Qo‘shma korxonalar mohiyati va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati


Download 22.51 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi22.51 Kb.
#1271613

Qo‘shma korxonalar mohiyati va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishning omillaridan biri qo‘shma tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‘l ochib berish hisoblanadi. Xozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun eng qulay va ishonchli sherik deb xisoblab kelmoqda. Sababi, respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investision muxit yaratildi. Shuning asosida o‘z sarmoyalarini respublikamizga joylashtirish va biz bilan uzoq muddatli xamkorlik qilish istagi ortib bormoqda. Respublikamizda yaratilgan qulay investision muxitning asosiy omillari mamlakatimizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom ashyo resurslari mavjudligi hamda qo‘shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida neft'-gaz mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish zarurligini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining har chorak yakuni bo‘yicha majlislaridan oldin alohida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ularda har qaysi Bosh vazir o‘rinbosarining importni va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish borasidagi ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi hisoboti eshitilishi xamda ularning faoliyatiga xolisona baho berilishini alohida ta'kidlagan .2 Qo‘shma korxona huquq sub'ektliligi bo‘yicha yuridik shaxs hisoblanadi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo‘lgan qo‘shma korxonalarning yuzaga kelishi – bu, ko‘p uklatli iqtisodiyotni shaklanishining bir usulidir. U xo‘jalik yuritishning yangi usullarini joriy etadi va takror ishlab chiqarishni baynalminalashuvini ta'minlaydi. Qo‘shma korxonalar xo‘jalik faoliyatiga yangi fazilatlarni olib kiradi. Korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi. Qo‘shma korxonalar aralash mulkchilikning ko‘rinishi xisoblanadi, bunda davlat, jamoa va xususiy mulk umumlashadi. Korxonaning o‘zi bir necha davlatlarning ta'sischilari shartnomalari asosida shakllanadi. Bu yerda ta'sischilar davlat korxonalari va tashkilotlari, jamoa xujaliklari, xissadorlik jamiyatlari va jamoat tashkilotlari bulishi mumkin. Bundan tashkari, ayrim fukarolar (jismoniy shaxslar) xam ta'sischi bulish huquqiga egadirlar. Chet elda o‘z korxonasi tashkil etayotgan korxona barcha ishlab chiqarish jarayonini o‘zi yaratadi. Natijada bu davlatning iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtiradi. Bunday iqtisodiy aloqalar tulov valyuta balansini turgunlashtirish va mamlakat valyuta xolatini normalashtirish, iste'mol tovarlari bozorini turgunlashtirish va ishlab chikarish samarasini amalga oshiri kabi yunalishlarda amalga oshiriladi. Bundan tashkari bozor infrastrukturasini shakllantirishda texnik konsul'tativ va moliyaviy xamkorlikning zarurligi. Mulk shaklidan kat'iy nazar barcha katnashchilarga investisiya loyixasini tuligicha yoki kisman moliyalashtirish taklif etiladi. Sharoitdan kelib chikib, mablag davlat yoki boshka sektorlarga kayta taksimlanadi. Qo‘shma korxonalarning axamiyatli tomoni – olingan foydani taksimlash, sarfni koplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish uzok muddatga alokador xisoblanadi. Bizning respublikamizda kushma tadbirkorlikning amalga oshirilishi bir kator kiyinchiliklar bilan boglik bulib u pulning konvertasiyasidir. Garb firmalarini uz olgan daromadlarini konvertasiya kilish xarakatlari kup vakt xar xil tusiklarga uchraydi, chunki ularning ishlab chikarilgan maxsulotlari asosan ichki bozorga muljallangan, uni chet el pullarida sotilishi mumkin emas. Xozirgi kunda chet el investisiyalarini jalb etish bilan bog‘liq qonunchilikka asosan investisiya kuyidagi kurinishida jalb etilmokda: -korxonalarni xissasi buyicha ishtirok etish. -mulk, aksiya va boshka kimmatbaxo kogozlarni sotib olishi. -Maxalliy fukorolar bilan birgalikda yoki mustakil yerlarni sotib olish va boshkalar. Mamlakat rivojlanishida qo‘shma korxonalar faoliyati muhim o‘rin egallaydi. «Qo‘shma korxona» iborasi yuridik shaxslarning o‘ziga xos alohida shakli bo‘lib, uning kelib chiqish tarixi ham o‘ziga xosdir. Odatda, «Djoyint venche» - qo‘shma korxona atamasi XX asr II yarmida amerikaliklar tomonidan muomalaga kiritilgan deb hisoblanadi. Boshqa qarashlarga ko‘ra esa, bu tushuncha kompaniyalar haqidagi Britaniya qonunlari shakllanishida yuzaga kelgan deb hisoblanadi va bunga misol qilib, «merchand Ventures» yoki «Gentlmen Advention» ko‘rsatiladi. Ma'lumki, Amerika qonunlari bo‘yicha «joint venture corporations» yuridik shaxs hisoblanadi. «Contractual joint Ventures» yuridik shaxs tashkil qilmasdan shartnoma asosida faoliyat yuritish (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha birgalikdagi faoliyat shartnomalariga mos keladi) tushuniladi. Jahon tajribasi shuni isbotlamoqdaki, jahondan, turli davlatlardan ajralgan holda, hamkorlik qilmasdan rivojlanish og‘ir kechadi va bu mamlakat inqiroziga ham sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, dunyoda boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorliksiz yashayotgan davlat qolmagan. Rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish mamlakat iqtisodiy salohiyati ortishini, taraqqiy etishini ta'minlaydi. Aksincha rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan, fan-texnika yutuqlarini o‘z ishlab chiqarishga joriy etmagan davlat taraqqiy etishi og‘ir kechadi va hatto davlat inqirozga uchrashi, tarqab, bo‘linib ketishi mumkin. Bunga yorqin misol sifatida sobiq ittifoqni (SSSR)ni keltirib o‘tish mumkin. U noto‘g‘ri olib borilgan iqtisodiy rivojlanish, siyosiy xatolar tufayli barham topdi. Ma'lumki, ma'muriy – buyruqbozlik tizimi davrida (SSSRda) har qanday xorijiy sub'ekt bilan munosabatga kirishish, bu hatto fuqarolik huquqi yoki xalqaro xususiy huquq ta'siri doirasida bo‘ladigan bo‘lsa ham davlat boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinardi. Bunda xorijiy sub'ekt bilan bo‘ladigan fuqarolik huquqiy munosabat va bu munosabatda sobiq SSSR tomonidan qatnashuvchi sub'ekt hatti-harkatlari vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan direktiva, ko‘rsatma, buyruq, reja asosida amalga oshirilardi Bozor talab qilgan narsani joriy etish va ishlab chiqarish uchun davlat organi roziligi kerak edi. Rozilik olish ham uzoq vaqtni olar, rozilik olinganda esa vaqt o‘tgan bo‘lardi. Bunday salbiy holatlar mavjudligi bois xorijiy investisiya kirib kelish darajasi juda past edi O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lgach o‘z oldiga bozor munosabatlarini qaror topshirish vazifasini qo‘ydi. Shundan kelib chiqib tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkin va demokratik tartibini joriy etish uchun bir qator tadbirlar o‘tkazila boshlandi, ular quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti o‘zaro manfaatli hamkorlik qiluvchi barcha xorijiy investorlar uchun ochib qo‘yildi. Ular O‘zbekistonda mol-mulkka ega bo‘lishi, ishlab chiqarish va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi, foyda olish uchun keng imkoniyat va kafolatlar yaratildi;
- O‘zbekistonda yashovchi jismoniy shaxslar, fuqarolarning chet elga borib kelishining erkin tartibi joriy etildi;
- O‘zbekistonda barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar boshqa xorijiy sub'ektlar bilan o‘zaro foydali hamkorlik qilish, chetdan tovar olib kelish va tovar chiqarish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladilar;
- Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatiga ma'muriy yo‘l bilan aralashuviga barham berildi
Yuqoridagi vazifalar amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda chet ellik investorlar uchun qulay bo‘lgan shart-sharoit yuzaga keldi. Bu jarayonda qo‘shma korxonalar tashkil etishga ham katta e'tibor qaratildi. Zero, qo‘shma korxona har qanday davlatga sarmoya jalb etishning asosiy shakli bo‘lib hisoblanadi. Xorijiy investisiyadan rivojlangan davlatlar ham, rivojlanayotgan davlatlar ham keng foydalanadi. Qo‘shma korxonaga berilgan tushuncha va talab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.11.1996 yilgi PF-1652-sonli Farmonida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar o‘zbekiston respublikasi adliya vazirligida va uning hududiy organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:
- korxonaning nizom jamg‘armasi 150 ming aqsh dollariga teng summadan kam bo‘lishi mumkin emas;
- korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi
shart;
- xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg‘armasining kamida 30
foizini tashkil etishi zarur.
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona joylashgan hududdagi shahar va tuman hokimliklarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Qo‘shma korxonaga ta'rif berishda O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi aynan yuqoridagi holatga tayangan3―Chet el investisiyalari to‘g‘risida‖gi qonunga asosan, chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan o‘zlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg‘armasining kamida o‘ttiz foizini chet el investisiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadilar. Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri chet ellik investor bo‘lishi shart. Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona uni ta'sis etish yo‘li bilan yoki ilgari chet el investisiyalari ishtirokisiz ta'sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e'tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish va ularni davlat ro‘yxatiga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish va uning faoliyat yuritish chet el investisiyasi bilan bog‘liq ekan, fikrimizcha investisiya haqida biroz ma'lumot olsak maqsadga muvofiq bo‘lardi. «Investisiya» so‘zi inglizcha « Investment» so‘zidan olingan bo‘lib, «kapital qo‘yish» («oblagat'») degan ma'noni bildiradi4. Feodalizm davrida investura deganda, yerning vassalga egalik qilish uchun berilishi tushunilgan. Xuddi shu so‘z orqali yepiskoplarni mansabga tayinlash ham tushunilib, buning natijasida yepiskoplar cherkov yerlari va shu yer aholisini boshqarish va shu hududdagi aholini sud qilish huquqini ham qo‘lga kiritgan. Yepiskopni mansabga tayinlash belgilangan marosim tartibida o‘tkazilib, sobiq yepiskop vakolatlarini tegishlicha yangi yepiskopga topshirgan. Investurani qo‘lga kiritish orqali investur (zamonaviy tilda investor)faqat shu hududdagi tabiiy resurslardan foydalanishnigina emas, balki shu hududni boshqarishda qatnashishi huquqiniyam qo‘lga kiritgan.5 Investisiya o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir qancha turga bo‘linishi mumkin. Investisiyani tegishliligiga, ko‘ra milliy investisiya va xorijiy investisiyaga bo‘lish mumkin. Tatbiq etish ob'ektini e'tiborga olgan holda investisiyani mulkka nisbatan moliyaviy va nomoddiy turlarga ajratish mumkin. Shu bilan birga investisiyaning ikki xil ko‘rinishi 1. portfel investisiyalar; 2. to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar mavjud. Portfel ivestisiyalar deganda, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatida qimmatli qog‘ozlar sotib olish va divident olish uchun investorning ishtiroki tushuniladi. Bunda investor korxonaning ma'lum aksiyasini sotib olish orqali ishtirok etadi va shu orqali muayyan daromad oladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar deganda, mahsulot ishlab chiqarish uchun mablag‘larni ishlab chiqarishga sarf etish tushuniladi. Bunda sarmoya korxonadagi ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilash, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish rivojlanadi, shu bilan birga daromad ham yuqori bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar 2 ta komponentdan tashkil topadi: 1 asosiy kapitallar, ishlab chiqarish vositalari, komp'yuterlar, bino sotib olishga sarf etiladi, 2. kapital bir qismi tovar-resurslarga sarflanadi. Moliyalashtirish manbalari sifatida xorijiy davlat investisiyalari va shaxsiy investisiyalariga bo‘linadi. Investisiya bo‘lib, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, pay, ya'ni ulushlar, aksiya, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, lisenziyalar, shuningdek tovar belgilari, kreditlar, har qanday mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar va boshqalar hisoblanib, u tadbirkorlik yoki boshqa faoliyat sohalariga qo‘llanishidan foyda yoki ijtimoiy nafni keltirib chiqaradi. Xorijiy adabiyotlarda chet el investisiyasiga turlicha qarash mavjud. U.Beylkdjian fikricha, «chet el investisiyasi – to‘g‘ri investisiyaning sinonimidir». U bu ta'rifga quyidagilarni kiritadi: chet ellik investorga qisman yoki to‘liq tegishli bo‘lgan yangi korxona yoki filialni tashkil etish, muayyan korxonada mulkiy huquqlar, aksiyaga yoki kapitalga ega bo‘lish6 G.Shvarsenberger o‘zining «Chet el investisiyalari va xalqaro huquq» nomli asarida «investisiya» va «mulk» tushunchalarini sinonim tarzda tushunish lozimligini va bu tushuncha o‘zida mulk huquqi nazariyasida berilgan barcha huquq va manfaatlarni ifoda etishini ta'kidlaydi Bizining fikrimizcha, yuqorida berilgan ikki olim fikri ham to‘g‘ridir. Zero, investor investisiya jalb etish orqali korxonada muayyan ulushga ega bo‘ladi va mulkdor kabi daromad va foyda olish huquqini qo‘lga kiritadi. Investisiya jalb etish mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishi, eksport quvvati oshishi, mamlakat aholisi ehtiyoji to‘laroq qondirilishi va ijtimoiy turmush darajasi ko‘tarilishiga yordam beradi. Rus olimasi Ye.I.Xalevinskaya investisiya kiritishning boshqa moliyaviy hamkorlik shakllaridan ustunligi quyidagilarda ekanligini ko‘rsatadi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar xizmat ko‘rsatish, tovar ishlab chiqarish, texnologiyani mustahkamlash va mukammallashtirish, ya'ni respublika iqtisodiyotiga xorijdan kapital qo‘yish bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga birlashuviga ko‘maklashadi. Ular:
- yangi texnologiyalar, «nou-xau», jihozlar kiritishga;
-mamlakat eksport quvvatini oshirishga;
-hozirgi zamon talablari darajasidagi ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish borasida mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek «Chet el investisiyalari to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasidan kelib chiqib qo‘shma korxonaga ta'rif berishimiz mumkin. Qo‘shma korxona deganda, aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg‘armaining o‘ttiz foizini chet el investisiyalari tashkil etadigan, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona tushuniladi Qo‘shma korxonalar quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi mumkin: to‘liq shirkat; kommandit shirkat; mas'uliyati cheklangan jamiyat; qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyat; ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyati; ishlab chiqarish kooperativlari va boshqalar. Chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sho‘'ba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan vakolatxonalar va boshqa alohida bo‘linmalar tashkil etishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarning sho‘'ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.
Download 22.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling