RAID-5
RAID-5 massivi minimum 3 ta bir xil hajmli diskdan iborat bo’lishi lozim. Har bir disk ma’lumotlar ketma-ket yoziladigan bloklarga bo’linadi. Ammo, RAID-0 dan farqli ma’lumotlar saqlash uchun hamma blok ham ishlatilmaydi. Buning o’rniga N ta diskdan iborat massivda har bir N-blok aniqlik uchun ajratiladi. Bitta diskga nisbatan RAID-5 massivi quyidagi ustunliklarga ega:
Xatolikga bardoshli – agarda bir disk ishdan chiqsa aniqlik evaziga yo’qolgan bloklardagi ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin;
O’qib olish tezligi katta – RAID-0 kabi o’qish jarayoni disklar bo’yicha taqsimlangan;
Investitsiyalar samaradorligi – RAID-5 massivida zahira uchun faqat N diskdan 1/N qism joy olinadi;
RAID-5 Hajm
Disk 1 Disk 2 Disk 3 Disk 4 Disk 5
Parity
Data
Data
Data
Data
Data
Parity
Data
Data
Data
Data
Data
Parity
Data
Data
Data
Data
Data
Parity
Data
Data
Data
Data
Data
Parity
Realizatsiyasi
RAID tizimlarini tashkil qilishda asosiy 3 ta variant mavjud:
1. Dasturiy (software-based);
2. Qurilmaviy – shina-orientrli (bus-bused);
3. Qurilmaviy – avtonom tizimosti (subsystem-based).
Dasturiy tashkil etishning asosiy afzalligi – kam xarajatliligidir. Bunga qaramay kamchiliklar ham yetarli:
Bajarilish sekinligi;
Markaziy protsessorga qo’shimcha yuklanish;
Shinali traffik kattaligi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda RAID tizimining dasturiy realizatsiyasi serverlarning boshlang’ich sathida foydalaniladi.
Qurilmaviy realizatsiya dasturiy realizatsiyadan qimmat turadi va kiritish/chiqarish operatsiyalari uchun qo’shimcha qurilmaviy ta’minotni talab etadi. Bundan tashqari, markaziy protsessorni va tizim shinasini ortiqcha yuklanishlarini yo’qotadi va tezligini oshiradi.
(Skill 1)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Andrew S. Tanenbaum, Albert S. Woodhull. Operating Systems: 2015
2. http://en.wikipedia.org/wiki/Auxiliary_memory
3. http://www.laureateiit.com/projects/bacii2014/projects/coa_anil/auxilary_memory.html
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |