Qora tuynuklar


O‘ta katta massali qora tuynuklar


Download 420.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi420.68 Kb.
#1415705
1   2   3   4
Bog'liq
Qora tuynuk 2

O‘ta katta massali qora tuynuklar 
Bizning 
Somon Yo‘li
 galaktikamiz markazida va umuman har qanday boshqa galaktikalar markazida Quyoshdan 
millionlab marotaba katta bo‘lgan qora tuynuk mavjud. Bunday o‘ta katta massali qora tuynuklar galaktika 
markazidagi yulduzlararo gaz-chang moddasining aylanish xossalarini tahlil qilish orqali aniqlangan. 
Kuzatishlarga ko‘ra, galaktika markaziga yaqin hududlardagi gazlarning bu tariqa favqulodda g‘ayritabiiy va 
shiddatkor aylanishining yagona sababi - ularning qora tuynukka juda yaqin masofada ekani bilan bog‘liqdir. 
Ya'ni, galaktika markazida joylashgan qora tuynukning gravitatsiya maydonining favqulodda ulkan tortishish 
kuchi, unga yaqin hududda joylashgan o‘sha gazlarni shu tariqa shiddat bilan aylanishga majbur qiladi. Nyuton 
mexanikasidan kelib chiqib bajarilgan oddiy matematik hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, galaktika markaziga 
yaqin hududdagi gazlarni bu darajada katta kuch bilan tortayotgan obyekt favqulodda kichik diametrga ega 
bo‘lgan holda, favqulodda ulkan massani tashkil qilar ekan. Astrofiziklar bizga uzoq va yaqin qo‘shni bo‘lgan 
galaktikalarning markazlarida o‘nlab bunday qora tuynuklarni aniqlashgan va ushbu holat hozirda astronomlarga 
shunday fikr bermoqdaki, demak, har qanday galaktika markazida albatta qora tuynuk mavjud bo‘lar ekan. 
Yulduz massasiga ega qora tuynuklar 
Yulduzlar evolyutsiyasiga oid hozirgi zamon ta'limotiga ko‘ra, massasi bizning Quyosh massasidan taxminan 30 
barobardan kattaroq bo‘lgan yulduz o‘z umrining so‘nggi bosqichiga yetib kelganda, u o‘ta yangi yulduz 
chaqnashini namoyon qilgan holda portlab ketadi. Portlash natijasida, endilikda yo‘qlikka yuz tutgan sobiq 
yulduzning tashqi qatlamlari Koinotga sochilib ketadi. Yulduzning ichki qatlamlari esa aksincha, uning o‘z 
markazi tomon shiddat bilan qulaydi va yulduzning tugab-bitgan yoqilg‘isi o‘rnida qora tuynuk hosil qiladi. 
Yulduzlararo fazoda, sobiq yulduz o‘rnida vujudga kelgan bunday qora tuynuklarni ham aniqlashning amalda 


deyarli imkoni yo‘q. Chunki u yulduzlararo bo‘shliqda, ya'ni, vakuumda joylashgan bo‘ladi va boz ustiga, 
gravitatsion o‘zaro ta'sirlarda ham ishtirok etmaydi. Lekin, bunday qora tuynuk avval qo‘shaloq 
yulduz
[1]
 bo‘lgan sistema o‘rnida paydo bo‘lgan bo‘lsa, yulduzlardan birining o‘rnida paydo bo‘lgan qora 
tuynuk o‘ziga juft bo‘lgan ikkinchi yulduzga gravitatsion ta'sir ko‘rsatishda davom etadi. Hozirda xalqaro 
astronomlar guruhlari shunday qora tuynuk-yulduz sistemalaridan o‘nga yaqinini bilvosita belgilarga ko‘ra 
taxminiy-nazariy aniqlashgan bo‘lib, endilikda o‘sha nazariyalarning isboti kutilmoqda. 
Qo‘shaloq yulduzlarning birining "o‘lishi" natijasida, uning o‘rnida hosil bo‘lgan qora tuynuk, o‘ziga juft bo‘lgan 
hali "tirik" yulduzga gravitatsiya ta'sirini ko‘rsatar ekan, bu jarayonda tirik yulduzning moddasi qora tuynuk 
tomon oqib keta boshlaydi. Natijada, qora tuynuk yutib yuborayotgan yulduz moddasi unga yaqinlashgan sayin, 
Shvartsshild radiusi ichkarisiga kirib borar ekan, spiralsimon uyurma ko‘rinishida aylanib, qora tuynuk qa'riga 
singib ketadi. Biroq, aynan shu joyda juda qiziq va paradoksal hodisa yuz beradi: borsa kelmas joyga kirib borar 
ekan, Shvartsshild radiusi chegarasidan o‘tish jarayonida modda o‘ta katta tezlanish oladi. Zichligi ham 
nihoyatda kattalashib boradi va qora tuynukning tortish kuchining shiddatidan, hamda, zichlikning o‘ta yuqoriligi 
sababidan, tuynukka sho‘ng‘ib borayotgan moddani tashkil qiluvchi zarrachalarning o‘zaro to‘qnashishi ham 
favqulodda ko‘p sonni tashkil qila boshlaydi. Natijada, qora tuynukka borsa qaytmas bo‘lib sho‘ng‘iyotgan 
yulduz moddasining harorati 
elektromagnit nurlanishlar diapazoni
ning rentgen nurlanishlari sohasiga tegishli 
bo‘lgan to‘lqinlar nurlanish energiyasigacha bo‘lgan energiya darajasigacha qiziydi. Astronomlar esa aynan 
ushbu nurlanish energiyasini va uning intensivligining o‘zgarishlarini o‘lchashlari mumkin. Ushbu o‘lchash 
natijalarini qayd etib borib, olimlar ular asosida tizimli tahlil yuritadilar va qora tuynukning xossalarini, xususan, 
uning massasini va diametrini aniqlaydilar. Agar, obyekt massasi Chandrasekar chegarasidan (Quyosh 
massasining 1,4 baravaridan) katta bo‘lsa, ushbu obyekt oq mittiga aylana olmaydi. Yuqorida aytilgani singari 
qo‘shaloq yulduz sistemalarining aksariyatida rentgen nurlanishlarga ega massiv obyekt odatda yulduzlarning 
biri bo‘lgan ulkan neytron yulduz bo‘ladi. Lekin, yuqorida aytganimizdek, bu kabi samoviy rentgen nurlarining 
manbai sifatida, qo‘shaloq yulduz sistemasida vafot etgan yulduzlarning birining o‘rnida vujudga kelgan qora 
tuynukning mavjudligi yagona izoh sifatida qaraladigan o‘nlab holatlar aniqlangan. 

Download 420.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling