Qora tuynuklar


Boshqa turdagi qora tuynuklar


Download 420.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi420.68 Kb.
#1415705
1   2   3   4
Bog'liq
Qora tuynuk 2

 


Boshqa turdagi qora tuynuklar 
 
Qora tuynuklarning hozircha amaliy tasdiqlanmagan va nazariy jihatdan ham ko‘p-muncha bahs-
munozaralarga sabab bo‘layotgan boshqa xayoliy turlari ham mavjud. Bunday qora tuynuklar haqidagi 
farazlarning o‘zi ham ko‘p holatda qandaydir erish tuyuladi va odatda chayqovchilarning savdoda qo‘llaydigan 
ayyorona nutqlariga o‘xshab ketadi. Shunday, xayoliy-gipotetik qora tuynuk turlaridan biri - "mini-qora 
tuynuklar" deb yuritiladi. Gipotezaga ko‘ra, bu kabi mini qora tuynuklar massasi o‘rtacha tog‘ massasidek bo‘lib, 
lekin hajmi proton radiusiga teng bo‘lar emish. Bunday mini qora tuynuklar Ulkan Portlashdan keyin Koinot 
shakllana boshlagan ilk bosqichlarda paydo bo‘lganligi va ular Koinotda har tomondan mavjudligi haqidagi 
g‘oyani mashhur fizik olimlardan biri - 
Stiven Xoking
o‘rtaga tashlagan edi. Xokingning fikricha, Koinotda 
kuzatilayotgan gamma nurlar chaqnashlarini, aynan shunday mini qora tuynuklarning portlashi natijasi deb 
izohlash mumkin ekan. Xoking nazariyalari aslida ham g‘ayritabiiy, g‘alati shamoili bilan doim ajralib turgan. 
Shundoq ham g‘alati obyekt bo‘lgan qora tuynuklarning yana bir yanada g‘alati va hozircha xayoliy-gipotetik 
turkumi haqida 
elementar zarralar
 fizikasiga oid ayrim nazariyalar bashorat beradi. Elementar zarralar fizikasidan 
kelib chiquvchi ayrim xulosalarga ko‘ra, Koinotda mikroo‘lchamlardagi qora tuynuklardan iborat butun boshli 
uyumlar bo‘lishi mumkin emish va yana emishki, bunday mikro-qora tuynuklar, Koinot yaralishidan qolgan 
qurilish chiqindilari bo‘larmish. Bunday mikro-qora tuynuklarning diametri taxminan 10-33 sm deb keltiriladi. 
Ya'ni, ular protondan ham milliardlab marta kichik emish. Biroq, ta'kidlanganidek, hozirgi kunga kelib bu kabi 
na mini-qora tuynuklarning, na mikro-qora tuynuklarning haqiqatan ham mavjudligini dalillovchi biror bir 
eksperimental uslublar tugul, bilvosita belgilarning ham o‘zi mavjud emas. Shu bois, bu kabi g‘alati qora 
tuynuklarning yanada g‘alati turlari haqida hozircha faqat xayolot mevasi sifatida fikr yuritish o‘rinli xolos deb 
o‘ylayman 

Download 420.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling