Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov aytganidek "Qoraqalpoqlar Abayni yoddan bilgan xalqdir…"


Download 22 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22 Kb.
#190598
Bog'liq
Ma’rifatparvar


Ma’rifatparvar shoir va mutafakkir, ezgulik va do‘stlik kuychisi Abay Qo‘nonboyevning nomi va boy ijodiy merosi nafaqat qozoq xalqi, ayni paytda, butun turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ham qalbida yashab kelmoqda.

Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov aytganidek “Qoraqalpoqlar Abayni yoddan bilgan xalqdir…”.

Abay Qo‘nonboyevning umuminsoniy qadriyatlar va mehr-oqibat tuyg‘ulari yuksak pardalarda tarannum etilgan yetuk badiiy asarlari, hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Azal-azaldan xalqlarimiz yon qo‘shni, do‘st-birodar bo‘lib, ahil-inoq yashab kelmoqda. O‘zaro ishonch, hamkorlik va do‘stlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotgan bugungi kunda Abay Qo‘nonboyev singari allomalarning merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ma’no kasb etadi.

Shoir ijodiy merosini keng o‘rganish xalqimiz uchun turkiy qadriyatning yana bir zabardast ijodkorini kashf etish imkoniyatini beradi. Prezidentning 2018 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida” gi qarori ham qardosh qozoq xalqiga cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida shoir ijodini, ezgulikka yo‘g‘rilgan g‘oyalarini yurtimizda yanada keng o‘rganib, targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.

– Qozoq xalqining buyuk shoiri, qozoq adabiyotida tanqidiy realizm metodining asoschisi Abayning ijodi qozoq adabiyotshunosligida XIX asrning saksoninchi yillaridan boshlab tadqiq qilingan va o‘rganilgan, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Qayirjan Aralbayev. – Bugungi kunga kelib Abay ijodi to‘g‘risidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining bibliografik ko‘rsatkichining o‘zi uch jilddan iborat. Qoraqalpog‘istonda esa Abay asarlari XX asrning yigirmanchi yillaridan boshlab o‘rganila boshlandi. Dastlabki maktab o‘quvchilari uchun yozilgan darsliklar va xrestomatiyalarda Abay to‘g‘risida ma’lumotlar, shoirning she’rlari berilib borildi, uning ijodini o‘rganish boshlandi.

Abayning she’rlar to‘plami qoraqalpoq tilida uch marta to‘plam bo‘lib bosmadan chiqarilgan. Adabiyotchi olimlar tomonidan uning hayoti, adabiyot tarixidagi o‘rni to‘g‘risida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi. 1985 yilda qoraqalpoq yozuvchisi va shoiri Shaudirbay Seytov tomonidan Abayning she’rlari, poemalari qoraqalpoq tilida kitob bo‘lib chop etildi.

Qoraqalpoq shoir-yozuvchilarining asarlari ham o‘z navbatida qozoqchaga tarjima qilingan. Nazmiy asarlardan Berdaqning she’rlar to‘plami “Amudariya auyenderi“ degan nom bilan, shuningdek “Qoraqalpoq poeziyasining antologiyasi“ qozoq tilida chop qilindi. Nasriy asarlardan Mirzag‘aliy Daribayevning “Minglarning biri“ povesti, To‘lepbergen Qayipbergenovning “Qoraqalpoqnama“, “Qoraqalpoq qizi“ romanlari va boshqa asarlar qozoqchaga tarjima qilinib, kitob bo‘lib chiqdi. Albatta, qoraqalpoq, qozoq tillari turkiy tillar ichidagi bir-biriga juda yaqin tillardan sanaladi. Shu bois ikki xalq bir-birini tarjimonsiz tushuna oladi.

Bundan kelib chiqib bu tillardagi badiiy asarlarni tarjima qilish zarurati yo‘q ekan, degan xulosa chiqarish noo‘rin. Xususan, Abay asarlarini qoraqalpoqchaga tarjima qilish masalasiga jiddiy qarash lozim. Shoir she’rlarining har bir satrida teran falsafiy fikrlar, g‘oyalar, xususan yangi forma, she’r qurilishidagi novatorlik, poetik izlanish va mahorat nihoyatda ko‘p. Bularni qoraqalpoq o‘quvchisiga ta’sir kuchini yo‘qotmay yetkazish katta mas’uliyatni talab etadi.

Joriy yilda Qozog‘istonda “O‘zbekiston yili”ning o‘tkazilayotgani, kelgusi yilda yurtimizda “Qozog‘iston yili“ deb belgilanishi barcha sohalarning rivojiga, jumladan, adabiy aloqalarning mustahkamlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

So‘zimiz boshda mamlakatimizda Abay ijodini o‘rganish, uni keng targ‘ib qilish yuzasidan Davlatimiz rahbarining alohida qarori qabul qilinganini ta’kidlab o‘tdik. Qozog‘istonda ham o‘z navbatida Navoiyni o‘rganish masalasiga ulkan e’tibor qaratilgan.

Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun Sharq dunyosining, shuningdek, turkiy xalqlarning barchasiga daxldor buyuk shaxsdir. Navoiyning ismi, ijodi qozoq xalqiga azaldan tanish va yaqin. Xususan, buyuk gumanist shoir ismi, ijodi Qozog‘istonning janubiy viloya

tlarida keng tarqalgan. Abay, uning ukasi va shogirdi Shakarim Navoiyni o‘ziga ustoz tutgan. Hazratni ulug‘ inson sifatida hurmat qilgan. Abayning “Yeskendir“ poemasi, Shakarimning “Layli-Majnun“ dostoni Navoiyning ushbu mavzudagi asarlaridan ilhomlanish natijasida yozilgan.

1949 yilda Olmaotada Alisher Navoiyning “Tanlangan“ asarlari qozoq tilida chop qilingan. Bu to‘plamga qozoq yozuvchi Muxtar Avezov kirish so‘z yozgan. Nomdor shoirlar – D. Abilev, A.Tajibayev, G‘.O‘rmonov va boshqalar Buyuk Navoiy she’rlarini qozoqchaga tarjima qilishga hissa qo‘shdi. Qozoq shoiri Nesipbek Ayitovning tarjimasi bilan Hazrati Navoiyning mashhur Xamsasining “Saddi Iskandariy“ nomli kitobi “Yeskendir qorg‘anы“ nom bilan alohida kitob bo‘lib chiqdi.



Buyuk ijodkorlar dunyosini o‘rganishga intilish – yaxshi. Ularning merosini keng targ‘ib qilish esa bugungi globallashuv davrida ayni muhim tadbirlardan sanaladi.

 
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling