Til va nutq markazida: Bolalarga “Mazasida top?” suhbat”, “Ajoyib non turlari” mavzular asosidagi ertak, hikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Xamir, taxta, jova, un, padnos kabi resurslardan foydalangan holda ushbu markazda “Non qaerdan keladi” mavzulari bo’yicha bolalarga ularning xususiyatlari va un, suv, xamir haqida tushunchalar berildi.
San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga “Patir non”, jamoaviy ishi, “Yelimlash likopchada pecheniklar”, “loy non yasay” mavzusida aplikatsiya ishirangli qog’oz, rangli bo’yoqlar,elim,qaychi, maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Ushbu xafta davomida ota-onalarga tavsiyalar o’z vaqtida berib borildi.Musiqa direktori, jismoniy tarbiya yo’riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlarini taqdim etib borlildi. Bolalarni qilgan ishlari uchun o’z vaqtida rag’batlantirildi.
4-hafta mavzusi: O’zbekistonning tabiiy boyliklari
Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Qurilish bloklari, lego va boshqa resurslardan foydalangan xolda ushbu markazda “Paxta terish mashinasi” mavzusi asosida bolalarga shakllardan unumli foydalanish, ularni to’g’ri joylashtirish, har bir ishga yondashishga o’rgatildi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Niqoblar, kiyim resurlaridan foydalangan holda ushbu markazda “Kiyim magazini” mavzulari asida mato, ip, tasmalar haqida bilim va ko’nikmalali faoliyatlar olib borildi.
Til va nutq markazida: Bolalarga “O’zbekistonni tabiiy boyliklari” mavzusida o’yinlar va rasm asosida hikoyalar tuzishga o’rgatildi.
Fan va tabiat markazida: “Chanoqda paxta shoxini kuzatish” mavzulari asosida mavzuga mos rasmlar, otributlar, idishlardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilar bilan faoliyatlar olib borildi.
San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga “Paxta dalasi”, “Elimlash ro’molchani paxta guli bilan bezatish”, Loy “Munchoqlar”, “Paxtazor” rasmi mavzulari asosida bolalarga paxta haqida tushuncha, qaychi yordamida shakllarni kesib olish, ulardan paxta yasash, mavzu asosidagi rasmlarni kuzatish o’rgatildi.
Ushbu oy davomida ota-onalarga tavsiyalar o’z vaqtida berib borildi.Musiqa direktori, jismoniy tarbiya yo’riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlari taqdim etildi. Bolalarni qilgan ishlari uchun ularni rag’batlantirib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |