Qorahoniylar davlat boshqaruv tartibi


II. Qorahoniylar davlatiningboshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari


Download 50.13 Kb.
bet3/7
Sana23.11.2023
Hajmi50.13 Kb.
#1795206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qorahoniylar davlat boshqaruv tartibi

II. Qorahoniylar davlatiningboshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari
2.1. Qorahoniylar davlatining markaziy boshqaruv tuzumi
X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Koshg'arda yashagan yag'mo qabilasi kuchayib, avval o'zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngra Yettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo'ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. "Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan. 940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul qiladi va <> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.6
999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib,7 Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi.
X-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagma" yoki "elikxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy qabilalar - qorluqlar, chigillar, argular, yagmalar va boshqa xalqlar kirgan bolib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bugra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar galabasiga Bugraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu Ali Simjur ortasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bolgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgol etadilar, amir Nuh esa Chorjoyga qochishga majbur boladi.8
Qoraxoniylar Buxorodan katta olja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yolboshchisi bolgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan Qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili Qoraxoniylar yana Buxoroni ishgol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat Qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bolishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgardan Amudaryogacha chozilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargona va qadimgi Sogd yerlarini oz ichiga olgan.1005 yilgacha Somoniylarning songgi vakili al-Muntasir Qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning kopsonli qoshini pirovard galabani ta'minlagan. Bogdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oz hukmronligini ornatdi. Movarounnahrni zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi.
Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bolib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, songra Samarqandga kochirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bolgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoshishgan. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qoliga olgan turk noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib, Qoraxoniylarga yon bosadilar.
Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Ko'p o'tmay Bug'roxon hojib Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug'roxon Buxoroda uzoq turolmaydi. Kasallik uni Koshg'arga qaytishga majbur etadi. Yo'lda u vafot etadi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib o'z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk noiblari Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. O'z kuchiga ishonmagan Nuh ibn Mansur - G'azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo'shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib, qo'zg'olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so'ng Foyiq va Abuali qo'shinlari tor-mor qilinadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abuali Simjuriy o'rniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtakin va o'g'li Mahmudning siyosiy xukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylar davlati tashkil topadi.9
Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo'lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, Juzg'on va Xuttalon hokimlari ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu Somoniylar amirining xukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi Bunga javoban Sobuqtakin qo'shin yuborib Buxoroni egallaydi. So'ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi Qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq, ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar Buxoroni bosib oladilar. Garchi Somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bo'lsalarda ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi barham topgan edi.
Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan bo'lsada, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi xisoblab, uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar va G’aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-va 1008-yillarda10 Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quwatlaydilar. Lekin Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud Xorazm ustiga qo'shin tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barham topadi.
Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o'rnashgan turkman qabilalari kuchayib, o'z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan G’aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin 1038-yilda Amudaryo bo'yi.Viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni G’aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi.Biri poytaxti Bolosog'unda bo'lgan Sharqiy Qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g'alabalarda so'ng Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvoniga sazovor bo'ladi, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylar o'rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo'lsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli jangler bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga qo'shin tortib, Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.11
Davlat boshqaruvi Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.).
Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi har qachon-gidan ham balandga ko'tariladi. Qoraxoniy hukmdorlar garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahami-yatini yaxshi anglar edilar.


Download 50.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling