Qo'shimcha


U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo'lga tushibdi. Berilgan gap tarkibida qaysi so'z turkumlariga oid so'zlar mavjud? // ot, olmosh, fe'l, ravish, son


Download 5.16 Mb.
bet48/64
Sana02.06.2024
Hajmi5.16 Mb.
#1838098
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
Bog'liq
Ona-Tili-Savol-javob2

U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo'lga tushibdi. Berilgan gap tarkibida qaysi so'z turkumlariga oid so'zlar mavjud? // ot, olmosh, fe'l, ravish, son

  • U bexosdan kelib, yigitning belidan oldi-da, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit gandiraklab borib, tizzalab qoldi. Ushbu gapda qaysi turkumga mansub yasama so'zlar mayjud?//ot, fe'l

  • Undoshlar qaysi xususiyatiga ko'ra jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi? // tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra

  • U behosdan kelib, yigitni belidan oldida, chirpirak qilib uloqtirib yubordi, yigit ancha yergacha gandiraklab borib, tizzalab qoldi. Ushbu gapdagi sintaktik shakl yasovchilarni toping?//5 ta

  • U uzoq yillar kasalligi sababli muntazam ukol olib keldi. Saida yuklarini uyiga olib keldi. Ushbu gapdagi fe'llarni tahlil qiling. // birinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi, ikkinchisida qo'shma fe'l

  • U. Sayfiddinning ijodiy qiyofasiga xos xususiyatlar // Adabiyotda inqilobiy o'zgarishlar qilishga urinish, mavzuni kundalik oddiy voqealardan olib kichik hikoyalar yozish

  • Umar Xayyom she'rlarini o'zbekchaga tarjima qilgan // Jamol Kamol

  • Uslubiy formulalar // Asardan asarga ko'chib yuradigan badiiy qolip holiga kelib qolgan she'riy qatorlar

  • Uslubiy formulalar berilgan qator // "Yana bahor bo'lsa ochilar gullar", "Qiyg'ir degan qush o'tirar qiyada", "Ot chopsa gumburlar tog'ning darasi"

  • Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi .. - ismlar tarkibiga kiruvchi so'zlar // ot, sifat

  • Uzviy tartibni toping// qulun, toy, do'non

  • Uslubiy jihatdan noto'g'ri qo'llangan so'z ishtirok etgan gapni toping. l)Mashina devon tepasiga ko'tarildi. 2) Otning afzalini shayladi. // 1,2

  • Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo'ya qolgan edi. Ushbu gapdagi kesimni toping? - // qabul qilib qo'ya qolgan edi

  • Ularning ranglari o'chgan, lablari qiyshaygan, ko'zlarida qo'rquv sezilsa ham, lekin o'zlarini dadil tutishga tirishadi. Mazkur gap tarkibida qanday gaplarning ma'nodoshligi seziladi? - // to'siqsiz tobe gapli va zidlov munosabatli qo'shma gaplar

  • Umar Sayfiddinning "Naqarot" hikoyasidagi voqealar qaysi manbadan olingan? // Yoshligini Makedoniyada o'tkazgan yosh bir zobitning xotira daftaridan

  • Umar Xayyomning qaysi ruboiysida inson hayotining murakkabliklari, chigalliklari, tugallanma ziddiyatlari haqqoniy tasvirlangan? // "Bir qo'lda tutib mushaf-u, bir qo'lda-chi jom..."

  • Umidim uldurkim, so'zim martabasi avjidan quyi inmagay. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu bayt qo'shma gapning qaysi turiga kiradi? // kesim ergash gapli qo'shma gap

    3590 Umr o'tar vaqt o'tar, xonlar o'tar taxt o'tar, omad o'tar baxt o'tar, lekin hech qachon chiqmas yodimdan, sening kulishlaring, sening yurishlaring. Misralar muallifi kim va unda nechta sodda gap bor?-//0. Matjon;7ta

    1. Umrining oxirida "Yodgorlik" nomli to'plam tayyorlagan shoir kim edi? // Mirtemir

    3592. Uncha-muncha narsani nazarlari ilmaydi. Tagiga chizilgan so'z, so'zning tuzilishiga ko'ra qaysi turiga kiradi? - // takror so'z
    3593. Undalma gap boshida kelganida asosan qaysi ma'nolarda ishlatiladi?//chaqiriq, murojaat ma'nolarida

    1. Urush to'zoni Buxorodan ancha olisda qo'zg'alib, bosilganidan buyon ko'p yillar o'tdi. Ammo farzandlarini jangga yuborgan Buxoro hamon o'rtanar, hamon qurbonlar alamini chekar edi. Ushbu gapning kesimi qaysi zamon ma'nosi va qaysi zamon shaklida kelgan? // o'tgan zamon shakli, hozirgi zamon ma'nosida

    2. Usmon Nosir o'zining "Yana she'rimga" sonetida she'mi nimaga qiyos etgan? // Layliga

    3. Usmon Nosirning "Nil va Rim" asarining boshqa nomi qaysi qatorda keltirilgan? //Tarix kitobida

    4. Usmon Nosirning Samarqanddan onasiga yozgan she'riy maktubi qanday nomlangan? // Oq yuvib, oq tarab

    5. Uyushiq bo'laklar va qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar bir-biriga bog'lovchi yuklamalar qaysi qatorda to'g'ri berilgan? // mi, -da, -u(-yu)

    6. Uchta so'zi haqida berilgan hukrnlaming qaysi biri noto'g'ri? // Ushbu yasama so'zning tarkibi faqat jarangsiz undoshlardan iborat

    7. Umar Hayyom ruboiylarida may orqali qanday g'oya kuylangan? // Hayotsevarlik

    8. Umarbekovning qaysi asari A. Qahhor tomonidan etirof qiiingan? // "Sevgim, sevgilim"

    9. Umumiylik va xususiylik jins-tur munosabati qaysi sintaktik birliklarda mavjud bo'ladi? // Uyushiq va umumlashtiruvchi to'g'risida

    10. Undalma ohang bilan ajratib aytilsa, undalmadan keyin qanday tinish belgisi qo'yiladi?// undov.

    11. Undalma gapda qanday holda tinglovchiga nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik ma'nosini ifodalaydi? // Undalma o'rnida undov so'z ishlatilsa.

    12. Undalma ishtirok etmagan qatorni aniqlang. //Senda bordir chin muhabbat ham matonat yaxshi qol.

    13. Uning chanqoq ko'zlari siyrak qoshi o'ychan turishi katta bardohsni sadoqatni aqlni aks ettirib turardi. Berilgan gapda nechta vergul qo'yilishi kerak // 4 ta

    14. Uning jussasi kichkina bo'lsa ham ko'zlari chaqnoq, qarashlari о 'tkir, istarasi issiq, ovozi esa jarangdor edi. Ushbu gapda fonetik prinsip asosida yozilgan nechta so'z bor? // 4 ta

    15. Unsin A. Qahhoming qaysi hikoyasi qahramoni // "Daxshat"

    16. Urug' aralashib avval tuproqqa, So'ngra bo'y cho'zarkan osmon-falakka. Ushbu misralarda fonetik prinsip asosida yozilgan so'zlar soni nechta? // 3 ta

    17. Ushbu gap tuzilishiga ko'ra qanday gap? Uchta tovuq, garchi biri kurk bo'lsa ham, Qobil boboning o'zidan chiqdi// ergashgan qo'shma gap

    18. Ushbu gapda holning ma'no jihatdan qaysi turlari mavjud? 1) o'rin holi 2) payt holi 3) ravish holi 4) daraja-miqdor holi 5) sabab holi 6) maqsad holi //1,2,3,4,5,6

    19. Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi bo'lgan? "Yoshlikda o'rganilgan ilm toshga o'yilgan yoztidir: // metafora

    20. Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi bo'lgan? O'smirlikning olov chog'larida dunyoni bilmoqqa intilish, jamiyatda shaxs bo'lib qolishga urinish eng ulug fazilat. // metafora

    21. Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi qo'llangan? "Biz ertangi kun baxti uchun kurashar ekanmiz, ilm izlab unchalik uzoqqa borishning hojati yoq, dastawal o'zimizni o'rganishimiz // Metafora

    22. Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi qo'llangan? "Har odamning gullagan fasli bo'ladi - umrining gurkiragan davri! Bu - yoshlik. // metafora

    23. Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi qo'llangan? "Nasrullo" aka ko'zgudan nari ketmay ust -boshini tartibga solib turishimga hayron bo'lmang, men "Postda'man". // metonimiya

    24. Usmon Nosirning "Monolog" she'ri qaysi misralardan bohshlanadi? // Sevgi! Sening shirin tilingdan.

    25. Uvaysiyning "Kun va tun" she'rida "ko'rmagan- sig'magan" qofiyalarida raviy-// n tovushi

    26. Uvaysiyning qaysi biri oddiy chiston sanaladi // 2.3 ("Yong'oq", "Kun va tun'")

    27. Uyadosh so'zlar va ma'nodosh so'zlaming o'zaro o'xshashligi qaysi javobda berilgan?// Bir xil so'z turkumiga mansubligiga ko'ra

    28. Uyadosh va ma'nodosh so'zlaming tushuncha ifodalashiga ko'ra farqi qaysi javobda berilgan? // Uyadoshlar bir mazmunli uyaga mansub tushunchalarni ifodalaydi, ma'nodoshlar esa bir umuniy ma'noning nozik ma'no qirralarini ifodalaydi.

    29. Uyushgan kesim qatnashgan gapni belgilang. // Vatan - eng oliy tushuncha, xalqlarning tayanchi, o'tmishi, buguni va ertasidir.

    3623. Uyushiq bo'lakli gapni toping. // Vazmin va xushmuomala qariya hammaga ham yoqadi.

    1. Uyushiq undalma berilgan qatorni toping? - // Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o'g'illar, opa-singgillar, sizga shu haqida murojaat qilantiz.

    2. Uzoq yillar davomida bu muammolarni hal etish uchun iiddiv ish olib borishga yo'l berilmadi. Ushbu gapda tagiga chizilgan so'zlar qanday gap bo'lagi vazifasida kelgan?//sifatlovchi aniqlovchi

    3. Ushbu to'plamda tinchlikni, Vatanni ulug'lovchi she'rlar bor. Berilgan gapdagi so'zlar tarkibida necha so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? 116 ta Ushbu to'plamda tinchlikni, Vatanni ulug'lovchi she'rlar bor.

    4. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig'lab uyga keldi. Berilgan gapda necha so'z fonetik qoida asosida yozilgan? // 3 ta

    V harfi

    1. Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Ushbu gapdagi nechta so'z tarkibida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida tovush o'zgarishi vujudga kelgan?//4

    2. Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Berilgan gap tarkibida so'zlarga qo'shimcha qo'shilishi natijasida qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? // tovush o'zgarishi

    3. Visoli lazzatidin zavq topmoqlig' erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur. Bobur qalamiga mansub ushbu baytda so'zlaming shakl va ma'no munosabatiga ko'ra qaysi turi qo'llangan? // zid so'ziar

    4. Vazifadosh bog'lovchilar yana qanday vazifada kelishi mumkin?yuklama; 2) ko'makchi; 3) modal so'z; 4) undov so'z III, 2,3

    5. Vazifadosh bog'lovchi yana qanday vazifada kelishi mumkin? //yuklama, ko'makchi, modal so'z.

    6. Vaziyat holi qaysi gapda sifat bilan ifodalangan? // Kundan-kunga Zaynabning susayib, o'ziga begonalashib ketayotganligini yaxshi anglar edi.

    7. Vaqt ziq tez harakat qilish kerak. Ushbu gapda ostiga chizilgan so'z qaysi so'z turkumiga xos? //ravish.

    8. Vergul o'mida ishlatiladigan bog'lovchilar qatorini toping, //va, -u, -yu.

    9. Visolim tuxmini ektim, firoq bar toptim, Vafo niholin tiktim, jafo samar toptim. Navoiyning yuqoridagi baytida qanday badiiy san'at qo'llangan? //tazod.

    10. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. Misralar turoqini aniqlang. // 4+5=9

    11. Vosita ma'nosini bildiradigan ko'makchilarni belgilang? //orqali, bilan.

    12. Vazifadosh ko'makchilar berilgan qatorni toping. // tomon, orqa, qosh, atab

    13. Vazifadosh bogiovchi berilgan gapni toping. // Onam bilan men ertalab yo'lga chiqdik.

    14. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. (A. Oripov) Ushbu ergash gapning qanday ma'no ifodalayotganini aniqlang. // maqsad ma'nosi

    15. Yatanimiz — kelgusida buyuk davlat bo'ladi. Nima uchun egadan so'ng tire qo'yilgan?//ega mantiqiy urg'u olgani uchun.

    16. Vazifadosh bog'lovchi ishtirok etgan gapni toping. //Badia bilan Ma'suma beka arava tagiga kirib yashirinishdi.

    17. Vazifadosh bog'lovchi ishtirok etgan gapni toping. // Onam bilan men ertalab yo'lga tushdik.

    18. Vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan gapni toping. // Bu kitob qo'liga tushgandan keyin, bosh ko'tarmay mutolaaga tushdi.

    19. Vazifadosh ko'makchi ishtirok etmagan gapni toping. // orqadan chuqur soy oqardi.

    20. Vazifadosh modal so'zlar qatorini toping. // balki, ehtimol, chamasi, aftidan.

    21. Vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari qo'shma gapning qaysi turida qo'llanishi mumkin? // bog'lovchisiz qo'shma gaplarda

    22. Va lekin yozug'im nedur? Qudratingga shak keltirib, haq yo'lidan toygan ul betavfiq galan saklami qatl-u om qilganimmi? Bedin? Bedinlar bitgan makruh kitoblarni o'tga yoqqanimmi? "Ulug'bek xazinasi" asaridan olingan ushbu so'zlar kimga tegishli? // Abdulatifga

    23. Vasl aro ko'rdim... // Navoiy, Xorazmiy

    3651. Vatanni hurjunga solib olib ketib bo'lmaydi. Faqat sog'inch va armonlarimizni olib ketamiz. Agar vatanni hurjun kabi olib ketish tashib yurish mumkin bo'lganida, u sariq chaqaga ham arzimasdi. Ushbu so'zlami qaysi asar qahramoni aytgan? // "Qiyomat" Guram Juhadze

    1. Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ha qarzdir // 4 ta tovush o'zgarishi

    2. Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ha qarzdir // 6 ta

    3. Vazifadosh bog'lovchilar yana qanday vazifada kelishi mumkin? // 1, 2,3

    4. Vazifadosh ko'makchilar berilgan qatomi toping? // tomon, orqa, kosh, atab

    5. Vazifadosh modal so'zlarni toping? // chamasi, balki, shubhasiz

    6. Vazifadosh yuklamalarni toping // 2) na, na 3) ham 5) balki 7) -y(-yu) 8) -da

    7. Vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari qo'shma gapning qaysi turida qo'llanishi mumkin? // bog'lovchisiz qo'shma gaplarda

    8. Vatan qadrini bilmaslikning eng asosiy sababi uni idrok etadigan ko'ngil ko'zining "ko'rligi"dandir. Vatanni ham aynan onadek ko'rmoq uni tanimoq muhimdir. Ushbu fikrlar qaysi adib ijodining hulosasi hisoblanadi? // Hamza

    9. Vatan Vatan der edilar na der edim bilmay oni endi bilsam Vatan erkan bu tanlarning shirin joni. Ushbu parchada nechta vergul ishlatiladi // 5 ta

    10. Vazifadosh bog'lovchi qatnashmagan qatorni toping? // Majlis ertaga qoldirilmaydi-yu

    11. Vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan gapni aniqlang. // Ozodlik bayrog'i ostida kurashdi yurtning mard o'g'lonlari.

    12. Vazifadosh modal so'z ishtirok etgan gapni toping.// Onajonim balki bir kun men ham shoir bo'larman.

    13. Vilyam Shekspirning "Otello' fojiasini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan? // G.'Gulom

    14. Visoli lazzatidan zavq topmoqlig' erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur. Bobur qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan? // tazod

    15. Vaqt xuftondan o'tgan; juvozxonada chirog' ko'rindi. (Oybek) Ushbu bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasiga nima uchun nuqtali vergul qo'yilgan? // Qo'shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo'lmaganligi uchun.

    16. Volter va Gyote o'z she'rlarida qaysi Sharq shoiriga murojaat qilganlar? //Sa'diy Sheroziyga

    17. Vasl aro ko'rdim, teng emish bo'yi-yu sochi, Tun-kun teng ekan, zohir o'lmish bo'ldi chun Navro'z. Kun-tun tengligi bo'y bilan sochning barobarligiga qiyos qiiingan ushbu bayt muallifi kim? Bunda shoir kimning baytidan ijodiy foydalangan? // Navoiy; Xorazmiyning

    18. Vatan mustaqilligi uchun kurashgan shaxslar obrazi qaysi javobdagi asarlarda yaratilgan?// Sh. Xolmirzayev "Qora kamar"; Ch. Aytmatov "Oltovlon va yettinchi"

    X harfi

    1. X. To'xtaboyev 14 yil davomida gazetada ishlagan vaqtida asosan qanday janrdagi asarlarni yozgan? // feleton

    2. Xonliklar davri o'zbek adabiyoti namunalari qaysi javobda ko'rsatilgan? //"Zarbulmasal", "Ogohnoma"

    3. Xorazmiy "Muhabbatnoma"sining vazni qaysi javobda to'g'ri berilgan? -// xazaji musammani maxzuf

    4. Xorazmiy "Muxabbatnoma"da Muhammad Xo'jabekni qaysi urug' vakili sifatida tilga olgan - // Qo'ng'irot

    5. Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" asarida Hoshimjon do'sti Mirobidinni nima uchun jazolaydi - //Bemorlarni aldagani uchun

    6. Xudoyberdi To'xtaboyevning "sariq devni minib" asarida Hoshimjonning agronom bo'lishiga yordam bergan qahramon kim edi - // Polvon tog'a

    7. Xoja haqida ma'lumotlar qaysi manba orqali yetib kelgan? //"Muzakkiri ahbob" tazkirasi

    8. Xalq og'zaki ijodidagi qaysi qahramon ikki asrandi o'g'ilni tarbiya qilib katta qiladi? //Go'ro'g'li

    9. Xorazmda doston aytuvchilar nima deb ataladi? // xalfa

    10. Xorazmda ertak qanday ataladi? // varsaki

    3680. Xalq dostonlarida maydon talashayotgan otlar holati yoki jang ko'rinishi tasviri necha bo'g'inli misralarda keladi? // 8 bo'g'inli

    1. Xalq dostonlariga xos xususiyat qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? 1. Xalq dostonlari qahramonlari favqulodda xususiyatga ega bo'ladi. 2. Xalq dostonlari qahramonlari qaltis sinovlarga duch keladi. 3. Xalq dostonlari she'riy va nasriy yo'lda yaratiladi. 4. Xalq dostonlari asosan yozma dostonlar ta'sirida yaratiladi. 5. Xalq dostonlari yirik hajmli va muallifi noma'lum bo'ladi. 6. Xalq dostonlari aytilish usuliga ko'ra qahramonlik, jangnoma, romantik, tarixiy va kitobiy dostonlarga bo'linadi // 1,23.5

    2. Xalq dostonlarida chavandozlarni o'limdan qutqarib qolgan otlar nomini belgilang.// G'irot, Boychibor

    3. X. Sultonovning "Saodat sohili" qissasida voqealar qayerda bo'lib o'tadi? // Agra shahrida, boburiylar saroyida.

    4. X. To'xtaboyevning "Sariq devni minib" asaridagi Soraxon folbinning Hoshimjon bilan sinfdosh bo'lgan o'g'lining ismi nima? //Mirobiddinxo'ja.

    5. Xenri Xeynening ilk asari? // "Qo'shiqlar kitobi".

    6. Xitoy tilidan o'zbek tiliga o'zlashgan so'zlar qatorini aniqlang. // Shiypon, lag'mon, manti.

    7. Xon haramini qizlarga to'ldirgan Gulshan obrazi qaysi asarda? // "Mehrobdan chayon".

    8. Xofizlarning hamd-u sano o'qishda bahslashishlarini, odamlar aql o'rniga boyligini ko'z-ko'z qilishini yaramas deb atagan qahramon kim edi? // "Oq kema" Mo'min chol.

    9. Xurshid Davronning birinchi she'riy to'plami qachon nashrdan chiqqan va u qanday nomlanadi? // 1979-yil, "Qadrdon quyosh".

    10. Xislatlari bor oppoq soqoli bilan farzandlarini ham nevaralarini ham qo'shni ko'chadagi begona bolalarni ham xullas barchani sizlab gapirardi. Berilgan gapda qo'yilishi kerak bo'lgan tinish belgilari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? // ikki nuqta, vergul, vergul, vergul, tire, vergul, nuqta

    11. Xadicha xola bolalik chog'idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi // irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi. Ushbu qo'shma gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi qo'yiladi? // nuqtali vergul

    12. Xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasovchi qo'shimchani toping. // -iy

    13. Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod ustina. Muhammad Rizo Ogahiyning ushbu baytidagi bod so'zining ma'nodoshi qaysi javobda ko'rsatilgan? // shamol

    14. Xalq dostonlariga xos bo'lgan xususiyatlarni toping. // Xalq dostonlarida qahramonlar favqulodda xususiyatlarga ega bo'ladi. Xalq dostonlarida qahramonlar keskin sinovlarga duch keladi. Xalq dostonlari nasriy va she'riy yo'l bilan yoziladi. Xalq dostonlari yirik hajmli va muallifi noma'lum bo'ladi.

    15. Xarobot aro kirdim oshufta holi, May istarga ilgimda singan safol. Ushbu baytdagi "singan safol" so'zining ma'nosi? // Vayron ко' ngil.

    16. Xonliklar davridagi o'zbek adabiyoti namunalarini toping. //"Ogohnoma", "Zarbulmasal".

    17. Xalq dostonlarida qahramonlarning ruhiy holati qaysi shaklda bayon etiladi? //she'riy shaklda

    18. Xayyom so'zining ma'nosi // Chodir tikuvchi

    19. X. Xayne she'rlarini o'zbekchalashtirgan shoir kim? // H. Sultonov

    20. Xalq dostonlari yozma adabiy dostonlardan qaysi jihati bilan farq qiladi?

    3701.// fantaziya ko'lami bilan, aql bovar qilmaydigan qahramonliklari bilan, ko'z ko'rib, quloq eshitmagan voqealari bilan

    1. Xalq dostonlarida qaysi el podshosi o'g'lining hijronida kuyib, tagzaminga kirib, toat-ibodatga mashg'ul bo'lib, podsholikni qushbegiga topshrib qo'yadi?// "Kuntug'mish" dostonida No'g'ay podshosi Avliyoyi Qoraxon

    2. Xalq dostonlarida qaysi mavzu ustuvor hisoblanadi? // ishq-muhabbat

    3. Xenrix Xeynening balladasini toping? //"Qullar kemasi"

    4. Xo'jandiyning "Latofatnoma" asari kimga bag'ishlab yozilgan edi? // Xorazm taxti sultoni Mahmudxon Sultonga

    5. Xolbeka Kuntug'mish haqida qayerdan biladi? // Tushida bir-biriga uzuk taqadi.

    6. Xolbeka kelgan sovchilarga qanday shart qo'yadi? // nard o'ynashni

    7. Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan "Puryovaliy" laqabini olgan hayotda mardlik va jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko'rsatishni xidoyat etgan ijodkor nomini belgilang. // Pahlavon Mahmud

    8. Xorazmiy boshlab bergan nomanavislik an'anasini davom ettirgan adiblar nomi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? 1. Gulbadanbegim 2. Xo'jandiy 3. Yusuf Amiriy 4. Salohiddin Toshkandiy 5. Said Ahmad 6. Zahiriddin Muhammad Bobur // 23,5

    3710. Xo'sh, menda qanday ishingiz bor, qulog'im sizda. Berilgan gapda sintaktik bo'laklar tartibi qanday? // kirish so'z, to'ldiruvchi, aniqlovchi, ega, kesim, kesim

    1. Xorazmiyning " Muhabbatnoma" asarida qaysi janrga oid qismlar forsiy tilda bitilgan?// g'azal, masnaviy, qit'a

    2. Xalq ulkim, o'zining peshonasida yulduzlar borini bilsa, quvonsa! Xalq ulkim, g'ururi bo'lsa o'zida, aslga ishonsa, soxtadan tonsa! Ushbu she'riy parcha kimning qaysi asaridan olingan?//0. Matjon "Ko'rdim: Shukur Burhon..."

    3. "Xalq orasida rasm bor, do'st do'stga safar qilib yonar (qaytar) bo'lsa, bir hadya ola borurlar", degan etnografik xarakterdagi ma'lumot kimning qaysi asarida keltirilgan? // Rabg'uziy, "Qisasi Rabg'uziy"

    Y harfi

    1. Yortiboy oqsoqol personaji qaysi asarda qatnashadi? // "Alpomish"

    2. "Yobu" so'zining ma'nosi nima? //Urug', ot nasli.

    3. "Yozning yolg'iz yodgori", "Ajoyib kunlarning birida" qissalarining muallifi...//Xayriddin Sultonov.


    4. Download 5.16 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling