Bachadondan qovuqqa o‘tishda qorin parda yana bir cho‘ntak, oldingi Duglas
bo‘shlig‘ini hosil qiladi. So‘ngra yana yuqoriga ko‘tarilib, qorinning oldingi-ichki devorini
qoplaydi.
Qorin parda bo‘shlig‘i.
Qorin parda bo‘shlig‘ini ikkita: yuqorigi va pastki qavatlarga ajratish qabul qilingan. Bu
ikkala qavat orasidagi chegarani (to‘siqni) ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichi
(mesocolon transversum) hosil qiladi.
Qorin parda bo‘shlig‘ining yuqorigi qavatida jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari,
qizilo‘ngachning qorin qismi, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichakning yuqori bo‘limi, oshqozon
osti bezi, taloq hamda o‘ng va chap jigar, oshqozon oldi va charvi xaltalari, taloqning ko‘r
xaltasi, kichik charvi joylashgan bo‘lsa, pastki qavatidan esa, o‘n ikki barmoq ichakning pastki
bo‘limi, katta charvi, ingichka va chambar ichaklar, o‘ng va chap yon kanallar, o‘ng va chap
Do'stlaringiz bilan baham: |