Qoraqalpog’iston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
nashrdan
chiqdi
Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning
huquqiy asosi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilishning kafolati bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasining
Konstitutsiyasi 1993 yili 9 aprel kuni qabul qilinib, bugunga
qadar bir necha marta o’zgarishlar va qo’shimchalar
kirgizilib, takomillashtirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2021 yil 12 fevral kuni o’tkazilgan Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining o’n
beshinchi sessiyasida
“Qoraqalpog’iston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi
Qoraqalpog’iston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, mazkur
qonun asosida Konstitutsiyaga bir qator o’zgarishlar va
qo’shimchalar kiritilgan edi.
Masalan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-
moddasidagi, 15-moddaning ikkinchi bo’limidagi hamda 36-
moddasi mtanidagi «odamlar» degan so’z «shaxslar» degan so’z
bilan almashtirildi. 70-moddaning 11-bandi, shuningdek, 103 va
104-moddalar olib tashlandi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 28 yilligi munosabati bilan “Qaraqalpaqstan”
nashriyoti tomonidan chop etilgan Qoraqalpog’iston
Respublikasining Konstitutsiyasida shu singari o’zgarishlar va
qo’shimchalar aks ettirilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining matbuot
xizmati