Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U


Download 27.8 Kb.
bet1/6
Sana12.02.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1192219
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OXTA2



J I G A R
Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U
o‘zining ko‘p qismi bilan o‘ng qovurg‘a ostida joylashadi, epigastral sohani va
qisman chap qovurg‘a osti sohalarini egallaydi.
C h e g a r a l a r i : Skeletotopik jihatdan jigarning yuqori chegarasi o‘ngda
X qovurg‘aaro sohada o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘yicha, o‘ng tomonda o‘rta
o‘mrov chizig‘i bo‘yicha IV qovurg‘alararo sohagacha yetadi, so‘ng xanjarsimon
o‘simtadan yuqorida to‘sh suyagini kesib o‘tadi va V qovurg‘aaro sohada chap
Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U
o‘zining ko‘p qismi bilan o‘ng qovurg‘a ostida joylashadi, epigastral sohani va
qisman chap qovurg‘a osti sohalarini egallaydi.
Jigarning diafragma yuzasi diafragmaga tegib turadi, visseral yuzasi turli
a’zolar (o‘ng buyrak va buyrak usti bezi, o‘n ikki barmoq va yo‘g‘on ichaklar,
oshqozon, qizilo‘ngach) ga yopishib turadi (180-rasm), buning natijasida visseral
yuzada shu a’zolardan o‘ymalar hosil bo‘ladi. Jigarga uning darvozasi orqali xususiy jigar arteriyasi va darvoza venasi kiradi, umumiy jigar yo‘li va olib ketuvchi
limfa tomirlari chiqadi (184-rasm).
Jigar qorinparda bilan mezoperitoneal qoplangan: uning diafragmaga qaragan
orqa yuzasi qorinparda bilan o‘ralmagan (180-rasm). Jigarning seroz qobig‘i ostida fibroz qavat joylashgan bo‘lib, u Glisson kapsulasi deb ham ataladi. Jigar darvozasi sohasida fibroz parda tomirlar bilan birga jigar parenximasiga kiradi va
yupqa biriktiruvchi to‘qimali qobiqchalar holida uning bo‘lakchalarini o‘rab turadi.
Hozirgi vaqtda jigar jarrohligining muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan jigarning segmentar tuzilishi haqidagi tushunchalar keng tarqaldi.
Segment – jigarning yaqqol, alohida o‘z qon aylanishi, innervatsiya, o‘t va
limfa yo‘llariga ega bo‘lgan sohasidir. Bu jigarning shunday sohalarini qo‘shni
segmentlarga zarar yetkazmasdan jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashga imkon beradi. Segment – faqat fazoviy tushunchagina emas. U darvoza sistemasining tarmoqlanish xususiyatlarini ham o‘zida aks ettiradi: segmentga darvoza venasining
yirik shoxi jigar arteriyasining shoxi bilan birga kiradi, o‘t yo‘li hamda limfa
tomirlari esa segmentdan chiqadi. Darvoza venasining tarmoqlanishi doimiy (bir

Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling