Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi bolim ekologiya 2-kurs talabasi Xolbo'tayev Xasan
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
Download 25.88 Kb.
|
Qoraqalpoq davlat universiteti sirtqi bolim ekologiya 2-kurs talabasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning gnoseologik funksiyasi
- Metodologik funksiyasi
- Falsafaning integrativ funksiyasi
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning dunyoga munosabati, uning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir. Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi. Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning natijasida ayrim fanlar paydo bo‘lib, ular nafaqat o‘z tadqiqot ob’ekti va predmetini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy xavf ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni echishda faol o‘zaro aloqa qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni echish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi. Download 25.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling