Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyati/Respublikasi Ellikqa’a tumani tumani (shahar)


Download 1.43 Mb.
bet12/24
Sana15.03.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1270674
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Sinf rahbari daftari 2020

SINFNING IJTIMOIY PASPORTI

(2020-2021 o’quv yili) 5-f sinf


Sinf rahbari : Saburov Umidjon Xajibayevich
O’quvchilar soni : 36
Jumladan: 12 nafari qizlar
24 nafari o’g’il bolalar
Yoshi (tug’ilgan kun, yil) qizlar o’g’il bolalar
Oilalar tarkibi:

  • ko’p bolali oilalar (soni va ismi sharifi)

  • to’liq bo’lmagan oilalar

  • homiylik va vasiylikka olingan bolalar

  • bobolari va buvilari bilan birga yashaydigan (soni, ismi sharifi) _

  • oilada yakka farzandlar (soni)

-opa-singil va aka-ukalari borlari ( soni)
Yashash sharoitlari:

  • kommunal kvartirada (soni)

  • alohida kvartirada

-mahalla, xonadonda

  • dars xonasi mavjudmi?

O’quvchilarning bilim darajasi:
namunali,yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz Ota-onalarining ma’lumot darajasi:

  • oliy ma’lumotli ota ona

  • o’rta maxsus

  • o’rta

-to’liqsiz o’rta

  • ilmiy darajasi bor

Tarbiyasi og’ir o’quvchilar (soni, ismi sharifi)
Sinfning milliy tarkibi (soni)
O’quvchilarning salomatlik holati:

  • yakka tartibda o’qitiladi (ismi sharifi)

  • xronik kasallangan

  • ko’rish holatlari

  • boshqalar

O’quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga jalb etilganligi:

  • musiqa maktabida

  • sport sektsiyalari, klublarida

  • teatr studiyalarida

  • ijodiyot markazlarida va boshqa faoliyat turida

  • fan to’garaklarida

(va hokazo)
Sinf rahbari :
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI



  1. Maktabga chiqib kelayotganda salomatligingiz joyidaligiga ishonch hosil qiling.

  2. Maktabga sinfdoshingiz bilan birga qatnashga erishing.

  3. Yo'lni kesib o'tayotganda avval chap, so'ngra o'ng tomonga qarab so'ngra o'ting.

  4. Maktabga qatnayotganda yo'l chetidan yuring.

  5. Uydaligingizda ota-onangiz qaramog'ingizda bo'lib, so'ramay biror yoqqa ketib qolmang, maktabda sinf rahbaringgiz qaramog'ida bo'lib, so'ramay biror yoqqa ketib qolmang.

  6. Uyda, maktabda, ko'chada va boshqa yerlarda bolalar ( yoki qizlar ) bilan urushmang, so'kishmang, xazilashmang.

  7. O'qituvchi, maktab ma’muriyati, ota-onangizning xavfsizlik bo'yicha ogohlantirishlariga so'zsiz amal qiling.

  8. Maktab va ko'chalardagi turli shanbaliklarda sinf rahbari nazoratida bo'lish, o'zboshimcha harakat qilmaslik.

  9. Hunarga o'rgansangiz, darsdan so'ng o'rganing!

  10. Transport vositalariga osilmang.

  11. O'zboshimchalik bilan texnik nosoz ( yoki soz) velosiped, motorli velosiped, motosikl va avtomobil, traktor turlarini xaydamang.

  12. Quyidagi buyum va o'yinlar Salomatligingizga xavf solishini ogohlantiramiz: uchli narsalar -bigiz, sim, srkul, igna, ilgak, ruchka, qolam, novda, kegay, kamon o'qi, xaskash, beshlik, qoziq, jazbar, mix, tikan, shpr^ ninasi, vilka, qoshiq... Tig'li narsalar - pichoq, qaychi, chopqi, tesha, bolta, lapotka, ketmon, o'roq, olmos, shisha va ampula sinig'i, DVD disklar, banka qapqoqlari, chinni, piyola va kosa idishi sinig'i, makka va supurgi poyasi novdasi, tunuka qiyqimlari, randa, paytesha, andava, jodi... portlovchi vositalar - pirotexnik buyumlar, gazli shar, karbit, gugurt dorisi, oltingugurt, yasama portlovchi moslamalar, benzin, tabiiy gaz va turlari...o'yinlar - eshak mindi, tog'ara bosdi, quloq cho'zma, oq terakmi ko'k terak, arqon tortish, muz surish, qorbo'ron otish, cho'loq chumchuq, uloq, urush-urush, quylam qoch, ragatka otish.

  13. Yer qimirlaganda binolar ichida qolmang, keng yerga chiqib o'tirib oling.

  14. Shamol bo'lganda stolba, daraxt, eski devor va binolar, baland taxlangan plitalar, yog' ochlar tagida turmang va ustiga chiqmang, chuqur ariq, xovuz, kanal, zakan, zovur, daryo, ko'l kabi suv havzalari atrofida yurmang.

  15. Qish mavsumida katta transport yo'llarida chana, konki, chang'i, muz uchmang, muzlagan ariq, xovuz, kanal, zakan, zovur, daryo, ko'l kabi suv xavzalarida muz surmang.

  16. Bahor, yoz, kuz faslida chuqur ariq, hovuz, kanal, zakan, zovur, daryo, ko'l kaba suv havzalarida cho'milmang.

  17. Bahor, yoz, kuz fasllarida shaxslar va Davlat yetishtirayotgan ekinlar orasida uxlab qolmang.

  18. Umr va salomatlikka xavf soluvchi tabiiy gaz asboblari, gaz duxovka, gaz hisoblagich, zajigalka, qo'lbola pechlar, pilta, kotyol, gaz trubaning uloq joylari va vintellar ish faoliyatini o'z boshimchalik bilan tekshirmang.

  19. Umr va salomatlikka xavf soluvchi elektr toki bor televizor, magnitafon, radio, DVD, kompyuter, elektr isitgichlar, suv isitgich, zaryad oluvchi asboblar, gaz tortish moslamalari, elektr sandal, qo'lbola elektr isitgichlar, dendi, tefal, elektr simlari, elektr asboblar va qismlari ish faoliyatini o'z boshimchalik bilan tekshirmang.

  20. Yerda yotgan ochiq ( yoki yopiq ) simlarga tegmang, kattalarga habar bering

  21. Dori-darmonlarni o'zboshimchalik ichmang.

22.Betoblanganingizda ma’lumoti yo'q shaxslarga ukol, sistema va h.zo qildirmang!

  1. Betoblanganingizda o'z vaqtida shifokorga uchrang!

  2. Zaharli ximikat va ularning turlarini ushlamang!

  3. Voyaga etgan sari ruhiyatingizga e’tibor bering.

  4. qishloqdan tashqari yerlarga, uzoq qarindoshlarnikiga yolg'iz jo'namang.

  5. Shomdan keyin ko'chada sanqib yurmang.

  6. Yot mashinalarga chiqmang, yot kishilar bilan muloqotda bo'lmang.

  7. Mahallada shubha uyg'otuvchi shaxs payd о bo'lsa, zudlikda kattalarga xabar bering.

  8. Televizor, DVD va uning turlari vositasida turli buzuq kinolar ko'rmang.

  1. Uyingiz, o'zga xonadon (va boshqa) manzillarda bazm, tug'ilgan kun, bitirish kechasi, sumalak, bayram tadbirlari, diskoteka va boshqa tadbirlar uyushtirmang!

  2. Dinni niqob qilib olgan shaxs yoki guruhlar ta’siriga tushib qolmang.

  3. Diniy bilim olmoqchi bo'lsangiz, 9-sinfdan song maxsus bilim yurtlari mavjud.

  4. Uyga olib kelayotgan narsa-buyum, pul va boshqa narsalarni kimdan, qaerdan, nima uchun olganingizni ota-onangizni xabardor qiling.

  5. Chorva hayvonlarini boqqaningizda davlat va o'zgalar mulkini toptamasin, asrab- avaylashingiz shart (Biling, bu ham noxush holatlarni keltirib chiqaradi)

  6. Birovni kamsitmang, o'zingiz xam kamsitilishingizga yo'l qo'ymang!

  7. Uloq o'yinlarigi bormang!

  8. Pul topish, hunar o'rgatish uchun mardikor bozoriga bormang!

  9. Uxlash xonangizga muzlatgichni qo'ymang!

  10. Bilyard, qarta o'ynamang, xo'roz, it, qo'y urushtirish o'yinlariga bormang!

  11. Doimo biror foydali mashg'ulot bilan band bo'ling!

  12. O'qituvchi, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug', tanish-bilish, o'tgan-ketganlarning Sizning tarbiyangizga doir salbiy, tanqidiy fikrlarini do'stona qabul qiling. Zudlikda yaxshilashga yo'l- yo'riq toping.

  13. O’z joningizga qasd qilmang

  14. Magazinda talon va chekka beriladigan un, paxta yogi, non va boshqa maxsulotlarga chiqmang, surdi-surdidi oyoq ostida qolib ketmang!

  15. Ota-onangiz sizni qanchalik yaxshi ko'rishini, Sizning sog'ligingiz, bu dunyoda borligingiz, Ular sizni deb yashayotganliklarini, boshingizga turli tashvishlar tushganda Ularga kerakligingizni eslang, xar qanday muammoingizni ota-onangiz bilan o'rtoqlashing, ulardan xech narsani yashirmasligingizni takror-takror uqtiramiz.

  16. Gugurt, olov bilan o'ynashmang! Oqibati sizga ham, birovga zarar keltiradi.

  17. Dala chetlariga to'plab qo'yilgan go'ng, turli chiqindi uyumlari, «Suvoqava» zavodidagi xovuzlar va quduqlar yoniga yaqinlashmang, atrofida o'yn amang, bitib-bitmagan binolar ustiga chiqmang.

  18. Qishlog'imizdagi gaz taqsimlagich (GRP) ga tegmang, yonida gugurt o'ynamang.

  19. Har qanday holatda o'zim va o'zga joniga qasd qilmang.

  20. Tanish-bilish, qarindosh - urug' kabilarnikiga borganda yetib borgan-bormaganligingiz bilan ota-onangizni xabardor qiling.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling