Qoraqolpoq, tojik, Turkman xalqlari etnologiyasi


Download 0.69 Mb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#195152
1   2   3   4
Bog'liq
Qoraqolpoq, tojik, Turkman xalqlari etnologiyasi

Tojik xalqi etnologiyasi

  • Tojiklar Markaziy Osiyodagi eng qadimgi xalq. Tojikiston Respublikasi aholisi (6 mln. 800 mingdan ortiq). Oʻzbekistonda rasmiy 1,5 mln.dan ziyod, asosan, Samarqand shahri, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Fargʻona Vodiysi, shuningdek kichik miqdorlarda boshqa hududlarda)), Afgʻonistonda (15 mln. 500 ming), Xitoyning sharqida (50 mingdan ortiq), Eron Xurosonida (500 mingdan ortiq), Rossiya Federatsiyasida, Qozogʻistonda, Qirgʻiziston va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar. Tojiklarning umumiy soni 40 mln.dan ortiq.
  • Asosiy qismi fors tilida soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eroniy tillari guruhi oilasiga kiruvchi tillarning dialektlarida soʻzlashadi. Tojiklar asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod qiladi.
  • Tojiklarning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashagan bir qator etnik guruh va qabilalar, asosan soʻgʻdiylar, baqtriyaliklar, toxarlar, koʻchmanchi sak va skiflar katta taʼsir koʻrsatgan.
  • Pomirda yashovchi Tojiklar, sharqiy eroniy tillarining turfa dialektlarida soʻzlashishlariga qaramasdan, ular ham oʻzlarini Tojiklarning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar. Sababi Tojiklarning eng qadimgi ajdodlari baqtriyaliklar, soʻgʻdlar, qadimgi xorazmliklar, saklar sharqiy eroniy tillarda soʻzlashishgan. 9-asrda arab bosqinidan soʻng asli balxlik eroniylar xonadoniga mansub Somonxudot avlodlari Markaziy Osiyoda ulkan davlatga asos solishadi. Somoniylar deb atalmish ushbu davrda hukmdorlar uygʻonish davrini boshlab berishadi va aynan fors tilini davlat tili deb eʼlon qilishadi.
  • Natijada Buxoro va Balx Somoniylar davrida Yangi Fors tili vujudga kelishi va rivojlanishiga tayanch boʻlib xizmat qiladi. Arab va fors tillari eng muhim tillarga aylandi. Jumladan, arab bosqini natijasida sharqiy eroniy tillariga kiruvchi soʻgʻd tili barham topgan va o'lik tillar qatoriga kirgan edi. Uning oʻrnini esa gʻarbiy eroniy tillaridan biri Fors tili egallaydi va keyinchalik aynan Somoniylar davrida Sharq adabiyotining tayanch tiliga aylanishiga debocha yaratiladi. 20-asr Tojiklar, uchun eng ogʻir davr hisoblanadi. Aynan Erondagi forslar va hozirgi hududlarda yashayotgan tojiklar bir til — Fors tilida suhbatlashishlariga qaramasdan, Markaziy Osiyolik Tojiklar,ning yozuvi kommunistlar tomonidan kirill alifbosiga oʻzgartirildi va unga xalq nomidan kelib chiqib tojik tili deb nom berildi. Bu oʻz navbatida tojiklarning ming yillik tarixi va madaniyatidan judo qildi.
  • Tojiklarning xoʻjalik mashgʻuloti qadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, binokorlik va hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling