Qo`shma gaplar sintaksisi
Download 25.77 Kb.
|
Qo`shma gaplar sintaksisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Dars rejasi: I.Tashkiliy qism
- Kun hikmati
Parkent tumani 17- umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili, adabiyot o’qituvchisi Ermatova Anziratning “Qo`shma gaplar sintaksisi” mavzusida yozgan 1 soatlik dars ishlanmasi Mavzu:Qo`shma gaplar sintaksisi Maqsad: Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga qo`shma gaplar va uning turlari haqida nazariy va amaliy bilim berish. Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, o`zaro hurmat tuyg`ularini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og`zaki va yozma nutqini oshirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodi: Savol-javob, suhbat, o`yin, guruhlarda ishlash. Dars jihozi: Darslik, qo`shimcha adabiyotlar, “Qoshma gaplar” nomli jadval Tarqatmalar, slaydlar, AKT va rag`bat kartochkalari. Kompetensiya: T.k.1 Kutubxona, darslik va boshqa manbalardan zarur ma`lumotlar izlab topish T.k.5 Mavzu doirasida turlijadvalli ma`lumotlarni o`qiy olish. F.o.k O`rganilgan ifoda vositalaridannutqda o`rinli foydalana Oladi, husnixat,tinish belgi;ari va imlo qoidalariga rioya qila Oladi. Dars rejasi: I.Tashkiliy qism: 5 daqiqa II. Asosiy qism: 35 daqiqa III.O’quvchilarni baholash: 2 daqiqa IV.Uyga vazifa berish: 4 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Navbatchi axboroti. 3.O’quvchilarni darsga hozirlash. 4.Ma`naviy daqiqasi. Kun hikmati: Kitob- mashg`ullik paytingda o`zi so`z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdosh, senga laganbardorlik o`rtoq, seni aldamaydigan va tahqirlamaydigan nasihatgo`ydir. II. Asosiy qism: 1.O`tilgan mavzu aniqlanadi. Sodda va qo`shma gaplar. O`tilgan mavzu BBB jadval asosida mustahkamlanadi:
Download 25.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling