Qora tuynuklar


Boshqa turdagi qora tuynuklar


Download 163.95 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi163.95 Kb.
#1414053
1   2   3   4
Bog'liq
Qora tuynuk

Boshqa turdagi qora tuynuklar
Qora tuynuklarning hozircha amaliy tasdiqlanmagan va nazariy jihatdan ham ko‘p-muncha bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan boshqa xayoliy turlari ham mavjud. Bunday qora tuynuklar haqidagi farazlarning o‘zi ham ko‘p holatda qandaydir erish tuyuladi va odatda chayqovchilarning savdoda qo‘llaydigan ayyorona nutqlariga o‘xshab ketadi. Shunday, xayoliy-gipotetik qora tuynuk turlaridan biri - "mini-qora tuynuklar" deb yuritiladi. Gipotezaga ko‘ra, bu kabi mini qora tuynuklar massasi o‘rtacha tog‘ massasidek bo‘lib, lekin hajmi proton radiusiga teng bo‘lar emish. Bunday mini qora tuynuklar Ulkan Portlashdan keyin Koinot shakllana boshlagan ilk bosqichlarda paydo bo‘lganligi va ular Koinotda har tomondan mavjudligi haqidagi g‘oyani mashhur fizik olimlardan biri - Stiven Xokingo‘rtaga tashlagan edi. Xokingning fikricha, Koinotda kuzatilayotgan gamma nurlar chaqnashlarini, aynan shunday mini qora tuynuklarning portlashi natijasi deb izohlash mumkin ekan. Xoking nazariyalari aslida ham g‘ayritabiiy, g‘alati shamoili bilan doim ajralib turgan. Shundoq ham g‘alati obyekt bo‘lgan qora tuynuklarning yana bir yanada g‘alati va hozircha xayoliy-gipotetik turkumi haqida elementar zarralar fizikasiga oid ayrim nazariyalar bashorat beradi. Elementar zarralar fizikasidan kelib chiquvchi ayrim xulosalarga ko‘ra, Koinotda mikroo‘lchamlardagi qora tuynuklardan iborat butun boshli uyumlar bo‘lishi mumkin emish va yana emishki, bunday mikro-qora tuynuklar, Koinot yaralishidan qolgan qurilish chiqindilari bo‘larmish. Bunday mikro-qora tuynuklarning diametri taxminan 10-33 sm deb keltiriladi. Ya'ni, ular protondan ham milliardlab marta kichik emish. Biroq, ta'kidlanganidek, hozirgi kunga kelib bu kabi na mini-qora tuynuklarning, na mikro-qora tuynuklarning haqiqatan ham mavjudligini dalillovchi biror bir eksperimental uslublar tugul, bilvosita belgilarning ham o‘zi mavjud emas. Shu bois, bu kabi g‘alati qora tuynuklarning yanada g‘alati turlari haqida hozircha faqat xayolot mevasi sifatida fikr yuritish o‘rinli xolos deb o‘ylayman
Download 163.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling