Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U


Download 27.8 Kb.
bet6/6
Sana12.02.2023
Hajmi27.8 Kb.
#1192219
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OXTA2

OSHQOZON
Oshqozon (ventriculus s. gaster) - qorin bo‘shlig‘ining yuqori qavatida, ya’ni
ko‘ndalang chambar ichak tutqichi (mesocolon transversum) dan yuqorida joylashgan. Unda oldingi va orqa devorlar, paries anterior et posterior, kichik va
katta egriklar (curvatura ventriculi minor et major) hamda quyidagi 5 bo‘lim ajratiladi: kirish (kardiya) qismi, tubi, tanasi, prepilorik (antral) va pilorus (darvoza)
yoki pilorik kanal qismlari (182-rasm).
Oshqozonning ushbu 5 ta qismi orasidagi chegaralarni aniqlab olish amaliy
jihatdan juda muhimdir, biroq oshqozonning individual o‘zgaruvchanligi va mo
billigi hisobga olinsa, buni bajarish qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, ko‘pgina hollarda tabiiy chegaralarni aniqlash mumkin. Tub qismi bilan kardiya orasidagi ana
shunday tabiiy chegara – kirish o‘yig‘i (kardiya o‘yig‘i yoki Gis burchagi) hisoblanadi, undan oshqozonning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar o‘tkazib, oshqozon
tubini uning tanasidan ajratish mumkin. Kardiya qismi deb shartli ravishda uning
qizilo‘ngach teshigi atrofida taqa shaklida joylashib, yuqorida kirish o‘yig‘igacha
davom etuvchi bo‘shliq olinadi.
Oshqozon tanasi va prepilorik (antral) qismlari orasidagi chegarani oraliq
egat tashkil etadi; u kichik egrilikda joylashgan burchak o‘yig‘iga (incisura angularis-ga) mos keladi (183-rasm), buning uchun burchak o‘yig‘idan oshqozonning
bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar o‘tkaziladi. Odatda, oshqozonning kardiya, tub
va tana qismlari tikka joylashadi, antral va pilorik qismlari esa ko‘ndalangiga
yotadi. Shu tufayli kichik egrilikda yuqorida aytib o‘tilgan burchak o‘yig‘i hosil
bo‘ladi. Pilorik kanal qismiga tashqaridan aylanasiga joylashgan o‘ziga xos egat
mos keladi, ya’ni pilorusning o‘zi muskulli iskanja (sfinkter) ga to‘g‘ri keluvchi
kichik halqasimon bo‘limni egallaydi.
Oshqozonning shakli juda xilma-xildir. V.N.SheOshqozonning shakli juda xilma-xildir. V.N.Shevkunenko bu a‘zoning rentgenologik tasvir asosidagi buqa shoxi va baliqchilar qarmog‘i ko‘rinishidagi shakllarini keltiradi. Turli mualliflar uni boshmoqqa, sifonga, muskulli naychaga, noksimon shakldagi qopchaga o‘xshatishgan. Shuni hisobga olish kerakki, yosh o‘tishi
bilan oshqozon shakli o‘zgaradi. Odatda, 30 yoshdan keyin oshqozon kengaya
boshlaydi va bu dilatatsiya uning shakliga ta’sir etadi.
Oshqozonning quyidagi morfologik xillari farq qilinadi (189-rasm).
1. Retortasimon shakli – eng keng tarqalgan bo‘lib bolalar va o‘rta yoshdagi
kishilarga xosdir. Devori zich bo‘lib, shilliq qavatida burmalar yaxshi rivojlangan.
2. Noksimon shakli – oshqozon kengaya boshlaganda uchraydi.
3. Xaltasimon shakli – oshqozon katta, cho‘zilib kengaygan, shilliq pardasida burmalar ancha silliqlangan.
4. O‘roqsimon shakli – anchagina qayishqoq, devorlari zich: ko‘pincha yoshi qaytgan kishilarda uchraydi. Bunday oshqozon dilatatsiyaga chidamli bo‘ladi.

Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling