Qoraqalpogʻiston


Download 340.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi340.08 Kb.
#1008583
1   2   3   4
Bog'liq
Qoraqalpogʻiston - Vikipediya

Soat mintaqasi
UTC+5
Qisqacha
UZ-QR
Kod 
ISO 3166-2
UZ-QR
Indeks 
FIPS
UZ-KRK
Telefon kodi
+998 61
Pochta indeksi
2301XX
Internet domeni
.uz
Avtomobil raqami kodi
23 (1998—2009-yillardagi koʻrinishi) 
95 — 99 (2009-yildan keyingi yangi koʻrinishi)
Rasmiy sayti
http://sovminrk.gov.uz


Qoraqalpogʻiston — 
parlament
 boshqaruv shakliga ega boʻlgan 
O'zbekiston respublikasi
tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi —
koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston
hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika
rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat
ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati
hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda
Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul
qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat
ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.
[1]
Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va
Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida.
Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik
boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ
massivlari (eng, yirigi — Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar
va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas,
Asakaovdon botiqlarining balandligi 29-101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va
Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik — chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-
sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.
Davlat tuzumi
Tabiati


Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va
boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi.
Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda −4,9°, shimolida — 7,6°, iyulda janubida 28,2°,
shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri
194-214 kun. Eng yirik daryosi-Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan
sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida
joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol
dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat
qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi
Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli — Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl — Qora-jar koʻllar
sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan
qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va
Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-
yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda
baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.
[1]
Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda
tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt
platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan.
Qoraqalpogʻistonda yuksak oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga
mansub. Yovvoyi oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy
oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qoraqalpogʻiston hududi tropik boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi sababli oʻsimlik qoplami
zonalar boʻyicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-gʻarbiy va
qoldiq past togʻlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va qumli choʻl
boʻlib, oʻsimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ziyod
yuksak oʻsimlik turi mavjud.
Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha,
oʻsimlik turi kam, asosan, qalin toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoli-
gʻarbiy qismida katta maydonlarda siyrak oʻt-butali choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil boshoqlilar,
qorabosh, efemerlar, yulgʻun, oq sak-sovul) oʻsadi.
Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak oʻsimlik
uchraydi.
Tuprogʻi, oʻsimlik va hayvonot olami


Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon (toʻqay) xom ashyosi
va dorivorlar sifatida, 50 % yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi.
Qoraqalpogʻiston oʻrmon-toʻqay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. Toʻqaylar
asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud.
Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut
emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda
yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan
ortiq turi aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi ancha
oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yoʻqolib borayotgan turlar
qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10
turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar;
kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyeq; yirik sut emizuvchilardan jayran, boʻri,
tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay; oʻrgimchaksimonlardan chayon,
falanga va boshqa yashaydi. Toʻqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul, oʻrdak,
gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon,
qobon va boshqa Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa
baliq va boshqa ovlanadi. Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan
birga Qoraqalpogʻiston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.
Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: „Badaytoʻqay“ davlat qoʻriqxonasi,
„Saygʻoq“ va „Sudochye“ buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning
umumiy maydoni 1056,5 ming ga.
[1]
Hududiy boʻlinishi



Download 340.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling