Qorovul davlat obyektlarini qo’riqlash va himoya qilish bo’yicha jangavor vazifani bajarayotgan qurollangan bo’linma qorovul
Download 19.62 Kb.
|
ҚУРОЛНИ ҚЎЛЛАШ
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOQCHINING MAJBURIYATLARI
- QUROLNI QO’LLASH
- Ogohlantirishsiz
- Qurol qo’llash taqiqlanadi.
- Qurolni noqonuniy qo’llanganligi, shuningdek zarur vaziyatda qo’llamaganligi uchun IHQO xodimi amaldagi O’z.Res. qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
QOROVUL Davlat obyektlarini qo’riqlash va himoya qilish bo’yicha jangavor vazifani bajarayotgan qurollangan bo’linma qorovul dep aytiladi. SOQCHI O’ziga topshirilgan postni qo’riqlash va himoya qilish bo’yicha jangovar vazifani bajaruvchi qurollangan qorovul soqchi dep aytiladi. POST Qo’riqlash va himoya qilish uchun soqchiga topshirilgan barcha narsa, shuningdek, u o’z xizmat vazifasini bajarayotgan joy yoki yer uchastkasi post dep aytiladi. SOQCHINING DAXILSIZLIGI Soqchi daxilsiz shaxsdir. Uning daxilsizligi quyidagilarda ko’rinadi: uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida; uning qat’iy ma’lum shaxslarga – qorovul boshlig’iga va uning yordamchisigagina bo’ysunishida; xizmati buyicha barcha shaxslar uning talablarini so’zsiz bajarishlarida; post tabelida ko’rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida. SOQCHINING MAJBURIYATLARI o’z postini sergaklik bilan qo’riqlashga va tik turgancha himoya qilishga; sergak xizmat qilishga, hech narsaga chalg’imaslikka qurolini qo’lidan qo’ymaslikka va hech kimga, hatto o’zi bo’ysinadigan shaxslarga ham bermaslikka; ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib postga keladigan yo’llarni, to’siqlarnidiqqat bilan kuzatishga va post tabelida ko’rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali habar qilib turishga; navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug’ilgan paytda ham postni tashlab ketmaslikka; postga doimo o’qlangan qurol olib turishga va doimo hamma narsaga tayyor bo’lib turishga; postdagi o’y o’chirish vositasini ishlata olishga; obyekt (post) to’siqlarida biror buzilgan joy, o’z posti yaqinida yoki qo’shni postga tartib buzilganini sezsa, qorovul boshlig’ini chaqirishga; o’tzazish hujjatlaridagi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardagi yozuv va muddatini, shuningdek, post tabelidagi o’z majburiyatlarini bilishga; post orqali o’tayotganlarni faqat postda bor va o’tkazish mumkin bo’lgan shaxsiy o’tkazish hujjatini tekshirgandan keyingina o’tkazishga; biror-bir narsani tashib olib kirayotganda, tashib olib chiqayotganda materiallarni o’tkazish hujjatini (yuk xati, yo’l varaqasini), nimani va qancha miqdorda tshib olib chiqayotganini yoki tashib olib kirayotganini tekshirishga; yo’l varaqasi bor mashinalarnigina o’tkazishiga; o’tkazish tartibini buzgan holda obyektga kirmoqchi (chiqmoqchi) bo’lgan, shuningdek, haqiqiy bo’lmagan hujjat bilan obyektga kirmoqchi (chiqmoqchi) bo’lgan shaxslarga ushlash va qorovul boshlig’ini chaqirishga. QUROLNI QO’LLASH Qorovul shaxsiy tarkibi obyektni qo’riqlash va mudofaa qilish vazifasini bajara turib, qurolni qo’llash huquqiga egadir: Qurol qo’lanilishi so’nggi chora hisoblanib, qachonki vaziyatga ko’ra ko’rilgan boshqa choralar bilan tartibbuzarni ushlash imkoniyati mavjud bo’lmaganda: Ogohlantirishsiz: soqchi o’ziga yoki qo’riqlanayotgan obyektni aniq hujum bo’lgan hollarda ogohlantirishsiz qurol ishlatishga majbur. Ogohlantirib: Postga yoki taqiqlangan chegaraga yaqinlashayotgan tartibbuzar soqchining < qurol qo’llanganligi haqida soqchi zudlik bilan qorovul boshlig’iga qachon, qayerda, kimga qarshi qo’llanganligi, ishlatilgan patronlar soni to’g’risida xabar qilishi shart. Qurol qo’llash taqiqlanadi. jamoat joylarida, negaki bundan begona shaxslar jabrlanishi mumkin, shuningdek sanoat, portlovchi xavfli obyektlari tomon yo’naltirish; bolalar va ayollarga qarshi, ular tomonidan qurolli hujum bo’lgan holatlar bundan mustasno; Qurolni noqonuniy qo’llanganligi, shuningdek zarur vaziyatda qo’llamaganligi uchun IHQO xodimi amaldagi O’z.Res. qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling