Qo’shma gaplar. Mundarija: Kirish. I. Qo’shma gaplar


Download 89.01 Kb.
bet12/14
Sana19.09.2023
Hajmi89.01 Kb.
#1681209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi

Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning teng qismli turi murakkab holda ham boʻlishi mumkin. Masalan: Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan ogʻil eshigi yonida turib, dagʻ-dagʻ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi, koʻzlari javdiraydi, hammaga qaraydi. (A. Q.)
Ikkitadan ortiq qismdan tashkil topgan bunday qoʻshma gaplarda ba’zan eng oxirgi qism avvalgilarini yakunlashi, xulosalashi mumkin: Siz Olaxoʻja bilan, biz Abdurasul bilan: har kim oʻz tengi bilan.
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gaplarning qismlari tobelanish intonaqiyasi yordamida birikadi. Bunday qoʻshma gaplardan: 1) shart mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra shart ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 2) payt mazmuni ifodalanadn va shunga koʻra payt ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 3) toʻsiqsizlik mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 4) natija mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra natija ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 5) sabab mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra sabab ergash gapli qoʻshma gapga sinonim .boʻladi; 6) oʻxshatish mazmuni ifodalanadi va shunga koʻra oʻxshatish ergash gapli qoʻshma gapga sinonim boʻladi; 7) izohlov mazmuni ifodalanadi.
Bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning tobe qismli turidan shart mazmuni ifodalansa, birinchi qism keyingi qismdagi voqeaning yuzaga kelish shartini bildiradi. Bunda payt mazmuni ham anglashilib turadi. Qoʻshma gapning bu turi bir voqea-harakatdan ikkinchi voqea-harakatga tez koʻchish ma’nosini ifodalaydi. Bunda oldingi qismdagi intonaqiya balandroq, keyingi qismdagi intonaqiya pastroq boʻladi. Masalan: Oldiga yaqinlashdingshovqin soladi. Birovga ayta koʻrmangikkovimiz ham baloga qolamiz. (S. Ahm.) Toʻgʻri boʻlingbexavotir boʻlasiz. (Maqol.)
Misollardan koʻrinadiki, bunday qoʻshma gaplarning birinchi qismidagi fe’l kesim oʻtgan zamon shakli da, keyingi kom- ponentning kesimi esa hozirgi-kelasi zamon shakli da boʻladi.
Qismlarning kesimlari ot kesim boʻlishi ham mumkin: Oʻzi yuzsiz — soʻzi tuzsiz. (Maqol.)
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan payt mazmuni ifodalansa, birinchi qism keyingi qismdagi voqea-hodisaning bajarilish paytini koʻrsatib keladi, birinchi qism ergash gapga, ikkinchi qism bosh gapga teng boʻladi: Arava notinch boʻldiqoʻshquloqdagi sut chayqaladi, toʻkiladi. (A. Q.) Boshim butunyaxshiligingizni unutmayman, oʻz otam kabi yodlayman. (0.) Dushman boʻldiu parizod oʻladi. (F. Y.)
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan toʻsiqsizlik mazmuni ifodalansa, qoʻshma gapning qismlari mazmunan bir-biriga qarama-qarshi boʻlishiga qaramay, ulardan biridagi voqea yuzaga keladi. Bunday qoʻshma gaplar mazmunan toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapga oʻxshaydi. Misollar: Etlarimni nishtar bilan tilsinlar, xonumonimga oʻt qoʻysinlar, boshimda tegirmon toshi yurgizsinlarmen sizdan ajralmayman. (H. H.) It huradikarvon oʻtadi. (Maqol.)
Bu gaplar tuzilish jihatidan bogʻlovchi vositasiz birikkan qoʻshma gapning teng qismli turiga oʻxshasa ham, mazmunan tobeligi, intonaqion xususiyati jihatidan ulardan farq qiladi.
Bogʻlovchi vosntasiz birikkan qoʻshma gapning tobe qismli turidan natija mazmuni ifodalansa, qoʻshma gapning ikkinchi qismidagi voqea birinchi qismidagi voqeaning natijasi sifatida yuzaga kelganligi ifodalanadi: U shunchalik berilib termildi, soyning oʻrtasida suv ichayotgan otning pishillashi ham sezilmadi. (0.)
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan sabab mazmuni ifodalansa, qoʻshma gapning bir qismida sabab, ikkinchisida sababdan kelib chiqadigan natija ifodalanadi: Ulugʻ ogʻam bor — xalq birligi bor. (Gʻ. Gʻ.) Onaxonning yuragi shuv etib ketdi: toʻpponchani oʻz koʻzi bilan birinchi koʻrishi edi. (As. M.)
Bunday qoʻshma gaplarda intonaqiyaning turiga (qaysi bogʻlovchining vazifasini bajarib kelayotganligiga) qarab tobe-hokim qism belgilanadi: Yurtboshim bormehnatda sharaf, e’tibor gapida shuning uchun bogʻlovchisining oʻrni sezilib turganligidan, oldingi qism ergash gap, keyingisi bosh gap sanaladi. Sizga ishonaman: singlimdek narsasiz gapida esa chunki bogʻlovchisining oʻrni sezilib turganligidan, oldingi qism bosh gap, keyingisi ergash gapdir.
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan oʻxshatish mazmuni ifodalanishi mumkin: Qor yogʻdidon yogʻdi. Suv keldinur keldi. (Maqollar.) Bunday qoʻshma gap shu tur qoʻshma gaplarning boshqa koʻrinishlaridan mazmunangina emas, intonaqiyasi bilan ham farq qiladi: qismlari bir xil ohang bilan aytiladi.
Yuqoridagi tur qoʻshma gaplardan izohlov mazmuni ifodalansa, bunday qoʻshma gapdagi keyingi qism oldingi komponentni yoki uning biror boʻlagini izohlaydi. Shuning uchun bunday qoʻshma gaplar ega ergash gapli, kesim ergash gapli, toʻldiruvchi ergash gapli hamda aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gaplarga sinonim boʻladi.
Keyingi qism oldingi qismdagi olmosh bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan eganing mazmunini izohlab, aniqlab keladi. Misollar: Faqat shu esida: ertasi kuni koʻzini ochganda yonida Sobirjon yoʻq edi. (As. M.) Sizga shu narsa ayon: siz oʻz oilangizda, sovet xalqlarining buyuk doʻstona oilasidasiz. (As. M.) Hozirdanoq koʻrinib turibdi: siz dangasalik, ayyorlikni bilmaydigan yigitga oʻxshaysiz. (A. Q.)
Keyingi qism birinchi qismdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmunini izohlab, aniqlab keladi: Yaxshisi shu: bizdan xavotir olmay, erta bilan kapsanchilar oldiga borgin. (A. Q.) Andishaning sababi shudir: Zaynabning ham tanlagani bor. (H. 0.) Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Fargʻonaman. (M.)
Keyingi qism oldingi qismdagi olmosh bilan ifodalangan toʻldiruvchining yoki ifodalanmagan toʻldiruvchining mazmunini izohlab keladi. Masalan: Men bilaman, sizlarga ishonish mumkin. (A. K.) Bildi ota: foydasizdir qiynamoq (H. H.) Bilaman, gʻuroʻrin g yoʻl bermay turibdi. (0.)
Bunday qoʻshma gaplarda izohlanuvchi qism oldin, izohlovchi qism keyin keladi. Koʻpincha she’riy asarlarda bu holat oʻzgarib, izohlanuvchi qism izohlovchi qismning oʻrtasida kelishi mumkin: Dushmanlarga, bilmam, bandi boʻldimi. Xazon qilolmaysan, bilgin, mening bogʻimni. Beklar qatoridan, koʻrdim, uy berdi.
Keyingi qism qoʻshma gapning birinchi qismidagi aniqlovchining mazmunini konkretlashtirib keladi: Adolatxon- dan xunuk bir xabar keldi: u Samarqanddagi maktabni bitirib, Toshkentga ketibdi (A. Q.)
Ayrim qoʻshma gaplarning tarkibidagi qismlarni bir-biriga boglash uchun hech qanday bogʻlovchini qoʻllab boʻlmaydi: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi, shahar oʻzimizning sovetlar qoʻliga oʻtdi. (As. M.) Bu gapdagi birpnchi va ikkinchi komionent orasida xech qanday bogʻlovchini ishlatib boʻlmaydi. Quyidagi misollarda ham shu holatni aniq koʻrish mumkin: Qani boʻlmasa, biz bilan yoʻrin g, soy boʻyini aylanib kelamiz. (S. Ahm.) Oldingizda bir yoʻl bor, bupartiyaning yoʻli.


Download 89.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling