Qoraqalpogʻiston Oʻzbekistondagi avtonom respublika
partiyasining Qoraqalpogʻiston
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqQoraqalpogʻiston - Vikipediya
partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), „Adolat“ Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), „Fi-dokorlar“ Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951-yilning avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005-yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi- xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari. Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII —IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan sak va massagetlar qabilalari bilan bogʻliq. VI—VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII—X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta- sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) „Chyornie klobuki“, „Qavmi kulaxi-siyax“ (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi. 1811-yildan boshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram boʻlganlar. 1873-yilda chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qoʻshildi. Bu yerda Turkiston General–gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro- Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi. [1] 1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi. 1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi. 1936-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston ASSR Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston ASSR 1990-yil 14- dekabr sanasida davlat suverenitetini elon qiladi. 1992-yilidan Qoraqalpogʻiston ASSR Qoraqalpogʻiston suveren Respublikasi maqomiga ega boʻladi. 1993-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston tarkibida 20 yil mudatga qolishga soʻng 2013-yili referendum yoʻli bilan mustaqil davlat boʻlishga ikki tomomlama shartnoma tuziladi. Qoraqalpogʻiston — xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay Oʻzbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama Xoʻjaligi va Sanoati toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi. Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari. Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996-yilda Qoʻngʻirot tumanida „Ustyurtgaz“ korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004-yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993-yilda „Nukuskabel“ ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), „Toʻrt-koʻldon“ (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi. Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, „Us-tyurtgaz“), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ- moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, „Elteks“ aksionerlik jamiyati va „Yuniver“ qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, „Kateks“, „Nukus non“, „Daunt“ korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi. Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4 %, gʻalla ekinlari 22,1 %, chorva mahsulotlari 36,4 % ni tashkil etadi. 2004-yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot- poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi. Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi. [1] Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo, avtomobil transportlaridan keng Transporti foidalaniladi. 1994-yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999-yilda Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak — Miskin, Miskin -Gazoʻchoq. Miskin-Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005-yilda temir yoʻl uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940- yilda qurilib. 2003-yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi. 1998-yilda Qoraqalpogʻistonda „Oʻzdunrobita“ Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan. [1] Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991—2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya Tibbiy xizmati ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi „oilaviy poliklinika“ sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998- yildan Skrining markazi, 2003-yildan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy- profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi. [1] Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso- baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Sporti Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar Oʻzbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki sov-rinli oʻrinlarni egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi. [1] 2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda 338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. „Pro-T4-Sh gress“ taʼlim va taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21- Maorifi, ilmiy va madaniy- maʼrifiy muassasalari asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida „Diagnostika markazlari“ tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda. 35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi. [1] Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: „Erkin Qaraqalpaqstan“ (1924-yildan), „Vesti Karakalpakstana“ (1919-yildan), „Qaraqalpaqstan jaslari (1931-yildan)“, „Amu tani“ (1991-yildan), „Ustoz jolim“ (1998), „Garezsizlik xem nızam“ (1996- yildan), „Davr koʻzgusi“ (1978-yildan), Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi „Madeniyat xam sport“ (1997-yildan), „Amudarya“ (1932-yildan), „Vestnik“ (1960-yildan), „Aral qizlari“ (1991-yildan), „Ilim xam jemiyet“ (1991-yildan), „Saniyat“ (2003-yildan), „Ekonomika xem bank“ (2003-yildan), „Karakalpakstan“ (2002- yildan), „Bilim xam ondiris“, „Jipek jolim“ (1999-yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932-yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935-yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi. Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964-yil 5-noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi. [1] Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov, yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq- bellashuvlar), matal va maqollar, Adabiyoti masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi. Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamis“ dostoni. Shuningdek, „Yedige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur. Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730- 84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining „Ulugʻ togʻ“, „Poʻsgan yel“ dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir „Xush boʻling, doʻstlar“ sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828- 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845- 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi. 20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy boʻldi. 20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad oʻgʻli (1885—1950), A. Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng tasvirlangan. 1940—1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot- targʻibot yoʻnalishidagi publitsistik asarlar bilan felyeton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning asosiy mavzusi fashizm ustidan gʻalaba qozonish, qahramonlik gʻoyalari boʻlib, badiiy asarlarda ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan. Urushdan keyingi davrda (1946—1960) sheʼriyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. Oʻsha davrda yozuvchi va shoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xoʻjaniyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va boshqaning ijodi samarali boʻldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham koʻp eʼtibor berildi. Qoraqalpoq yozuvchilarining koʻp asarlari, baʼzi adiblarning toʻplamlari oʻzbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. Oʻz navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga oʻgi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi. 1960—1980-yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.Toʻlegenovning „Onalar“, „Koʻlanka“, „Inson taqdiri“, J. aymurzayevning „Ber-daq“, „Qadrdon doktor“, S.Xojaniyozovning „Suymaganga suykanma“, „Ahmoq podsho“, T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik sheʼriyat mazmuni va mavzusi, uning janr jihatdan oʻziga xosligi rivojlandi va boyidi. 1970—1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K.Rahmonovning (1942—2002) „U dunyoga taklif“ tragikomediyasi, „Injiqning muhab-bati“ komediyasi, I.Yusupovning „Ajiniyaz“ operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov va boshqalarning sheʼriy toʻplamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qoʻshilgan muhim hissa boʻldi. 1970—1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov, S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev, M.Qayipov kabi yozuvchilar bilan boy-idi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi. Hozirgi zamon qoraqalpoq sheʼriyatini gʻoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga I.Yusupov salmoqli hissa qoʻshdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning „Xujdan“. O.Abdurahmonovning „Boʻsagʻa“, A.Otepbergenovning „Doʻzax ichida“, K.Rahmonovning „Oqibat“, Sh. Seytovning „Xalqobod“ romanlari yaratildi. Sheʼriyatga oʻz ovoziga ega boʻlgan K. Karimov, K. Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J. Xoʻshniyozov, X. Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi isteʼdodli ijodkorlar kelib qoʻshildi. Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning „Laqqilar kasalxonada“, S.Jumagulovning „Ekstrasens“, „Kuyovingni berib tur“, K. Matmurotovning „Farzand“, M.Nizamovning „Noyob nusxa“, J. Xoʻjanovning „Qoʻshnimning qizi“ asarlari qoʻyildi. Qoraqalpogʻiston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905 —1953), K.Aymbetov (1908—1973), I.Sagitov (1908—1993)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 — 86), N.Japakov (1914—1975), S.Ahmetov (1929—1996), K.Maksetov (1927—2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 — 2004), K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942—2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar. [1] Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq- qalʼaaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan — kumushdan Meʼmorligi va tasviriy sanʼati yasalgan tamgʻali belbogʻ qadamalari, fibullar va chakka xalq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki „qora kulohlar“ qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq, applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad. ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik, oʻrta asr va yangi davrlarga oid meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17- 19-asrlar); Toʻrtkoʻl tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12-14-asrlar) majmualari, Xoʻjayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 −19-asrlar); Qoʻngʻirot tumanidagi Beleuli (12- 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3-8-asrlar), Tuproqqalʼa (3- asr) eng muhim yodgorliklardir. 20-asrda Qoraqalpogʻistonda gasviriy sanʼat shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov, J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpogʻiston davlat sanat muzeyi, Qoraqalpogiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpoq sanʼati anʼanaviy shaklga, chuqur tarixiy oʻtmishga ega. Bugungi Q. sanʼatda oʻziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida oʻtov, hovli anʼanaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham sanʼatdagi anʼanaviylik hamda milliy oʻziga xoslik saqtanib qolgan va oʻz rivojlanishiga ega. [1] Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega boʻlib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa va, shuningdek, 20- Musiqasi asrda rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir. Musiqiy folklor shakllar asosini qoʻshiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bogʻliq bir qancha janrlar (mav-sum marosim qoʻshiqlardan „Aydar-aydar“ — shamolni chaqirish, dinii marosim — „Yaramazan“, oilaviy marosim va maishiy qoʻshiqlardan „Yar-yar“, „Heujar“, „Oʻlen“, „Sinsiu“, „Joqlau“ va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga koʻra xalq qoʻshiqlari ishqiy- lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qoʻshiqtaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan („badik“, „gulapsan“). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqoʻbiz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan oʻyinqoʻshiqtari, laparlari („yagʻln baxar“) mavjud. Qoraqalpoqparning ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga boʻlinadi; jirovlar, bax-shilar va qissaxonlar. Ularning har biri oʻziga xos maʼlum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan boʻlib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy cholgu joʻrna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati anʼanaviy ijodning eng qad. qatlamiga mansub boʻlib, qahramonlik dostonlarni („Qoblan“. „Sharyar“, „Yedige“, „Atpamis“. „Mas- patsha“), tarixiy toʻlgovlarni ichki ovozda qoʻbiz joʻrligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi)lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni („Yusuf-Zulayha“, „ZaureTlyir“. „Yusuf-Ahmet“, „Goʻroʻgʻli“) hamda mumtoz sheʼriyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va gʻijjak joʻrligila (gohida bulamon ham qoʻshiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar koʻpincha savodxon shaxslar boʻlib, xalq yigʻnnlarida dostoi qulyozmalarini oʻqib yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat oʻziga xos. nuchq intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy cho.pu joʻrligisnz ochiq ovozda ijro etishadi. Millny musiqa cholgʻulari qatoriga dostonchilarching cholgulari boʻlmish qoʻbiz, lutor, gijjak (girjek) va boʻlamondai tashqari chapgqoʻbiz, qamish surnay va bolalar xushtagi („iskirauik“) kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi cholgʻularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida maʼdumotlar sakdangan. Bularlan qoʻbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz cholgu kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda „Mu-xalles“, „Nalish“ kabi tutjumip kunlar shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpoʻlat jirov. Hoʻqnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospoʻlatop, Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpogʻpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qoʻshdilar. 20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va h.k. yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi Shomurotov salmoqli hissa qoʻshdplar. 1970—1990-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya, sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo boʻldi „Ajiniyaz“ operasi (1974), „Birinchi qoraqalpoq simfoniyasi“ (1971). birinchi milliy baleti „Oy-jamol“ (1996), Gʻ.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqa O.Shomurotova, Ye.Sheraziyeva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova. D.Kaipov va boshqa zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qoʻshdilar. Respublikaning madaniy hayotida si.m- fochik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi fao.t ishtirok etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946-yil), Qoraqalpoq davlat teleradioqoʻmitasi qoshidagn xalq chol- gʻulari orkestori, „Jaslar“ orkestori „Ayqulash“ ashula va raqs ansambli, „Muxalles“ dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpogʻiston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida „Oʻynasin“ vokal cholgu ansa\:bli. „Yeulzor“, „Saubet“. „Miiras“, „Jigitlar“ guruhlari, Z.Xoʻjanazarova (1961—1992).’ r’Kutekeyeva. M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi estrada xonanlalarn mashhur. Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat kolleji. oliy oʻquv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat koʻrsat\:oqda. [1] Drama va teg.trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va oʻppnlarida, xatq dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat soʻz ustalarining sanʼati (0\1irbek laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19- asrda masxarabozlarning sanʼati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz sanʼat darajasida shakllanli. 1930-yil Toʻrtkoʻlda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy. 1990-yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978- Teatri yilla tuzilgan S. Xoʻjaniyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990-yildan Davlat koʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatmokdaKinosi. 1970 i. 19- fevralda Nukusda Oʻzbeknston ilmiy- ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970-yilning oʻrtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino sanʼati rivojlana boshladi. 1990-yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida „Qoraqalpoq- film“ kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning „Qalpoqcha“ (1990), „Qaytish“ (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida „Elim degan er edi“. „Ayriliq“ kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli. Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002-yilda ishlangan „Ona“ filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi. 2003- yil iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da oʻtkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida „Otabegi“ hujjagli filmi qatnashdi. 2004-yil noyabr oyida Gollandiyada oʻtkazilgan.YUGʻA xadqaro kinofestivalida qagnashgan „Quduq“ hujjatli filmi shu oyning oʻzida Bilbao (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega boʻldi. [1] Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004-yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003-yil darajasidan 50.2 % ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2 % ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003-yildarajasidan 53,3 % koʻp. 2004-yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy — 33.4 %. Yeyermaniya — 14,6 %, Buyuk. Britaniya — 8,1 %, Shveysarnya — 6,4 %. Avstriya — 5.7 %. Italiya — 4.1 %. Fransiya — 2,9 %. Tashqi iqtisodiy aloqalari AQSH — 2.5 %. Potsha −2,3 %, Belgiya — 1.7 %ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1 %) va Qozogʻiston (1.0 %) hisoblanadi. Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3 %, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1 % va yaqin Xarita mamlakatlarga 12,9 %ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari — 78,3 %, kimyo mahsulotlari −6,7 %, qora va rangli metallar — 5,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari — 3,2 %ga toʻgʻri keladi. [1] Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. Maʼmuriy — hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Geografiyasi Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat. Tartib raqami Shahar va tumanlar Umumiy maydoni Lalmikor yerlar Ekin yerlar 1 Nukus shahri 21,2 1,5 0,2 2 Taxiatosh shahri 2,3 0,2 0,1 3 Amudaryo 102,1 39,5 32,8 4 Beruniy 395,2 33 30,4 5 Boʻzatov 226,9 30 14,4 6 Kegeyli 92,4 28,1 24,6 7 Moʻynoq 3748,7 11,9 8,4 Qoraqalpogʻiston haqida statistik maʼlumot 8 Nukus 95,3 31 22,7 9 Taxtakoʻpir2112,2 34,6 32,6 10 Toʻrtkoʻl 748,3 32 26,9 11 Xoʻjayli 235,3 35,2 32,3 12 Chimboy 144,4 48,8 41 13 Shumanay 63,6 28,7 20,4 14 Elliqala 541,9 34 28,7 15 Qanlikoʻl 74,4 34,7 32,5 16 Qoraoʻzak 605,3 35,4 32,1 17 Qoʻngʻirot 7449,6 41,5 38,7 18 Jami 16659,1 500,1 418,8 1. "Qoraqalpogʻiston" OʻzME. Q-harfi (http:// n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_en siklopediyasi/O%CA%BBzbekiston%20Mill Manbalar iy%20Ensiklopediyasi%20-%20Q%20harfi. pdf) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Kamalov S.K., Karakalpaki v XVIII-XIX vv. (K istorii vzaimootnosheniy s Rossiyey i sredne- aziatskimi xanstvami), T., 1968; Nurmuxammedov M.K., Jdanko T.A., kamalov S.K., Karakalpaki. Kratkiyocherk istorii s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1971; Nurmuxammedov M.K.,Antologiya Karakalpakskoy poezii, T., 1968. sovminrk.gov.uz (http://sovminrk.gov.u z/uzb/qoraqalpogiston_respublikasi/) Havolalar Qoraqalpogʻiston fotolari (http://sayok hat.wordpress.com/category/05-uzbe kistan-karakalpakstan-2006/) Arxivlandi (https://web.archive.org/we b/20071109205725/http://sayokhat.w ordpress.com/category/05-uzbekistan -karakalpakstan-2006/) 9-noyabr 2007-yil Wayback Machine saytida. www.abdikamalov.narod.ru (http://ww w.abdikamalov.narod.ru/) (rus.) www.karstars.com (http://www.karstar s.com/) Bu sahifa oxirgi marta 8-Yanvar 2023, 13:14 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Qoraqalpog ʻiston&oldid=3542 445" dan olindi Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling