Qoraxoniylar davlat boshqaruv tartibi
Qorahoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti
Download 50.84 Kb.
|
KURS ISHI AYNIDIN AKA QoraXoniylar davlat boshqaruv tartibi
1.2. Qorahoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti
Qishloq xo’jaligidagi ahvol. Movarounnahrga kirib kelgan ko'chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab oyoqosti qildilar. Ekinzorlar yaylovlarga aylantirildi, ko'pgina dalalar, paykal va bog'lar barbod bo'ldi. Ekin maydonlari qisqarib ketdi. Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko'chmanchilar o'rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Dehqonlar jon saqlash maqsadida o'z yerlarini tashlab ketishga majbur bo'ladilar, ularga zo'rlik choralari ham qo'llanilgan. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor dehqonlar yer-suv mulklaridan hamda mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o'zining ilgarigi o‘rni va ahamiyatini butunlay yo'qotadi. Iqto verlarinina kengayishi. XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti keng yoyiladi. Hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Iqto qoraxoniylar uchun bo'ysundirilgan mamlakat aholisidan soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan. Bu davrda iqto tartibi shunchalik kengaydiki, nafaqat qishloqlar, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromad ham iqto tarzida in’om qilinadigan bo'ldi. Iqto vaqtinchalik in’omdan umrbod foydalanishga, hatto avloddan avlodga o'tadlgan merosiy mulkka aylana boshlagan. Shunday qilib, XI-XII asrlarda iqto mulkctiilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi. Bu davrga kelib ruhoniylarga bo‘lgan e’tibor kuchayishi, ularning siyosiy ta’siri ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko'paydi. Garchi bu davrda barzikorlar ilk o'rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblansalar-da, ammo ularning zimmasiga turli soliq va majburiyatlar yuklangan. Sug'orish tarmoqlari, to'g'onlar, yo‘l va qal’alar qurish va ularni ta’mirlashda ularning ishtiroki shart edi. Shaharfar. savdo. XI - XII asrlarda, ayniqsa, shaharlar kengayadi, aholisining soni ko'payib, gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozortijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, masjidlar, madrasa, minora va hammomlar, shahar ichi va atrofida savdo va hunarmandchilik mahal lalari, karvonsaroylar va bozorlar barpo etiiadi. Shaharlarda, ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va chilangarlik rivoj topadi. XI - XII asrlarning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari o'zining xilma-xilligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Hunarmandchilik taraqqiy etishi ham da ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari tomonidan kumush va misdan ko'plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. Bolasog‘u n , Taroz, O‘zgan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul so'qiladigán zarbxonalar bo'lgan.3 Hunarmandchilik. Shaharlarda to'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskariik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik ancha rivoj topdi. Natijada shaharlar qiyofasi o'zgarib, katta-katta imoratlar, ustaxonalar, masjid madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar qad ko'tardi. Shaharning do'nglik yeridajoylashgan arkda, odatda, podsho qarorgohi - dargoh, xazina, chaqa-tangalar so'qiladigan zarbxona va qamoqxona bo'lardi. Uning markazida registon maydoni, devonlar, mahkama saroyi, amirzodalar, saroy a’yonlari, ruhoniylar, mulkdordehqonlarva davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, qurol-yarog', asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar, hunarmandlarningyangi-yangi mahalla-ko'ylari, bozor ra rastalar paydo bo'ldi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Binkat. Kesh, Axsikent kabishaharlaro'rta asrhunarmandchiligining rivoj topgar yirik markazi va gavj um maskan qiyofasini oladi. Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilardi. Shosh o'zining ko‘nc hilik mahsulotlari va charm mollari bilan, lloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy qildi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo'ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog'ini yaqin qilgan. Bu davrda shahar bilan birga qishloqlar ham iqtlsodiy hayotda katta o'ringa ega edi. Buxoroning Zandanaqishlog‘ida to'qllgan mallarang bo'z «zandanachi», Samarqandning Vador qishlog'ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan mashhur bo'lgan. Konchilik. Movarounnahrda qadimdan mavjud bo'lgan konchllik IX-X asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Zarafshon tog'larida temir, mis, qo'rg'oshin, oltin, kumush, firuza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olinardi. Iloq kumush va qo'rg'oshin qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Farg'ona vodiysi tog'laridan ternir, qo'rg'oshin, kumush, simob, mis, qalay, firuza, navshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg'onadan toshko'mir va neft qazib olingan. Konlar yaqinida rudalami eritib, ma’dan oluvchi ohangarlar va konchilarning qishloqlari bo'lardi. Ichki va tashqi savdo. IX - X asrlarda ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo'li bo'ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Shahar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. Shimoliy yo'l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnahrdan bo'z, kiyimkechak, egar-jabduq, o'q-yoy, qilich, idish-asbob, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq meva, kunjut, zig‘irmoyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli-tuman qimmatbaho mo'ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. Xitoyga shisha buyumlar olib borilardi. Xltoydan ipak, shoyi gazlamalar, chinni idishlar olib kelingan.4 Xltoyshunos A.Xo‘jayevning ta’kidlashicha, VII - IX asrlarda Xitoy bilan bo'lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va otasosiy o'rinda turgan. Har bir otXitoy bozorida (to‘pi 12,8 metrli) 50o'ram ipakmatoga ayirbosh (barter) qilingan. Choy bahosida har bir otning bahosi 56 kg oliy navli choyga teng bo'lgan. Birnecha «fin» choyga bir bosh qo'y almashtirilgan. VII - VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha «cha»yoki «ming» deb yuritilgan xushbo'y choy o'simligi va uning seleksiyasi bu davrda Sharqiy Turkiston orqali Turklston diyoriga, so'ngra boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, aholining maishiy hayotida kundalik iste’mol etiladigan chanqovbosdi benazir ichimlikka aylangan. Itil, Xazar va Bulg'orga guruch, quruq mevalar, yong'oq, mayiz, o'rlk va h.k., kanakunjut moyi, shirinliklar, tuzlangan baliq, bo'za, mushk-anbar, paxta, ip va shoyi matolar, movut, kimxob, gilam va choyshablar, kamon,Xitoy, Hindiston, Eron, KichikOsiyo, Iroq va boshqa mamlakatlardan keltirilgan mollar chiqarilardi. Bulg'or va Xazardan qimmatbaho mo'ynalar, mum, shamlar, o'qlar, cho'qqi qalpoqlar, baliq moyi, asal, qo'y va qoramol olib kelirardi. Qoraxitoylar hujumi. Mamlakatni viloyatlarga bo‘lib boshqarish va iqto tartibotïning keng joriy etilishi ayrim viloyatlarning siyosiy nufuzini oshirib, ularning mustaqillikKa intilishinikuchaytiradi. Uqibatda siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o'zining avvalgi mavqeyini yo'qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchraydi va qaram bo'lib qoladi. XII asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati Sharqdan kelgan ko'chmanchi qoraxltoylar (mo'g'ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo'ladi. Go'rxon Bolasog'un shahrini Qoraxitoylar davlati poytaxtiga aylantirgan. Yettisuvga joylashib oigan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o'rta-oqimiga tomon yurish boshlaydi. Ularning jangovar qo'shinlari, avvalo, Shosh va Farg'onaga, so‘ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatlariga bostirib kiradi. 1137-yili ular Xo'jand yaqinida qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. 0 ‘zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach o‘z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin sulh uzoqqa cho'zilmaydi. Oradan to'rt yil o‘tib qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar. 1141-yili bo'lib 65 o'tgan jangda qoraxitoylar g'alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi. 5 Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling