Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyining
Download 1.62 Mb.
|
Saddi Iskandariy dostoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
Nukus - 2020Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyining Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Qurbanbayev Iskandarning Adabiyot fanidan “Saddi Iskandariy“ dostoni mavzusida tayyorlagan dars taqdimoti “Saddi Iskandariy” dostoni Iskandarning donishmandlar bilan suhbati. «Saddi Iskandariy» dostoniga ishlangan miniatyura «Saddi Iskandariy» «Xamsa» dostonlarining yakunlovchisi. U hajmiga ko‘ra ham eng yirik dostondir. U 89 bobdan iborat. Shundan 1–14-boblar kirishni, 15–87-boblar asosiy qismni, 88–89-boblar xotima qismini tashkil etadi. Asosiy qism o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan 18 ta mavzuni yorit adi. Ularda himmat, adolat, qish, bahor, to‘g‘rilik, mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular yoritilgan. Mavzular mazmunini yoritish tartibi ham o‘ziga xos. Ularni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin Dostonda Iskandarning sarguzashtlari ayrim epizodlar tariqasida keltiriladi. Undan keyin falsafiy-didaktik mazmundagi mulohazalar o‘rin oladi. Yaxlitlikning uchinchi qismini ayni mana shu sarguzasht va mulohazalar mazmuniga ishora qiluvchi hikoyatlar tashkil etadi. Nihoyat, uni Iskandarning Arastu (yoki boshqa hakimlar) bilan savol-javoblari tariqasidagi hikmatlar yakunlaydi. Dostonda Iskandarning harbiy yurishlari qisman aks etgan bo‘lsa-da, u jangnoma emas. Shunga qaramasdan, asar tilida harbiy so‘z va atamalar, tushunchalar nisbatan kengroq o‘z aksini topgan. Doston Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan boshlanadi. Unga munosib tarbiya beradi. Unga Naqumohis (Arastuning otasi) ustozlik qiladi. Iskandarning yoshlikdan bilim egallashga ishitiyoqi alohida ta’kidlanadi: Qayu ishni ta’lim qilg‘on zamon, Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon… Bori ishda bir yerga yetdi ishi Ki, mumkin emas andoq o‘lmoq kishi... Bilik kasbini qildi to joni bor, Hunar bildi onchaki imkoni bor. U barcha fanlarni puxta egallagach, harbiy san’atni ham o‘rganadi. Aql va tafakkurni o‘stiradigan mashg‘ulotlar bilan jiddiy shug‘ullanadi. Faylaqus vafot etadi. Iskandar taxtga o‘tirishdan voz kechishni o‘ylab turganida, otasiing vasiyati esga tushadi. U: «Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim», – degan edi. Iskandar ikkilanib qoladi va xalq bilan maslahat qilib ko‘nglidagi gaplarni aytadi:
Xalq bu gaplarga ko‘nmay Iskandarning o‘zini podshoh qilib ko‘taradi. «Xamsa»ning tugatilishi juda katta ijtimoiy va adabiy hodisa edi. Buni adib «Manga davlat ilgi rahnamun» bo‘ldi, deb ta’kidlaydi. Muhimi, u turkiy tilda birinchi marotaba yaratilgan edi. Navoiydan keyin hech kim bunday yuksaklikka ko‘tarila olmadi. Ayni paytda, u juda qisqa muddatda – ikki yilda yaratilgani bilan ham tarixda qoldi. Husayn Boyqaro, agar faqat «Xamsa» yozishga ketgan vaqt hisoblanadigan bo‘lsa, u olti oydan oshmas edi, deb lutf qilgan.
Senikim bu mulk uzra shoh ayladim, Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim. 2. Quyidagi baytni o‘qing va uning nasriy bayondagi muqobilini toping. Bayt mazmuniga o‘z munosabatingizni bildiring: Tufuliyat o‘tgachki, bo‘ldi shabob, Xirad nuri soldi dimog‘ ichra tob.
Savol va topshiriqlar Savol va topshiriqlar 1. Yusuf Xos Hojib asaridagi Kuntug‘di bilan Oyto‘ldi suhbatlari davomida qo‘llangan ramzlarni eslang. Ular bilan «Saddi Iskandariy»dagi ramzlarning qanday o‘xshash va farqli jihatlarini tasavvur qildingiz. Shu haqda gapirib bering. 2. Iskandar kakliklar voqeasidagi yakundan xursand bo‘ladi. Buning sababini izohlay olasizmi? 3. Dostonda olimlarga qanday munosabat bildirilgani haqida o‘z mulohazalaringizni bildiring. 4. Dostondan olingan hikmatli so‘zlar orasida siz o‘rgangan parchalar bilan bevosita bog‘lanadiganlari bor. Ularni toping va fikringizni asoslang.
Uyga vazifa:Berilgan hikmatlar asosida savollarga javob yozing. Bukim xalq erur ofarinishda bir, Ne donishda birdur, ne binishda bir. Va gar arpa ham sochsa bo‘lmoqqa to‘q, Anga bug‘doy o‘rmog‘ning imkoni yo‘q. Vatan tarkini bir nafas aylama, Yana ranji g‘urbat havas aylama. Yilon jayb1 aro solmoq etma havas Kim, oxir yilondur bu, tasbih emas. Ki, har kim ayon etsa yaxshi qilig‘, Yetar yaxshiliqdin anga yaxshilig‘. Kishi naqdi2 gar bir qaro mis emas, Agar himmati bo‘lsa muflis emas. Kishi hanzal3 eksa achchig‘ bar topar, Va gar nayshakar eksa – shakkar topar. Qaroqchig‘a bo‘lg‘on kishi muttafiq4, Qachon shoh bazmig‘adur mustahiq5. Musofir bo‘l, ammo vatan ichra bo‘l, Tila xilvat-u anjuman ichra bo‘l. Ne shahkim, aning adl kirdoridur6, Desam, yo‘q ajabkim, Xudo yoridur. Necha bo‘lsa yolg‘onchi el arjumand, So‘zi anjuman ichradur nopisand. Necha zulmkim elga zolim qilur, O‘z-o‘ziga ko‘prak qilur – Haq bilur. 1 Jayb – cho‘ntak, kissa; yeng. 2 Naqd – pul, boylik. 3 Hanzal – itqovun, shakli kichik qovunga o‘xshaydigan, lekin juda achchiq o‘simlik va uning mevasi. 4 Muttafiq – birlashgan; hamfikr. 5 Mustahiq – haqli, loyiq; sazovor. 6 Kirdor – qiliq, amal, ish; odat. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling