriladi: 
Va innahhu lo qasamu lav ta’lamuna a’zim… 
Va innahhu lo qasamu lav ta’lamuna a’zim 
Bu oyat keltirilgan sura «voqea»ning ma’nosi «mudhish hodisa»dir. Endi yer yuzining man-man degan 
fiziklaridan: «Koinotda eng mudhish hodisa nima?» – deb so‘rang, oladigan javobingiz bitta «bu -qora 
tuynuk»lar bo‘ladi. Qora tuynuklar – bu qazosi yetib, botib ketgan, g‘oyib bo‘lgan, yo‘qolgan yulduzlarning 
joylari, mavqe’laridir. 
Bu voqea fizik ma’noda bir gravitatsion shok (joziba tufayli o‘pirilish)dir. Ayni chog‘da Eynshteyning 
talabalaridan Auben Xelmer va Shneyder koinotdagi muvozanatni o‘zaro bir-biriga bog‘liq ikki hodisaga 


bog‘laydilar: 
- Termoyadroviy kengayish. 
- Qora tuynuklar. 
Bu tuynuklar atrofidan (yaqinidan) o‘tgan har qanday moddiy borliq – yulduz, nur – yo‘q bo‘lmoqda, aql bovar 
qilmas joziba tomonidan yutilmoqda. Hatto vaqt ham bu nuqta yaqinida tezlashadi, unda sur’atlanish yuz beradi
so‘ngra u ham yutilib, yo‘q bo‘ladi. 
Xullas, «Voqea» surasida Olloh bir necha oyati karimada bu haqiqatni namunaga keltirib, dalil qilib(qasam) 
mahsharni ta’riflaydi: 
Botgan yulduzlarning mavqe’lariga qasamki, Va bu, naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar… 
Haq-taolo bu oyatda: «Bu naqadar ulug‘ qasamligini bilsaydinglar , — der ekan, shunday qilib, xilqatning buyuk 
qonuniga ishora qilgandir. Ha, bu oyat haqiqatan koinotning eng tushunarsiz sirlaridan birini ochiq mo‘’jiza siri 
doirasida bayon etgandir. 
Biz sizga dindan saboq bermoqchi emasmiz. Shunchaki, savol bermoqchimiz, xolos: Siz rostdan ham ko‘p narsa 
bilasizmi?.. 
Texnologiyalar qay darajada rivojlanmasin, dunyoda olam va odam bilimlariga bog‘liq bo‘lmagan g‘ayrioddiy 
hodisalar talaygina. Biz bularni o‘rganish bilan hayrat olamiga sho‘ng‘ib boraveramiz… 



Download 420.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling