ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga tashakkumoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
“Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
“Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf’ nominatsiyasini berish;
o‘quvchilaming uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yighniga tashakkumoma yuborish.
Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari qo’llaniladi.
O ‘quvchilarga nisbatan:
o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;
boshqa sinfga ohkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish;
ota-onasi (ularning o ’rnini bosuvchi shaxslar)ni maktabga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish.
Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar boshlang’ich tashkilotlari va maktabning kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
bob. Yakuniy qoidalar
Mazkur qoidalar har yangi o‘quv yili boshlanishida har bir o‘quvchiga, ularning ota-onalari (yoki ulaming o'rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o‘qituvchilarga tushuntiriladi.
Mazkur qoidalar ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye) qismiga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi.
Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |