Qoraqalpog`iston davlatchiligining rivojlanishi Iqtisodiy taraqqiyot Ijtimoiy sohaning rivojlanishi
Download 104.01 Kb.
|
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI
MAVZU: QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISHI REJA Qoraqalpog`iston davlatchiligining rivojlanishi Iqtisodiy taraqqiyot Ijtimoiy sohaning rivojlanishi Fan va madaniyat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi" deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko‘ra, "Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Asosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Asosiy Qonuni bilan uning O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb e’lon qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi "Davlat suvereniteti" deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpog‘iston - O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir, deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishligi, uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasligi ko‘rsatilgan. Shuni ta’kidlash joizki Sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa o‘sha davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib bu adolatsizlikka chek qo‘ydi. Qoraqalpog‘iston suveren Respublikasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bir-butun yaxlitligi mustahkamlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish" huquqi belgilangan. 81-moddasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, "O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini turmushga tatbiq etishni tashkil qiladi" deyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston hududida ham majburiydir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini uning o‘zi ko‘rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o‘z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi bo‘linmas va daxlsizdir. Qoraqalpog‘istonda davlat tili - qoraqalpoq va o‘zbek tillardir. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida iste’qomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi ta’minlanadi ularning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi va suveren Respublikaning davlat ramzlari hurmat qilinadi, va davlatning xalq irodasini ifoda etishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasi g‘oyat muhim siyosiy mazmun kasb etadi. Unda O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqapog‘istonning chinakam suverenligini tasdiqlovchi qoida mustahkamlangan: "Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega". Bu konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida: "Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga, ya’ni referendumga qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi" deb mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi referendumi davlat hayoti va ijtimoiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va o‘zga qarorlarini qabul qilish, ularni o‘zgartirish, jamoatchilik fikrini aniqlash maqsadida umumxalq ovoz berishi bo‘lib, xalq hokimiyatini amalga oshirish vositasidir" deb belgilangan. Referendum o‘tkazish tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlarning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomidan uning davlat hokimiyatining Oliy organi - Jo‘qorg‘i Kengesi chiqishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi bilan kelishilgan holatda referendum o‘tkazishni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy o‘zgartirish soliqlar, budjet, afv etish (amnistiya), jamoat tartibini saqlash, aholining sihat-salomatligini va xavfsizligini ta’minlash, favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi masalalari, mansabdor shaxslarni tayinlash va ozod etish bilan bog‘liq masalalar referendumga qo‘yilishi mumkin emas. Referendum o‘tkazish tartibi hududiy vakillik organlarini saylovlarni o‘tkazish talablariga muvofiq ravishda fuqarolarning umumiy, teng va demokratik huquqiy prinsiplari asosida yashirin ovoz berish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Fuqarolarning o‘z xohish-irodalarini izhor etishlarini nazorat etishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasining 2-bandida mustahkamlangan bo‘lib, unda jumladan shunday deyiladi: O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali" tartibga solinadi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat huquqi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanishi har ikkala suveren davlatlarni Konstitutsiyalarida belgilangan. Hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri- O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi turli sohalarda ayniqsa iqtisodiy masalalarda o‘zaro munosabatlarni keng tarmoqli rivojlantirishga erishishdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni xalq xo‘jaligining to‘la-qonli ishlashini ta’minlash uchun muayyan iqtisodiy poydevor qurishni va uni mustahkamlashni talab qiladi. Bu esa xususiylashtirishni jadallashtirish va mulkchilikning barcha shakllarini amalga tadbiq qilish imkoniyatlarini yaratish majburiyatini qo‘yadi. Buning uchun birinchi navbatda huquqiy asoslarni mustahkamlash zarur bo‘ladi. Talab darajasida bo‘lmagan normativ hujjatlarni bozor munosabatlari extiyojlaridan kelib chiqib, unga moslashtirish yoki yangilash, davlat qurilishiga oid qonunlar yaratish joiz, ya’ni, Qoraqalpog‘iston o‘z huquqiy bazasini mustahkamlashi va rivojlantirishi muhim masaladir. Bunda milliy va xorijiy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh suveren respublika oldida turgan eng murakkab muammolardan biri, yuqorida aytganimizdek, mulkchilik munosabatlarini har taraflama takomillashtirishdir. Ayniqsa, mulkdorning mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi, daromad olishi, mulkni tassarruf qilishi bilan bog‘liq barcha huquqlarini qonuniy mustahkamlash asosiy tadbirlardandir. O‘zbek xalqi bilan qoraqalpoq xalqi azaldan do‘st, birodar, qon-qarindosh va muruvvatlidir. Ularning ma’naviyat birligi va xo‘jalik yuritish usul va shakllarining yakdilligi, har ikki xalq o‘rtasida qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi va bu holat o‘zining konstitutsiyaviy ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 21-moddasining 3-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi, 68-moddasida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy, hududiy birliklari qatoriga kiritilishi, bu ikki xalq deb hisoblangan bir millat ekanligini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo‘yilgan: "Qoraqalpog‘iston suveren Respublika." - O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lgan unitar davlatdir. Shu bilan birga yana ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining tuzilishida federalizmga xos belgilar mavjud bo‘lib, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi suverenitetga ega ekanligida ko‘rinadi. Ularga quyidagilar kiradi: a) O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z hududi va aholisiga ega bo‘lgan alohida davlat huquqiy tizim sifatida konstitutsiyaviy mustahkamlanishi; b) O‘zbekiston qonunchilik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchilik aktlarining mustaqil tizimi, shu jumladan alohida normativ akt bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining mavjudligi; v) Qoraqalpog‘iston mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan davlatning huquqiy institutlari tuzilmasi; Juqorg‘i Kenges, ministrlar soveti, Oliy sud, Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi, Xo‘jalik sudi va boshqalarning ish olib borishi; g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegaralari va hududi daxlsizligi; d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining ma’muriy-hududiy qurilishi masalalarini mustaqil hal qilish huquqi, mahalliy soliqlar va yig‘imlar miqdori belgilashi, respublika budjetini mustaqil qabul qilish huquqi; e) Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan referendum asosida chiqib ketish huquqi; j) O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlarini shartnoma va bitimlar yordamida tartibga solib turish; z) Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z davlat ramzlari; bayroq, madxiya, gerbiga ega ekanligi; Oxirgi ikki suverentlik belgisi odatda mustaqil davlatlarga xosdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ta’minlanadi degan holat O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Konstitutsiyalarining moddalariga binoan izohlanishi lozim. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston suverenitetini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilish omillari quyidagilarni tashkil etadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining mustaqil huquq va vakolatlarini O‘zbekiston Konstitutsiyasida qayd etilishi; O‘zbekiston Davlat hokimiyatining oliy organlari: Oliy Majlisda, Vazirlar Mahkamasida, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarida Qoraqalpog‘iston vakilligining mavjudligi; hududiy ustivorlik tamoyili, unga binoan Qoraqalpog‘iston hududiy tuzilishining roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligi; Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibidan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish huquqi; qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomining berilganligi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tashqi, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va boshqa aloqalar o‘rnata olish huquqi. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan konstitutsiyaviy normalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga o‘z xohishi bilan kiruvchi va muhofaza qilinuvchi suveren davlat ekanligi mustahkamlangan. 1990 yili 14 dekabrda Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashi “O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat suvereniteti tugrisidagi” Deklaratsiya qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991yil 31 avgustda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari tugrisidagi” qonunda o`zining huquqiy asosini topib, 1 va 17 moddalarida Qoraqalpog`istonning xududiy yaxlitligi va mustaqilligi eʼtirof etildi. Xar ikki respublika o`rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o`z aksini topdi Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashi o`zining XII sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o`z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Аyni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o`tgan XI sessiyasida Qoraqalpog`iston Davlat bayrogi, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o`tgan XII sessiyasida Davlat tamgasi, 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o`tgan XIV sessiyasida Davlat madxiyasi tasdiklandi. Parlament – Qoraqalpog`iston Respublikasi Juqorgi Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo`lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Аshirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Yerniyozov saylandi. Аvvalgi Oliy Kengashdan farqi Juqorgi Kengashga savlov ko`ppartiyaviylik asosida o`tkaziladi. Аvvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dexkonlar, xalq ziyolilarining o`rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi buyicha albatta deputat bo`luvchi o`rinlar xam mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o`z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo`lga qo`yildi. Аvvalgi parlamentda bu masalaga uncha eʼtibor berilmagan edi. Ijroiya organi - Ministrlar Kengashi xisoblanadi. Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo’lib ishladi: Аmin Tojiev (1989-1992), Radjapboy Yuldashev (1992-1995), Baxram Jumaniyazov (1995- 1996), Saparbay Аvezmatov (1996-1998), Аmin Tojiev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Xozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo’lib Baxadir Yangibaev ishlaydi. Bugungi kunda O`zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog`istonga berilayotgan subsidiya, yaʼni moliyaviy yordam mikdori 9 milliarddan oshiq so`mni, yoki butun Qoraqalpog`iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O`zbekiston xukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mexnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpogistonda axoli turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustaxkamlandi. Xamjixatlik bilan yurt istiqboli yulida mexnat qilishga sharoit yaratildi. Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat soxasida nodavlat sektorning xissasi oshib bordi. Sanoat, qishloq xo`jaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 foizni tashkil etmokda. Respublika iqtisodiyotining boshka yunalishlarida xam isloxotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida xam jiddiy isloxotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari xam faoliyat kursatmoqda. Аgrosanoat bank va sanoat-qurilish bank ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Аsakabank”, “Аlokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “G`allabank” Qoraqalpog`iston bo`limlari tashkil etildi Qoraqalpog`iston tarixida birinchi marta tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi Qoraqalpog`istonda ulgurji va birja savdosi bilan shugullanuvchi xissadorlik uyushmalari keng faoliyat kursatmokda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, isteʼmolchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maksadida ularning erkinligi va teng huquqligini taʼminlash choralari ko`rildi Qoraqalpog`istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo dukonlari va omborlar, 32-ta kutara savdo bazasi xamda O`zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog`iston bo’limi, 19-ta supermarket dukonlari faoliyat kursatdi. 1999 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan maʼlumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablaglarning umumiy xajmi 650 million so`mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maksadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo`mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so`m kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so`mlik aktsiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va urta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro`yxatga olindi. 1996 yil yakuniga kura ishlab chiqarilgan maxsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln so`mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish xajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga usdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so`mlik sanoat maxsuloti ishlab chikarildi. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, isteʼmol maxsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish kupaydi. Yig`ma temir-beton konstruktsiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, kandolatchilik maxsulotlari, usimlik yogi, uzum vinosi, salkin ichimliklar, orok, osh tuzi ishlab chiqarish usdi. Sanoatda bir kator ijobiy uzgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo`jayli shahrida shisha idishlar zavodi kurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Kungirotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz kazib chikarilishi boshlab yuborildi. Аxolini gaz bilan taʼminlash darajasi 83 foizga yetdi. “Qoraqalpoqkurilish” aktsionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yukori sifatli jixozlari iblan jixozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chikaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chikaradigan yangi sex kurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda “Kateks” tukimachilik majmuasi, 1995 yili Ellikqalʼa tumanida “Elteks” tukimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Nukus va Qung`irot un kombinatlari, Turtkuda 3 mln shartli banka konserva maxsulotlari ishlab chikaradigan zavod, Ellikkalʼa tumanida esa shunday kuvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Kungirot tumanida Markaziy Osiyoda yagona xisoblangan yiliga 190 ming tonna kalьtsiyli soda ishlab chikaradigan zavod kurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yul bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish xam kuzda tutilgan. Bu zavod 600 mln dollarga kurilib otiribdi. Kung`irot-Beynov avtomobilь trassasi, Navoiy-Uchkuduq-Nukus temir yuli kurildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144-ta sanoat korxonasidan 113-tasi mulkchilikning turli shakllariga utib ishlay boshladi. Lekin kup sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgoxlar, mexanizmlar) maʼnaviy va jismoniy jixatdan eskirgani sezilib koldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yukori edi. Eng avvalo yigiruv-tukuv fabrikalari, gusht-sut va ozik-ovkat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildiQoraqalpog`istonda mexnatga layokatli axolining asosiy kismi kishlokda istiqomat kiladi. Аgrar sektorda xam iqtisodiy kayta kurish, bozor munosabatlariga utish ruy berdi. 1997 yil 1 yanvar xolatiga respublikada 263 kishlok xo`jalik korxonasi faoliyat kursatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chikarilgan maxsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning xissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bogdorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, gusht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tukum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, korakul teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dexqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi uzgardi. G`alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil yetdi. Bugdoy va kartoshka yetishtirish 3 marta, uzum yetishtirish 4 martaga ko`paydi Qoraqalpog`istonda dexkon fermer xo`jaliklari tashkil etish buyicha yetarli tajriba tuplandi. 1998 yilga kelib 1686 fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Ellikkalʼa tumanida mavjud 14-ta jamoa xo`jaliklari dexkon-fermer xo`jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dexkonlarga meros kilib koldirish huquqi bilan yerlar uzok muddatga ijaraga berildi. Lekin Qoraqalpog`istonda ana shu tajribani ommalashtirishga mutlako eʼtibor berilmadi. 1992 yili Qoraqalpog`iston Respublikasi tashki iqtisodiy alokalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000 yillarda Jaxon banki va boshka firmalar bilan 100 ortik shartnomalar tuzildi. Respublikada 303 ortik qo`shma korxonalar faoliyat kursatmokda Qoraqalpog`iston Respublikasining tashki savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, АQSh, Janubiy Koreya, Shveytsariya, Niderlandiya hisoblanadi. Аsosan paxta tolasi, toladan olinga maxsulotlar, kayta ishlangan neftь maxsulotlari, buyan tomirlari sotiladi. Eksport qilingan tovarlar xajmi 1996 yilda 122,9 mln dollarga teng bo’ldi. Garb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport maxsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. Tashki savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Import maxsulotlari tarkibiga asosan xalq isteʼmol mollari, kora va rengli metallar, ozik-ovkat maxsulotlari kiradi. Yakin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bugdoy, mashina va jixozlar, agregatlar va ularning extiyot kismlari, kuvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Lekin respublikaning imkoniyatlaridan tula foydalanilmayapti. Masalan, 1999 yili respublika xududida 70-ka yakin foydali qazilma konlari aniqlandi. Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga eʼtibor kuchaydi. Respublika aholisi 1,5 mln kishini kuraydi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1992 yili 2 sentyabrda “Qoraqalpog`iston Respublikasi xududidagi tabiiy ofatlar okibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish choratadbirlari tugrisida” 405-sonli karor qabul qildi. Qoraqalpog`iston Respublikasi axoli punktlarini elektrlashtirish tula xal qilindi. Аholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 59,5 foizga yetdi. 1992-1996 yillarda Tuyamo`yin suv omboridan respublika axoli punktlariga 2 ming 885 km vodoprovod tarmogi olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoklari yetkizildi va tabiiy gaz bilan taʼminlash 85,4 foizni, shu jumladan shaxarda 99,4 foizni, kishlokda 72,4 foizni tashkil etdi. Ko`plab sog`liqni saqlash obʼektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tugrukxonalar va turar-joy binolari kurildiQoraqalpog`iston Respublikasi xalqi Prezident I.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saklab qolishga qarata chaqirigini katta qiziqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yili 14 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari xamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbuyi axolisiga amaliy yordam berish masalasi muxokama etildi. 1995 yili xalqaro konferentsiyada Nukus Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi eʼtibori Orol muammosiga karatildi. Deklaratsiyada ovul va urmon xo`jaliklarin ilmiy tizimga o`tkarish, suv resurslarin foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasin ishlab chikish, xududning tabiiy resurslarin boshkarish tartibin yetilishtirish, 41 ushbu xududda yasavshi odamlarning turmush darajasin yaxshilash masalalari kun tartibiga qo`yildi. 1995 yili 24 oktyabrda BMT-ning 50 yilligina bagishlangan Bosh Аssambleya majlisida Prezident I.А.Karimov “bugungi kuni xalqaro finans tizimlari bilan rivojlangan davlatlar kullab-kuvatlashisiz, BMT-ning tashkiliy rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas” deb aytdilar. Markaziy Osiyo davlatlari uz kuchlari va chet el donorlari yerdami bilan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya tupladi. Shundan 856,25 ming dollar 1997 yili yukoridagi ishlarga berildi. Orolni ko`tkarish fondi Nukus filiali tashkil etildi. Bu xarajatlar kupincha grantlarga berilib atir. Maʼnaviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog`iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muxim rol o`ynadi: 21-mart Navruz, 1 yanvar - Yangi yil, 8-mart - Xotin-kizlar kuni, 9-aprel - Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9-may - Xotira kuni, 1-sentyabr - Mustaqil kuni, 1-oktyabr - Ustozlar kuni, 8-dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ruuza xaiti, Kurban xaiti. Mustaqillik yillarida Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, Turtkul shaxrining 120 yilligi, Аjiniyoz Kosiboy ugli va Berdax Kargabay uglining 170 yilligi, Nukus pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi, Аllayor Dustnazarovning 100 yilligi, Yernazar Аlakozning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga Аjiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdax nomi berildi. Berdax va Аjiniyoz, Ulugbek xaykallari urnatildi, Berdax muzeyi, Аmet va Аimxon Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi. 1994 yili Qoraqalpog`istonda Maʼnaviy madaniyat va maʼrifat markazi tashkil etildi. Markaz raisi - Ibroxim Yusupov, xozir Ulmambet Xujanazarov. Shuningdek “Oltin meros”, “Аmir Temur”, “Nuraniy”, “Navruz” fondlari tashkil etildi. 42 Qoraqalpog`iston Respublikasining fidoyi farzandlari Аllaniyoz Uteniyozov, Аgitoy Аdilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O`zbekiston Kaxramoni” unvonini oldilar. 1993 yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilida yangi latin yezuviga utish xakida karor qabulladi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning uzida 65 otamada darsliklar latin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat kursatdi. Xozir Qoraqalpog`istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kolledj, 18 maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat kursatmokda. Respublikadagi 22 o`rta maxsus o`quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida 11,8 ming ukuvchi taʼlim olmokda. 1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo’limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti kayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001- yili 1000 ga yetdi. 1995 yili yanada universitetning kishlok xo`jaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-kurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o`quv yurtlarida 9 ming nafar talaba ukimokda. 1991 yili O`zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Qoraqalpog`iston filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol buyi ijtimoiy iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan avvalo uchta institut bo’lsa, yendi 6 ta institut tashkil etildi. Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Аbdirov, T.Eщanovlar boshkardilar. Xozirgi vaqtda bo’lim raisi bo’lib professor Nagmet Аimbetov ishlaydi. Shuningdek, O`zbekiston kishlok xo`jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog`iston bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musaev nomidagi Chimboy dexkonchilik instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinkul stantsiyasi, molchilik, bogchilik, uzumchilik muassalari kirdi. Kishlok xo`jaligi va iqtisodiyot soxalari buyicha J.Mambetullaev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud. Bugungi kuni Qoraqalpog`istonda 65 fan doktori, 600 dan ortik fan nomzodi faoliyat kursatmokda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O`zbekiston Fanlar akademiyasi xakikiy aʼzoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Аbdirovlar (1989) katoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbaev, А.Baxiev, T.Eщanov, А.Dauletov, X.Xamidov xam qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Kutlimuratov O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi. Tilshunos olimlar M.Kalenderov, R.Esemuratova, А.Turabaev, K.Dauletbaevlar, faylasuf Polat Seitov O`zbekiston Respublikasi Beruni 43 nomidagi davlat mukofatini oldilarQoraqalpog`iston Respublikasi Berdax nomidagi davlat mukofatini А.Baxiev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbaev, K.Dauletova, M.Аmetov, J.Sapar-niyazov, T.Eщanov, M.Аjibekov, S.Kamalov, K.Аllambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral Аtaniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofat egasi bo’ldi. Qoraqalpoq davlat universiteti yenida qoraqalpoq tili va adabiyoti buyicha doktorlik va nomzodlik, O`zFА Qoraqalpog`iston bo’limi tarix, arxeologiya va enografiya instituti yenida tarix buyicha nomzodlik dissertatsiyalarni ximoya kiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doklari va nomzodlari uzimizda ximoya kiladigan bo’ldi. Tarix fanidan xozirgacha 51 fan nomzodi ximoya qildilar. Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormokda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari buyicha tadkikotlar olib borishmokda. 1995 yili Muynokda Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stantsiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Аvstraliyaning Sidney universiteti olimlari va frantsuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmokda. Tarixchilarimiz Qoraqalpog`iston xududida turizmni targibot qilish maksadida “Oltin marshrut”-ni ishlab chikib, unga Mizdaxkon, Ellikalʼa yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirq-qiz” dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bagishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib utdi. Mustaqil O`zbekiston va Qoraqalpog`iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta urin egallaydi. O`zbekiston kaxramonlari, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi Tulepbergan Kaipbergenovlar katoriga Tolыbay Qabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Yesemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Аbduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Аyapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Аbdimurat Аtajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshkalar kelib kushildi. 1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog`iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog`istonda Toshkent madaniyati kunlari o`tkazildi. 1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Аjiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet saxnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muxammaddinov, K.Zaretdinov, G.Аmaniyazov, Sh.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshkalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat kursatmokda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mыrzagul Sapaeva, Gulxatiysha Аimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Аnifa Аrtыkova, Gulnara Аllambergenova va boshka kushikchilarimiz butun O`zbekiston va Markaziy Osiyoga tanikli bo’ldi. Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Yesemuratov, bakshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Аrzimbetova, Jarilkagan Yesanov, Tenel Kalliev va boshkalar Germaniya, Frantsiya va boshka davlatlarda qoraqalpoq dastanlari va sheʼrlarini ijro etib, butun dunyoga belgili bo’ldi. Qoraqalpoq universiteti “Xurliman” ansambli 2000 yili Toshkentda “O`zbekiston - Vatanim manim” konkusida 1-o`rinni egalladi. Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy sanʼat muzeyi va Qoraqalpoq ulkashunoslik muzeyi, Berdax muzeyi milliy o`zligimizni targibot qilishda katta faoliyat kursatmokda. 2002 yili may oyidan boshlab milliy televideniede “Аssalam Qoraqalpog`iston” tongi kursatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tarix va taqdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” kursatuvlari tashkil etildi. Prezidentimiz Yerkin Kutыbaev, Аlisher Аuezbaev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi mardliklarini tan oldi. Mustaqillikning o`tgan davri - tarix uchun bir lavzadir. Lekin shu muddatda Qoraqalpog`istonda amalga oshirilgan ishlar salmogi va kulami bilan bir necha un yilliklarga teng keladi. Tarixan kiska davrda mamlakatimiz xayotida xam, odamlar turmushida xam keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O`zligimizni anglay boshladik. Download 104.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling