Qorabo'g'iz. Kasallik issiqxona va ko'chatxonalardagi turli yoshdagi ko'chatlarda uchraydi. Asosiy belgisi ildiz bo'g'zining qorayishidir. O'simliklar poyasi ingichkalashib, buralib ketadi. Ko'chatlar kasallanganda poyasi namlanganga o'xshab, jigarrangga kirib so'liydi va qurib qoladi. Keyinchalik ko'chatlar quriydi, ildiz boʻgʻzi ingichkalashib qorayadi. Ildizi yaxshi rivojlanmaydi.Qorabo'g'iz kasalligini Olpidium brassicae, Pythum debaryanum, Rhizoctonia solani kabi zamburug'lar keltirib chiqaradi. Kasallik nam havo sharoitida keng tarqaladi. Yerda nam ko'p bo'lishi, azotli o'g'itlarni ko'p solish, issiqxonalardagi yuqori harorat kasallikning keng tarqalishiga sabab bo'ladi. - Kasallikka qarshi kurashish uchun urug'larni fitosanitariya holati yaxshilangan yerlarga ekish, tuproqni kimyoviy va termik usulda dezinfeksiyalash, ekishdan oldin urug'larga fungitsidlar bilan ishlov berish, tuproqqa Trichoderma lignorum zamburug'ini solish, yerga o'z vaqtida ishlov berish, tuproqni organik moddalar bilan boyitish, ko'chatlar qalinligiga e'tibor berish, kasallangan o'simliklarni yig'ishtirib olib tashlash, chidamli navlarni ekish yaxshi samara beradi.Soxta un-shudring, ya'ni peronoporioz. Rediska, sholg'om va karamda soxta un-shudring kasalligini Oomisetlar sinfi, Peronosporalilar tartibiga mansub Peronospora brassicae turi keltirib chiqaradi. Kasallikning xarakterli belgisi dastlab barglarda bir-biriga qo'shilib ketadigan oq mog'or paydo bo'lishidan boshlanadi.
- Barglar yuzasida sarg'ish dog’lar hosil boʻladi, sarg'ayib qurib qoladi. Qoʻzoqmeva yuzasida ham mog'or hosil bo'lib, botiq qoramtir dog'lar paydo bo'ladi. Urug'lar mayda, g'adir- budur bo'ladi. Bunday urugʻlardan ungan ko'chatlar nozik, o'sishdan orqada qolib, belgilari urug'palla barglarda namoyon bo'ladi.Kasallangan o'simlikdan tayyorlangan urug'lik, o'simliklar qoldig'ida hosil boʻlgan oosporalar infeksiya manbayi bo'lib xizmat qiladi. Keyinchalik, kasallik barglarning orqasida hosil bo'lgan konidiyalar vositasida tarqaladi. Barglarning og'izchalari orqali o'simlikning ichki to'qimalariga infeksiya kiradi. Ayniqsa, issiqxonalarda namlik yuqori, ko'chatlar qalin joylashgan bo'lsa, kasallikning keng tarqalishiga imkonyaratiladi. Havo harorati 10-15°C boʻlishi kasallikning zarari kuchayishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Piyoz kasalligi Soxta un-shudring, ya'ni peronosporioz. Bu kasallik bilan piyozning barcha yer usti a'zolari kasallanadi. Kasallikning dastlabki belgilari barglarda qo'ng'ir-binafsha dog'lar tarzida namoyon bo'lib, keyinchalik ular sarg'ish-qizil rangga kiradi. Kasallangan barglar keyinchalik chiriydi va qurib qoladi. Kasallik bargdan piyozboshga ham o'tadi. Bunday piyoz-boshlar ekilganda, o'simligida 3-4 haftadan keyin kasallik belgilari paydo bo'ladi va piyoz o'sishdan orqada qoladi. Barglari va to'pgul bandi qo'ng'ir-binafsha rangda ko'rinadi. Ular tezda qurib, sinib ketadi, urug'i to'liq pishib yetilmaydi. Pishgan boshpiyoz ham uzoq saqlanmaydi, tez chirib, mog'or bosib ketadi. - Kasallik qo'zg'atuvchi Peronospora destructor Casp. turi hisoblandi. Bu zamburug' hayoti davomida konidiyali va jinsiy oospora hosil qilib ko'payadi. Barglar yuzasida hosil bo'lgan qo'ng'ir-binafsha rangdagi g'ubor zamburug'ning konidiyali sporalari bo'lib, ular shamolda va yomg'irda tarqalib, sog'lom o'simliklarni kasallantiradi.
- Mozaika bilan piyoz vegetatsiya davrining barcha bosqichlarida kasallanadi. Kasallik belgilari dastlab barglarida sarg'ish yoki oq rangdagi dog'lar tarzida boshlanib, keyin qurib qoladi (XI rangli rasm).Kasallikni Allium virus 1 virusi qo'zg'atadi. U 60°C da nobud bo'ladi va piyozboshda saqlanadi. Ayniqsa urug'lik piyoz kuchli zararlanadi. To'pgullari yaxshi yetilmaydi, gultojibarglari bir-biri bilan birlashib o'sadi, changchi va urug'chilari bir-biri bilan birlashib, shakli o'zgarib ketadi, urug'ining unuvchanligi keskin pasayib ketadi. Kasallikning tarqalishida kana va shiralar asosiy rol o'ynaydi.
- Sariq pakanalik virus kasalligi barglarda kalta-kalta sariq dog'larshaklida namoyon boʻladi. Barglar buralib, uchki qismi osilib qoladi.Gul hosil qiluvchi o'zagi qisqa, sariq chiziqli boʻladi. To'pgullari yaxshirivojlanmaydi, kam urug' hosil qiladi. Kasallikni Allium virus 2 virusikeltirib chiqaradi. U sarimsoqpiyoz, narsisni ham kasallantiradi.Kasallikka qarshi kurashish uchun urug'lik piyozni saralab, kasallanganlarini terib tashlash kerak. Urug'lik va iste'mol uchun moʻljallangan piyozni alohida dalalarga ekish, shira va kanaga qarshi o'z vaqtida kurash olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |