Qurish va konstruksiyalash, matematika markazida: Qurilish bloklari, lego konstruktor kubiklari va boshqa resurslardan foydalanib “Kuzgi maydoncha” mavzusi asosida bolalarga turli hajmli geometirik figuralardan (kub, tsilindr, g’isht, plastina, piramida) uy qura olishga, ular nomlarini va belgilarini bilishga, predmetlarni ma’lum bir xususiyatlarini jamlab konstruktsiyani tera olishga, fazoda joylashtirish qoidalarga rioya etishga, ko’rish hamda fikrlash orqali predmetlar joylashuvini taxlil qilishga, hisobni bilishga, predmetlarni O‘rta-o‘rtaligiga qarab taqqoslay olishga, chapga-o’ngga tushunchalarini farqlashga o’rgatildi
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida: Bolalarga “Lolaxonni sayrga kiyintirish” “Do’konda” mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda xalq ijodiyoti bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko’nikmalarini orttirish, yaxshi va yomonni farqlash, sotuvchilarning vazifalari to’g’risida bilish, barcha meva va sabzavot nomlarini bilishga ahamiyat berildi va o’rgatildi.
Til va nutq markazida: Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga “O’lkamizda oltin kuz” syujetli rasm asosida suhbat, mavzuga mos topishmoq va tez aytishlar, rasmlar va materiallar, predmetli rasmlar asosida mavzular yoritib berildi.
Fan va tabiat markazida: Rasmlar, albomlar, maxsus idishlar, bo’yoqlar, barglar, gupa, mikroskop va boshqa resurslardan foydalangan holda ushbu markazdagi faoliyatlar davomida bolalarga “Bir xil bargni top” ta’limiy o’yini mavzusi asosida hikoyalar tuzishga va she’rlar yod olishga o’rgatildi.
San’at markazida: Ushbu markazda hafta davomida tarbiyalanuvchilarga “Kuzgi barglar rasmmini chizish” va “Yomg’ir yog’moqda” mavzulari asosida rasm chizish, jamoaviy “Likopchadagi olma” va “Qo’ziqorin” applikatsiya mavzulari asosida qog’oz, rangli qog’oz, tabiiy materiallar resurlardan fodalangan holda faoliyatlar olib borildi.
2-hafta mavzusi: “Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar”
Do'stlaringiz bilan baham: |