Til va nutq markazida: Bolalarga Sinonim va antonimlar, Sport va olimpiada haqida, Koptok qanday sog‘liqni mustaxkamlaydi, Badiiy va sport gimnastikasi haqida kabi mavzular va resurslar asosida ertak, xikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida: Resurslardan foydalangan holda ushbu markazda quvnoq estafetalar tarixi haqida, quvnoq estafetalar haqida rasmlar mavzulari bo‘yicha bolalarga ularning xususiyatlari va ular haqida tushunchalar berildi.
San’at markazida: Ushbu markazda bolalarga loy ishi Sport jixozlari. Applikatsiya, “Biz sportni sevamiz” rasm chizish mavzusida rasm chizish, jamoaviy ishlar, aplikatsiya ishi rangli qog‘oz, rangli bo‘yoqlar,elim,qaychi,maxsus xamir resurslardan foydalanib mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
3-hafta mavzusi: “ Ertaklar yaxshilikka yetaklar”
hafta kunlari davomida Dushanba kuni- O‘zbek xalq ertaklari kuni, Seshanba kuni- Kutubxonada (o‘zbek xalq yozuvchilarining asarlari asosida), CHorshanba kuni- A.S.Pushkin ertaklari olamiga sayyoxat, Payshanba- Multfilmlar kuni, Juma kuni- Jaxon xalqlari ertaklari kuni mavzulari asosida faoliyatlar olib borildi.
Qurish-yasash va matematika markazida: hafta davomida qurilish g‘ishtchalari, lego, konstruktorlar va AKTdan foydalangan holda ushbu markazda bolalarga Sexrli saroy, Sevimli qayxramonlarni legodan yasaymiz kabi mavzular asosida faoliyatlar olib borildi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida: Niqoblar, kiyimlar, otributlardan foydalangan holda ushbu markazda «Zumrad vaQimmat» ertagini saxnalashtirish, Kutubxona, “Uch cho‘chqacha” ertagini saxnalashtirish mavzulari asosida faoliyatlar va o‘yinlar olib borilib bolalarga mavzular haqida tushunchalar yoritib berildi.
Til va nutq markazida: Bolalarga O‘zbek xalq ertaklari asosidagi rasmlarni kuztaish va suhbat qurish, A.S.Pushkin ertaklari asosidagi suratlarni kuzatish va suxbat qurish, Jaxon xalqlari ertaklari asosidagi suratlarni kuzatish kabi mavzular va resurslar asosida ertak, xikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o‘rgatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |