Xisobvaraq-fakturalarni, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar xam yozadilar.
Bunda mazkur korxonalar xisobvaraq-fakturada qo'shilgan qiymat solig'i summasini ko'rsatishmaydi va "qo'shilgan qiymat solig'isiz" degan belgili muxr qo'yadi (yoki yozuvni yozib qo'yadi). Xisobvaraq-faktura O'zbekiston Respublikasi pul birligi - so'mda yoziladi.
Tuzilgan shartnomalar shartlariga ko'ra tovarlari, xizmatlari narxi (tariflar) xorijiy valyutaga ekvivalentlikda belgilanadigan xo'jalik yurituvchi subyektlar xisobvaraq-fakturalarni xorijiy valyutaga ekvivalentlikda yozib, O'zbekiston Respublikasi pul birligi - xisobvaraq-faktura yozilgan sanada O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha qayta xisoblangan so'mlarda aks ettiradilar.
Xisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo'natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko'rsatilishi sanasidan kechiktirilmasdan yoziladi.
Bunda xisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo'natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko'rsatilishi uchun oldindan xaq to'lanishiga yozilmaydi.
Xisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona (pudratchi, ijrochi) tomonidan xaridor korxona (buyurtmachi) nomiga kamida ikki nusxada yoziladi, ularning bir nusxasi tovarlarning yuklab jo'natilishi (ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko'rsatilishi) sanasidan kechiktirmasdan etkazib beruvchi tomonidan xaridorga taqdim qilinadi va xaridorga qo'shilgan qiymat solig'i summasini ushbu tartibda xisobga olish (qoplash) uchun huquq beradi.
Xisob varaq-fakturaning ikkinchi nusxasi yetkazib beruvchida qoladi.
Xisobvaraq-fakturalar xisobvaraqlarning kelib tushishi va taqdim etilishi ro'yxatdan o'tkaziladigan daftarda majburiy tartibda xisobga olinishi lozim.Banklar uchun, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda, xisobvaraq-faktura bo'lib mijoz shaxsiy xisobvarag'idan ko'chirma xisoblanadi.
Lizing operatsiyalari bo'yicha lizing beruvchilar uchun xisobvaraq-faktura bo'lib lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi xisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi xisoblanadigan lizing to'lovlari jadvali;
xisobvaraq; lizing to'lovlarini to'lash bo'yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va xokazo) bilan rasmiylashtiriladigan xar bir lizing to'loviga qo'shimcha xisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchi tomonidan qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda xisobvaraq-faktura yoziladi. qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan sug'urta xizmatlarini ko'rsatishda, xisobvaraq-faktura qrniga birlamchi hujjat bo'lib quyidagi hujjatlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |