qismida bitib ketgan kindik venasi yotadi.
Jigarning yuqori yuzasidan qorin parda uning pastki yuzasiga o‘tadi va jigar darvozasi
yonidan me’daning kichik egriligi tomon yo‘nalib, kichik charvini hosil qiladi. Me’daning
kichik egriligida qorin pardaning varaqlari bir-biridan uzoqlashadi: biri – me’daning orqa
devorini, ikkinchisi – oldingi devorini qoplaydi. Me’daning katta egriligiga yetgach qorin
pardaning varaqlari yana qo‘shiladi, bunda me’daning katta egriligi bilan ko‘ndalang-chambar
ichakka o‘tish joyida boylam (lig. gastrocolicum) hosil bo‘ladi. Uning davomi katta charvini
hosil qiladi: u qorin pardaning to‘rtta varag‘idan iborat. Ulardan ikkitasi lig. gastrocolicum ning
davomi bo‘lib, chanoqqacha tushadi, bu yerda qayrilib, yana yuqoriga ko‘tariladi va ko‘ndalangchambar ichakka yetib boradi.
Katta charvining orqadagi varaqlari oldingi varaqlari bilan birikadi. Ular ko‘ndalang
chambar ichakni o‘rab, uning tutqichini hosil qiladi va oshqozon osti bezi tomon yo‘naladi. Bu
yerda qorin parda varaqlari yana bo‘linadi. Biri yuqoriga ko‘tariladi va charvi xaltaning orqa
devorini qoplaydi. Boshqa varag‘i pastga yo‘naladi va qorin bo‘shlig‘i pastki qavatining orqa
devorini qoplaydi. Bu yerda qorin parda o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal qismini qoplaydi, ingichka ichak tutqichini hosil qiladi, yon taraflarda esa ko‘tariluvchi va tushuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |